Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Barcha shahar va tumanlar
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Tegishliligi boʻyicha
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
Tegishliligi boʻyicha
Toshkent viloyati hokimligi Oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Kotibiyatning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlarining, Toshkent viloyati hokimining Kotibiyatga tegishli
qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari mahalla va oilani qoʻllabyu quvvatlash boshqarmasi boshligʻi ishlarini tashkil etadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda Kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha halq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularni ishlab chiqilishini, qabul qilingan
hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab
chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Toshkent viloyati hokimi va Toshkent viloyati xokimi oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilish
ishlarini muvofiqlashtiradi;
Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarni tayyorlanishini tashkillashtiradi;
Kotibiyat faoliyatiga doir masalalar yuzasidan viloyat hokimligining tarkibiy tarmoqlari tomonidan Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosarining topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat organlarida Toshkent viloyati hokimiyati nomidan vakillik qiladi.
Toshkent viloyati hokimi va Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling