Hujjat matni 537266-(551546)


Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining
xizmat vazifalari va funksiyalari
TAQSIMOTI
V
iloyati hokimi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunda koʻrsatilgan vakolatlarini yakka boshchilik asosida amalga oshiradi.
Viloyat hokimi viloyatning tegishli vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Xalq deputatlari viloyat Kengashi oldida hisobdordir.
Quyidagilar viloyat hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining meʼyoriy hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini
tashkil etadi;
- jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bogʻliq barcha chora-tadbirlarni koʻradi. Tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa
favqulodda holatlarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
- viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, viloyat budjetining asosiy koʻrsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni Xalq deputatlari viloyat Kengashining tasdigʻiga taqdim etadi;
- oʻz oʻrinbosarlari va ijroiya hokimiyati tizimi boʻlinmalarining rahbarlarini tegishli tartibda lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorlarini Xalq deputatlari viloyat Kengashi tasdigʻiga taqdim etadi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda viloyat hokimining oʻrinbosarlarini, tuman va shahar hokimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini tegishli
Kengashlarning tasdigʻiga kiritadi;
- shahar va tuman hokimlarning qarorlarini agar ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, Oliy Majlis, Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlariga zid boʻlsa, bekor qiladi va Xalq deputatlari Kengashiga xalq
deputatlari shahar va tuman Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi;
- Xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi qabul qilgan qaror va farmoyishlarini bajarmagan hollarda mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
- davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni koʻrib chiqadi va takliflar kiritadi;
- Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini koʻrib chiqadi;
- oʻziga berilgan vakolatlar va amaldagi qonunlar doirasida viloyatdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi;
- zaruratga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyalarga raislik qiladi, kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan takliflar beradi. Kengash qarorlariga imzo qoʻyadi va tasdiqlaydi;
- ish faoliyati yuzasidan bir yilda bir marta Xalq deputatlari viloyat Kengashiga hisobot beradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling