Hujjat kuchini yo‘qotgan
§ 6. Auksionlar natijalarini hisob-kitob qilish va rasmiylashtirish tartibi
Download 283.18 Kb. Pdf ko'rish
|
63-280~1
§ 6. Auksionlar natijalarini hisob-kitob qilish va rasmiylashtirish tartibi
57. Auksion g‘olibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay, operatorning hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan lotning qiymatini to‘liq to‘lashi lozim. Bunda ushbu lot bo‘yicha avval to‘langan zakalat puli lot qiymatiga qo‘shib hisoblanadi. 58. Operator g‘olib auksion obyektining qiymatini to‘liq to‘lagandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay: maxsus blankada auksion natijalari haqida bayonnomani rasmiylashtiradi, unga muhr qo‘yib, bir nusxasini auksion g‘olibiga beradi (yoki auksion g‘olibining roziligi bilan pochta jo‘natmasi orqali yuboradi). Bir vaqtning o‘zida bayonnomaning elektron nusxasi g‘olibning shaxsiy kabinetiga hamda “YERELEKTRON” AAT yoki yagona himoyalangan “E-XAT” elektron pochtasi orqali tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi. Bayonnoma nusxasi operatorda qoladi; 08.04.2023, 16:19 63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa… https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019 12/28 lotni realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larni, auksionni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar haqi summasini ushlab qolgan holda, tuman (shahar) hokimining buyurtmanomasida ko‘rsatilgan tuman (shahar) hokimligining bank hisob raqamiga o‘tkazadi. Auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: a) auksion o‘tkazilgan sana; b) yer uchastkasini auksionga qo‘yish uchun asos bo‘lgan tuman (shahar) hokimligining qarori; v) auksionning g‘olibi; g) auksion obyekti, jumladan: yer uchastkasining o‘ziga individual raqami, maydoni va joylashgan joyi haqida. Auksion natijalari haqidagi bayonnoma yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish va ushbu yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini g‘olib nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. Keyingi tahrirga qarang. 59. Tuman (shahar) hokimligi lotni realizatsiya qilishdan mablag‘lar kelib tushgandan keyin bir ish kuni davomida: pul mablag‘larini (yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash xizmatlari uchun to‘lov summasini chegirgan holda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining va tegishli mahalliy budjetlarning maxsus g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkazadi; yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash xizmatlari uchun pul mablag‘larini tegishli yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining bank hisob raqamiga o‘tkazadilar, uning 20 foizi “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining Yer munosabatlarini va davlat kadastrini rivojlantirish fondining maxsus g‘aznachilik hisob raqamiga (4001) yo‘naltiriladi. 60. Lotlarni realizatsiya qilishdan tushgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, tegishli mahalliy budjetlarning maxsus g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkazilgan mablag‘lar faqat ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun BRL ishlab chiqishni moliyalashtirishga, shuningdek, mulkdorlarga ulardan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplashga sarflanadi. 61. Agar auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida yer uchastkasining qiymatini to‘liq to‘lamasa, operator keyingi kalendar kundan kechiktirmay quyidagilarga elektron xat yuboradi: G‘olibga — u g‘olib deb topilgan auksion natijasining bekor qilinganligi haqida; g‘olibdan keyin yer uchastkasining narxi bo‘yicha eng yuqori stavkani qo‘ygan auksion ishtirokchisiga — auksion o‘tkazilayotganda taklif etilgan yer uchastkasi narxini besh ish kuni mobaynida to‘lash haqidagi taklif haqida. Agar g‘olibdan keyin yer uchastkasining narxi bo‘yicha eng yuqori stavkani qo‘ygan auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida yer uchastkasining qiymatini to‘liq to‘lasa, u auksion g‘olibi deb hisoblanadi va unga mazkur Nizomning 58-bandida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi. Agar auksion o‘tkazilmagan bo‘lsa, zakalat ikki ish kuni davomida qaytarilishi kerak. Zakalat, shuningdek, auksionda ishtirok etgan, ammo unda g‘olib bo‘lmagan shaxslarga ham ikki ish kuni davomida qaytariladi. Zakalat puli auksion ishtirokchisining shaxsiy hisob raqamiga qaytariladi. Buyurtmachi ushbu mablag‘larni shaxsiy hisob raqamda qoldirish yoki ularni o‘z bank hisob raqamiga qaytarish huquqiga ega. Agar auksion ishtirokchisi besh ish kuni davomida operatorni auksion obyektini sotib olish istagi yo‘qligi haqida xabardor qilsa yoki mulkning to‘liq qiymatini belgilangan muddatda to‘lamasa, u auksion obyektini sotib olishdan bosh tortgan deb tan olinadi. Auksion obyekti narxini mazkur Nizomning 57-bandida va ushbu bandda belgilangan tartibda to‘liq to‘lamagan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va Qoraqalpog‘iston 08.04.2023, 16:19 63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa… https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019 13/28 Respublikasi budjetining, tegishli mahalliy budjetlarning maxsus g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi. 62. Auksion obyekti narxini mazkur Nizomning 57 va 61-bandlarida belgilangan tartibda to‘liq to‘lamagan auksion ishtirokchilari auksionning nohalol ishtirokchilari deb e’tirof etiladi. Olti oy mobaynida ikki marta auksionning nohalol ishtirokchilari deb e’tirof etilgan shaxslar keyingi kalendar yili davomida auksionda ishtirok etishga qo‘yilmaydi. Auksionning nohalol ishtirokchilari hisobi operator tomonidan yuritiladi. 63. Tumanlar (shaharlar) hokimlari “E-IJRO AUKSION” orqali bayonnomani olgandan keyin besh ish kuni mobaynida: auksion g‘olibiga yer uchastkasini ajratish haqida qaror qabul qiladilar; yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorni davlat korxonasi filialiga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuboradilar; o‘z veb-saytlarida yer uchastkasini auksion g‘olibiga ajratish haqidagi qarorini e’lon qiladilar. 64. Yer tuzish davlat korxonasining filiali yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorni olgandan so‘ng ikki ish kuni davomida, yer ajratish haqidagi qaror asosida yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini to‘lov undirmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Download 283.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling