Hujjat kuchini yo‘qotgan
§ 4. Auksionda ishtirok etish shartlari
Download 283.18 Kb. Pdf ko'rish
|
63-280~1
§ 4. Auksionda ishtirok etish shartlari
37. Elektron auksionda ishtirok etishga buyurtmanomalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda boshlanadi va auksionni o‘tkazish kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13-00 da) yakunlanadi. Buyurtmanomalar elektron tarzda qabul qilinadi. Qabul qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin kelib tushgan buyurtmalar qabul qilinmaydi. Quyidagi toifadagi shaxslar auksionda ishtirok etish huquqiga ega emas: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan shaxslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotib olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar, — Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Keyingi tahrirga qarang. 38. Buyurtmanomani berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Buyurtmachi operatorning veb-portalida ro‘yxatdan o‘tadi va avtomatik tarzda ishtirokchining shaxsiy kabineti va shaxsiy hisob raqami ochiladi; Buyurtmanoma beruvchi o‘zi tanlagan lotni zakalat pulidan kam bo‘lmagan miqdorda shaxsiy hisob raqamini to‘ldiradi va buyurtma beradi. Zakalat puli ishtirokchining shaxsiy hisob raqamidan avtomatik tarzda o‘tkazib olinadi. Auksionda ishtirok etish uchun zakalat yer uchastkasi (lot) minimal qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi. Agar buyurtmachining shaxsiy hisob raqamidagi mavjud pul mablag‘lari zakalatni to‘lash uchun yetarli bo‘lmasa, auksionda ishtirok etish uchun buyurtma qabul qilinmaydi. Buyurtmachi buyurtmanoma berish muddatidan kechiktirmasdan operatorga uning veb- portali orqali xabarnoma yuborib, auksionda ishtirok etish buyurtmanomasini o‘zgartirishi yoki qaytarib olishi mumkin. Bunda zakalat puli avtomatik tarzda ishtirokchining shaxsiy hisob raqamiga qaytariladi. Operator buyurtmanoma elektron tarzda chaqirib olingandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay ishtirokchiga u kiritgan zakalat pulini qaytaradi. Zakalat puli buyurtmachining uning auksionda ishtirok etishga buyurtmanomasida ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga yuboriladi. Buyurtmachiga qaytarilgan zakalat puli buyurtmachi tomonidan bank hisob raqami rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgani yoki boshqa sabablarga ko‘ra operatorning bank hisob raqamiga qayta kelib tushgan taqdirda, operator bank rekvizitlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar so‘rovnomasini yuborib, ishtirokchini bu haqda xabardor qiladi. Mazkur holatda zakalat puli 08.04.2023, 16:19 63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa… https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019 10/28 buyurtmachiga o‘zining bankdagi hisob raqami rekvizitlarini aniq ko‘rsatib, murojaat qilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmay qaytariladi. Buyurtmanomalarni ro‘yxatga olishda majburiy tartibda talabgorni aniqlash imkonini beradigan ma’lumotlar — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, pasporti raqami va berilgan joyi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlarning maxfiyligi operator tomonidan ta’minlanadi. 39. Operator savdo maydonchasida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar uchun, ularning zakalat to‘langanligi haqida axborotni kiritishlari uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi. 40. Savdo maydonchasi avtomatik rejimda ro‘yxatga olingan jismoniy shaxs tomonidan zakalat to‘langanligini aniqlaydi hamda zakalat kiritilgan paytdan e’tiboran bir ish kuni mobaynida unga auksionda ishtirok etish uchun ruxsatnoma ochadi. 41. Ishtirok etishga buyurtmanoma qabul qilingandan keyin u quyidagi shartlarga rioya qilinganligi yuzasidan tekshiriladi: buyurtmanomaning belgilangan talablarga muvofiq to‘ldirilganligi; zakalat pulining operator hisob raqamiga tushganligi; buyurtmanomaning xabarnomada ko‘rsatilgan buyurtmalarni topshirish muddati tugaguncha topshirilganligi. Buyurtmanomani tekshirish avtomatik tarzda amalga oshiriladi, tekshiruv natijalari va qabul qilingan qaror haqida buyurtmachi darhol xabardor qilinadi. 42. Buyurtmanomaning qo‘yilgan talablarga muvofiqligi sharti bilan, operator buyurtmachiga auksionda ishtirok etish uchun ruxsat beradi, shuningdek, qo‘shimcha tarzda elektron pochta orqali u auksion ishtirokchisi maqomini olganligi to‘g‘risida xabardor qiladi. 43. Auksion ishtirokchilariga yakka tartibli raqamlar beriladi, shu raqamlar bilan ular auksionda ishtirok etadilar. 44. Buyurtmanoma talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, operator buyurtmachining auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomasini rad etadi va bu haqda unga elektron shaklda tegishli xabarnoma yuboradi. Bunda, buyurtmachi kamchiliklarni bartaraf qilgandan so‘ng xabarnomada ko‘rsatilgan buyurtmanoma qabul qilish vaqti yakunlanguniga qadar auksionda ishtirok etishga buyurtmanomani takroran yuborishga haqli. Operator elektron savdolarda subyektlar tomonidan beriladigan elektron hujjatlar va xabarlar mazmuni bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar uchun javobgar emas. Download 283.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling