Hujjat kuchini yo‘qotgan
§ 2. Auksionni tashkil etish va o‘tkazishning umumiy shartlari
Download 283.18 Kb. Pdf ko'rish
|
63-280~1
- Bu sahifa navigatsiya:
- § 3. Auksion o‘tkazilishi haqidagi xabarnomani joylashtirish
§ 2. Auksionni tashkil etish va o‘tkazishning umumiy shartlari
28. Auksionlar o‘tkazilishi haqidagi xabarnomalar va lot haqidagi axborot auksionni o‘tkazish boshlanishi sanasidan kamida 30 kalendar kun oldin operatorning veb-portalida joylashtiriladi; 29. Auksionlarda jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega. 30. Elektron onlayn-auksion narxning oshirilishi prinsipi asosida o‘tkaziladi. 1 08.04.2023, 16:19 63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa… https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019 8/28 31. Bo‘sh yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi auksionga tuman (shahar) hokimining qarorida (buyurtmasida) ko‘rsatilgan yer uchastkasining eng past narxi bo‘yicha qo‘yiladi. 32. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan holatlarda va tartibda, elektron auksion bo‘lib o‘tmagan deb tan olinganda bo‘sh yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi yer uchastkasining eng past narxi bo‘yicha takroriy auksionga qo‘yiladi. 33. Operator auksionni tashkil etish xizmatlari uchun bo‘sh yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi realizatsiya qilingan summasining 2 foizi miqdorida haq oladi. § 3. Auksion o‘tkazilishi haqidagi xabarnomani joylashtirish 34. Tuman (shahar), Toshkent shahri hokimliklari ikki ish kuni davomida: a) yer uchastkasining individual tartibli raqamini, uning joylashgan joyi, yer uchastkasining maydonini (gektarda), lotning eng past narxini ko‘rsatgan holda obyektning auksionga qo‘yilishi haqida qaror qabul qiladi; b) auksionga qo‘yiladigan yer uchastkalari (lotlar)ning ro‘yxatini quyidagi materiallar va axborotni elektron shaklda ilova qilgan holda tayyorlaydi: lotlarga ajratilgan yer uchastkasining umumiy rejasi, har bir yer uchastkasi alohida (lot) chegaralarini, uning maydonini va individual raqamini ko‘rsatgan holda; chegaradosh yerlardan foydalanish turlarini ko‘rsatgan holda vaziyatga bog‘liq sxema; butun yer uchastkasining fotosuratlari (15×20 sm), kamida ikki tarafdan atrofidagi obyektlarga bog‘langan holda; har bir lotning eng past narxi; mavjud majburiyatlar; tuman (shahar) hokimligining maxsus hisobvarag‘i raqamlari; yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini auksionga qo‘yishga asos bo‘lgan qarorni chiqargan tuman (shahar) hokimligining manzili va telefon raqami; v) “YERELEKTRON” AAT orqali “E-IJRO AUKSION”da auksionni tashkil qilish va o‘tkazish uchun operatorga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan buyurtmani (mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda) yuboradi; g) bo‘sh yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi auksionga qo‘yilganligi haqidagi axborotni bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatadi. Mazkur nizomning 34-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan hamma hujjatlar buyurtmaga ilova qilinmagan yoki ular zarur darajada rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, operator buyurtma elektron shaklda olingandan keyingi ish kunidan kechiktirmay, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda, tuman (shahar) hokimi buyurtmasini rad etadi. Tuman (shahar) hokimi operator ko‘rsatgan barcha kamchiliklarni uch kun muddatda bartaraf etib, elektron buyurtmani mazkur Nizomning 34-bandi “b” kichik bandi talablariga muvofiq qayta yuboradi. 35. Operator tuman (shahar) hokimligidan buyurtmanoma va unga belgilangan talablarga mos keladigan hujjatlarni olgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan o‘z veb-portalida auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani joylashtiradi. Xabarnomada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi zarur: auksion o‘tkaziladigan sana; lot raqami va nomi; auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish sanasi va tugash vaqti; auksion obyekti haqida axborot, ya’ni aynan: yer uchastkasining o‘ziga xos raqami; 08.04.2023, 16:19 63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa… https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019 9/28 bo‘sh yer uchastkasini joylashtirish rejasiga muvofiq chegara va manzil ko‘rsatilgan holda, bo‘sh yer uchastkasining maydoni (gektarda) va joylashgan joyi; yer uchastkasi bo‘yicha mavjud cheklovlar; boshlang‘ich narxi; qadam narxi, boshlang‘ich narxdan foizlarda va yig‘indisi ifodasida; zakalat miqdori boshlang‘ich narxdan foizlarda va yig‘indisi ifodasida, zakalat o‘tkaziladigan operator bank hisob raqamining rekvizitlari; yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi auksionga qo‘yishga asos bo‘lgan qarorni chiqargan tuman (shahar) hokimligining nomi, manzili va telefon raqami; tuman (shahar) hokimining qarori bo‘yicha qo‘shimcha axborot. 36. Maxsus axborot portalida barcha xohlovchilarga mazkur Nizomning 34-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan axborotni erkin olish imkoniyati ta’minlanishi lozim. Download 283.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling