Hujjat kuchini yo‘qotgan
§ 5. Auksionni o‘tkazish tartibi
Download 283.18 Kb. Pdf ko'rish
|
63-280~1
§ 5. Auksionni o‘tkazish tartibi
45. Auksion operatorning veb-portalida xabarnomada ko‘rsatilgan kunda va vaqtda boshlanadi. 46. Auksion unga qo‘yilgan ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi. 47. Auksion ish kuni mobaynida soat 9:00 dan soat 18:00 gacha o‘tkaziladi. 48. Boshlang‘ich narx sifatida auksion obyektining minimal qiymatiga teng narx belgilanadi. 49. Auksionning qadami auksion obyekti minimal qiymatining besh foizini tashkil etadi. 50. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlang‘ich narxdan bitta qadamga oshirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi. Agar taklif berilgandan keyin o‘n daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan qadamga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana o‘n daqiqaga uzaytiriladi. Agar, tasdiqlangan oxirgi taklifdan so‘ng o‘n daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi bo‘yicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narxi bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi, deb hisoblanadi. 08.04.2023, 16:19 63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa… https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019 11/28 Auksion ishtirokchilariga navbatdagi stavkani dastlabki belgilangan qadamning 5, 10 yoki 20 baravari miqdorida mustaqil belgilash imkoniyati beriladi. Agar, lot narxini oshirish bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni elektron onlayn-auksionni o‘tkazish vaqti yakunlangunga o‘n daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi o‘n daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif elektron onlayn-auksionni o‘tkazish vaqtini o‘n daqiqadan uzaytirib boradi. Bunda elektron onlayn auksionni o‘tkazish vaqti 3 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion 21:00 soatga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi bo‘yicha oxirgi taklifni soat 21:00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion g‘olibi, deb hisoblanadi. 51. Auksionni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan yagona elektron savdo maydonchasida texnik uzilish sodir bo‘lgan holatlarda, auksion o‘tkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga xabar berilgan holda, auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi. 52. Elektron onlayn-auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida avtomatik tarzda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: lotning boshlang‘ich narxi; oxirgi va oxirgidan oldingi stavkalar (auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan oxirgi va oxirgidan oldingi qadamlarni hisobga olgan holda); auksion g‘olibining hamda oxirgidan oldingi stavkani bergan ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi. 53. Auksion quyidagi holatlarda o‘tkazilmagan deb hisoblanadi: auksionda ishtirok etish uchun ikkitadan kam ishtirokchi qo‘yilgan bo‘lsa; auksionning birorta ishtirokchisi lotni auksion jarayonida taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmagan bo‘lsa; auksion g‘olibi va lotni sotib olish taklif etilgan oxiridan oldingi stavkani qo‘ygan ishtirokchi uning bahosini belgilangan muddatda to‘liq to‘lamasa. Auksion yakunlangach operator auksion natijalari haqida bayonnoma tuzadi. 54. Auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanganda, operatorning veb-portalida bu haqda uning sabablari, shuningdek, lotning boshlang‘ich narxi ko‘rsatilgan ma’lumot aks ettiriladi. 55. Auksionni o‘tkazish tugagan paytdan boshlab savdo maydonchasi auksion g‘olibini aniqlaydi va uning shaxsiy kabinetiga yer uchastkasi (lot) qiymatini to‘liq miqdorda to‘lash haqida talabnoma yuboradi. 56. Lotni auksionda taklif etilgan narxda auksion ishtirokchilaridan birortasi tomonidan sotib olish istagi bildirilmaganligi sababli auksionning o‘tkazilmagan deb tan olinishi munosabati bilan lot sotilmasa, ushbu lot eng past narxda mazkur Nizomda belgilangan tartib va muddatda qayta qo‘yiladi. Download 283.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling