Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Zangiota, Toshkent, Chinoz, Yangiyoʻl tumanlari va Yangiyoʻl shahar
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Viloyat statistika boshqarmasi, Viloyat “Toshvilbozorsavdo” aksiyadorlik jamiyatlari uyushmasi, “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi viloyat direksiyasi, “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi viloyat filiali.
Toshkent viloyati hokimligi Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhi rahbari
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Guruhga bevosita rahbarlik qiladi, Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari va guruh (mutaxassislarning)ning ishlarini tashkil qiladi hamda guruhga yuklangan vazifalar va
funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlarining, Toshkent viloyati hokimining guruhga tegishli
qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosini tashkil etadi va nazorat qiladi;
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat prinsiplariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul
qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar roʻyxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va ularga jazo choralari koʻrish boʻyicha puxta takliflarni ishlab chiqadi va
rahbariyatga kiritadi;
Guruh oʻrtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek guruhning yillik va yarim yillik ish rejalari loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqqa kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi.
hokim yoki Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek
kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan boshqa yigʻilishlarda qatnashadi;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni taʼminlaydi;
Guruhga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari ishlarini tashkil etadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda Kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha halq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularni ishlab chiqilishini, qabul qilingan
hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab
chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
zahiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarida ishtirok etadi;
Guruh faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarni tayyorlanishini tashkillashtiradi;
Guruh faoliyatiga doir masalalar yuzasidan viloyat hokimligining tarkibiy tarmoqlari tomonidan Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va
sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
Toshkent viloyati hokimi va Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling