Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi
- Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Ohangaron shahar, Nurafshon shahar, Yangiyoʻl shahar, Parkent tumani, Quyichirchiq tumani, Okqurgʻon tumani, Oʻrta Chirchiq tumani, Chinoz tumani, Yuqori Chirchiq tumani, Yangiyoʻl tumanlaridagi infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali; “Toshkent suv taʼminot” masuliyati cheklangan jamiyat; “Toshkent koʻmir taʼminot” masuliyati cheklangan jamiyat; Viloyat ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi; “Toza hudud” davlat unitar korxonasi; “Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent hududiy boshqarmasi; Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik: yoʻq Viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari e-qaror.gov.uz 11.04.2022 7 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlari, Toshkent viloyati hokimining mazkur majmua faoliyatiga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining bajarilishi boʻyicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini taʼminlashga va nazorat qilishga shaxsan javob beradi. Toshkent viloyatining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari faoliyatini boshqaradi. Majmua tarkibidagi bosh boshqarma, boshqarma, idora va tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi. kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshiradi; pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi; qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivjlantirish choralarini koʻradi; muhandislik va yoʻl-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha choralar koʻradi; kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish subyektlari oʻrtasida bozor munosabatlarini joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; Toshkent viloyatida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qoʻllash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish choralarini koʻradi; Viloyatning meʼmoriy koʻrinish va qurilish sohasidagi yagona siyosatini amalga oshirilishini taʼminlaydi. Toshkent viloyatining maʼmuriy qurilishi va qayta qurilishi bosh rejasini, Toshkent viloyati rivojining dasturi, uning muhandislik infrastrukturalarini ishlab chiqishga rahbarlik qiladi. Qurilish mahsulotlari va qurilish sifatini nazorat qiluvchi davlat va idoraviy organlarning ishini muvofiqlashtiradi. Toshkent viloyati qurilishi va meʼmorchilikning sifat darajasiga boʻlgan zamonaviy talablarga amal qilinishi, kapital tushumlarning samarasini koʻtarish bilan birga investitsiya jarayoni muddatlarini qisqartirish nazoratini taʼminlaydi. Kapital qurilish va binokorlik materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirishni nazorat qilib boradi. Kapital qurilishni moddiy-texnika taʼminoti va ularni mablagʻ bilan taʼminlash masalalarini hal qiladi. Davlat organlarida, iqtisodiy tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk obyektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish choralarini koʻradi; Kapital qurilish inshootlarini moliyaviy taʼminoti uchun ajratiladigan pul mablagʻlari xarajatini nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtiradi. Qabul hayʼatlarining ishi, tarkibi masalalarini koʻrib chiqib, alohida inshootlar boʻyicha hayʼat ishida qatnashadi. Qurilish kompleksida pudrat, loyiha ishlariga boʻlgan davlat buyurtmasini tender asosida joylashtirishni, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi. majmua tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning kadrlarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayinlash va vazifasidan ozod etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qilish; Toshkent viloyati hokimi qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolaydi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqadi. Tasdiqlangan jadvalga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi. Oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumat organlarida viloyat hokimligi nomidan vakillik qiladi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling