Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Angren shahar, Bekobod shahar, Olmaliq shahar, Bekobod tumani, Boʻka tumani, Boʻstonliq tumani, Toshkent tumani, Zangiota tumani, Piskent tumani, Ohangaron tumanilaridagi infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik
masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Viloyat Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi;
“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati;
Viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi;
Koʻp qavatli uy-joy fondi sohasini nazorat qilish inspeksiyasi;
Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi;
“Koʻp xonadonli uylarni va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent viloyati filiali.
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
Toshkent viloyati hokimligi shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha kotibiyati bosh mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Kotibiyat bosh mutaxassici:
Kotibiyat mudiri bilan birgalikda kotibiyatning yarim yillik va yillik ish rejalarini tuzishni tashkil etadilar, ularning bajarilishini taʼminlaydilar;
Viloyat hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda viloyat hokimi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarini bajarilishining nazorat etilishini taʼminlaydilar,
Kotibiyat mudirini viloyat, shahar va tuman hokimliklaridagi, bosh boshqarmalar, boshqarmalarda ijro intizomi toʻgʻrisida tegishli masalalar yuzasidan xabardor etib boradilar;
Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan Kotibiyat mudiri yoʻqligida bosh mutaxassis vaqtincha uning vazifasini bajaradi;
Kotibiyat mutaxassisi ushbu Nizomda koʻrsatilgan vakolatlar doirasida Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi
Bosh mutaxassis Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi
ishlarni amalga oshiradi:
takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishiga javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, biriktirilgan sohalar boʻyicha tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va hokimning
hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
viloyat hokimi va Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislarga, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlariga va oʻziga
biriktirilgan masalalar boʻyicha komissiyalar majlislariga materiallar tayyorlaydi va belgilangan tartibda ishtirok etadi;
koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Faollar yigʻilishlari materiallarini tayyorlash va uni maromida oʻtishini taʼminlaydi.
Yigʻilish bayoni qarorlarida belgilangan topshiriqlarni bajarilishini nazorat qiladi.
Kotibiyatning kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha dasturlarini, yillik, oylik rejalarini tayyorlanishida masʼul.
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kotibiyat mudiriga takliflar va axborot beradi, kotibiyatga tegishli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qaror farmoyishlarini bajarilishini joylarga chiqib
oʻrganadi.
Viloyatda chop etiladigan roʻznomalardagi materiallar bilan doimiy tanishib boradi va zarur boʻlganda chop etilgan materiallar yuzasidan takliflar kiritadi.
Majmuaga tegishli tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi va ularning muammolarini yechimida ishtirok etib kotibiyat mudiriga takliflar tayyorlaydi:
Kotibiyatning ish rejasida belgilangan tadbirlarni ijrosi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Kotibiyat faoliyatiga aloqador boʻlgan tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi va ularning muammolarini yechimi yuzasidan Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ariza, shikoyat va takliflarni oʻrganib chiqib, ularni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi, natijasi haqida Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
Kotibiyat tomonidan murojaatlar qonuniy xal etilishi ustidan monitoring olib boradi, natijalarini har olti oyda umumlashtiradi;
Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarning loyihasini tayyorlaydi;
Kotibiyat faoliyatiga doir tegishli topshiriqlarini ijrochilarga yetkazilishini hamda Kotibiyat faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idoralar bilan aloqani taʼminlaydi;
Kotibiyat faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
Kotibiyat faoliyatiga doir masalalar yuzasidan Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini haqida
tegishli tartibda muntazam axborot berib boradi;
Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Kotibiyat mudiri yoʻqligida Kotibiyat ishini tashkil etadi va vaqtinchalik Kotibiyatga boshchilik qiladi.
Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling