Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik
- Toshkent viloyati hokimligi shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Qibray tumani va Chirchiq shahrida infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtiradi. Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: e-qaror.gov.uz 11.04.2022 6 Viloyat Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi; “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati; “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali; “Toshkent suv taʼminot” masuliyati cheklangan jamiyat; Viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi; “Koʻmir taʼminot” masuliyati cheklangan jamiyat viloyat filiali; Koʻp qavatli uy-joy fondi sohasini nazorat qilish inspeksiyasi; Viloyat ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi; “Toza hudud” davlat unitar korxonasi; Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi; “Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent hududiy boshqarmasi; “Koʻp xonadonli uylarni va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent viloyati filiali. Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik: Viloyat hududlaridagi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlarida tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va talablariga rioya etilishini oʻrganish va baxtsiz hodisalarning oldini olishga doir takliflarni ishlab chiqish boʻyicha viloyat komissiyasi (asos:viloyat hokimining 2021-yil 6-maydagi 164-f-famoyishi) Toshkent viloyati hokimligi shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari Kotibiyatning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, kotibiyat vakolatiga kiradigan vazifalarni hal etish chora-tadbirlarini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlarining, Toshkent viloyati hokimining kotibiyatga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosini tashkil etadi va nazorat qiladi; Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari ishlarini tashkil etadi va ishlarni muvofiqlashtiradi; belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarishda Kotibiyat xodimlariga ishlarni taqsimlaydi va bevosita ijrosini nazoratga qiladi; hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda Kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha halq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularni ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi; tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi; Toshkent viloyati hokimi va Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilish ishlarini muvofiqlashtiradi; Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik tarmoqlarini zamonaviy andozalarga koʻtarish maqsadida, shahar va tuman hokimliklari va boshqa organlarining ish faoliyatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritadi. Kotibiyatga kelgan hujjatlarni qaror va farmoyishlarda koʻrsatilgan muddatlarda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi. Bosh mutaxassis kerakli topshiriqlar beradi va ularning bajarilishini nazoratga oladi, viloyat faollar yigʻilishlarining ish rejasi loyihasini tayyorlashga va oʻtkazilishida amaliy yordam koʻrsatadi. Viloyat hokimining qaror va farmoyishlarining kotibiyat masalalari boʻyicha tayyorlashda shaxsan boshchilik qiladi. Oʻz vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha viloyat hokimligi rahbariyatiga kotibiyatning faoliyati hamda shahar va tuman hokimliklarining qurilish boʻyicha oʻrinbosarlari olib borayotgan ishlari toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Kotibiyatga tegishli tashkilot rahbarlarini tanlash, lavozimga tavsiya etish va zarur boʻlganda almashtirish masalalarini hamda ularni ragʻbatlantirishni koʻrib chiqadi va viloyat hokimining oʻrinbosariga takliflar tayyorlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasining qurilish guruhi rahbarlari va mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Kotibiyat majmuasiga kiradigan tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan birgalikda, ularning faoliyatini tahlil qiladi va ularning muammolarini yechishda ishtirok etadi, viloyat hokimiga, viloyat hokimining oʻrinbosariga takliflar tayyorlaydi. Kotibiyat tizimidagi rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi; zahiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarida ishtirok etadi; Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarni tayyorlanishini tashkillashtiradi; Kotibiyat faoliyatiga doir masalalar yuzasidan Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlaydi; oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumat organlarida Toshkent viloyati hokimiyati nomidan vakillik qiladi. Toshkent viloyati hokimi va Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling