Hujjat matni 537266-(551546)


Viloyat hokimining yordamchisi


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Viloyat hokimining yordamchisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bevosita hokimga yoʻllagan yozma topshiriqlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida axborot
berilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi va hokimning rezolyutsiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni taʼminlaydi,
topshiriqlarning bajarilishi va natijalari toʻgʻrisida hokimga axborot beradi;
hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil qiladi;
hokimning nomiga tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan oʻtkazadi;
zaruriyat boʻlganda, boshqaruv apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlari (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini
tashkil etadi;
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan topshiriqlarning
bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
hokim tomonidan yuklangan va funksional vazifalarda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Yordamchi bevosita viloyat hokimining rahbarligida faoliyat yuritadi va uning oldida hisobot beradi.
Yordamchi oʻz faoliyatini “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga,
shuningdek, ushbu yoʻriqnomaga amal qiladi.
Yordamchining xizmat faoliyati viloyat hokimining ishini tashkil etishda tegishli sharoit yaratishga qaratilgan boʻlib, viloyat hokimligining barcha tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda ishchan faoliyatni yoʻlga qoʻyishga asoslangan.
Yordamchi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharlar
va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Yordamchi oʻz ish faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Toshkent viloyati hokimligi ish tartibiga, viloyat hokimining qaror va farmoyishlariga, hujjatlar bilan ishlash yoʻriqnomasiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi
organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-sentyabrdagi 203-son qaroriga va Nizomiga asosan hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qiladi.
Quyidagilar yordamchining asosiy vazifalari hisoblanadi:
viloyat hokimining samarali ish faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratish;
viloyat hokimligi guruh va kotibiyatlari bilan hamkorlikda viloyat hokimi ishtirokida oʻtkaziladigan asosiy tadbirlar (yigʻilishlar, komissiya majlislari, hududlarga chiqish va h.k.)ning haftalik-kunlik reja jadvallarini ishlab chiqish;
viloyat hokimi raisligida oʻtkaziladigan majlislar, yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga taaluqli hujjatlarning tayyorlanishida qatnashish va muddatida, sifatli tayyorlanishini nazoratga olish;
viloyat hokimligi majmualari bilan birgalikda viloyat hokimi ishtirok etadigan tadbirlarga tegishli maʼlumotlar, axborotlar, maʼruzalar tayyorlashda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlisdan kelgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar va topshiriqlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini nazoratga olish;
Vazirliklar, idoralar, viloyat boshqarmalari rahbarlarini, shahar va tuman hokimlarini viloyat hokimining qabulida boʻlishlarini taʼminlash;
Viloyat hokimligi Ishlar boshqarmasi bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning qabulini tashkil etish;
Viloyat hokimining tegishli rahbarlar bilan muloqoti uchun tezkor aloqa bilan taʼminlash;
Viloyat hokimligida tashkil etilgan "Ishonch telefoni" orqali tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va ijrochilarga yetkazish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqadi;
hokimlikning tegishli faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi;
Viloyat hokimligida ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Viloyat hokimligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling