Hujjat turlari va ish yuritish asoslari
Download 47.04 Kb.
|
Hujjat turlari va ish yuritish asoslari. Maxmudov Elbek 744-22
BILDIRISHNOMA, BILDIRGIMuayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi) ning takliflari aks etadi. Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahba riga yoki bo‘lim mudiriga yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma lar muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Bildirishnomaning zaruriy qismlari: Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma). Matn sarlavhasi. Bildirishnoma matni (mazmuni). Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor bo‘lsa). Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi). Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi). O‘zbekiston Respublikasi trans port vazirligiga qarashli 4-avtokorxonasining boshlig‘i 3. Shartnoma va kontraktlar haqida ma’lumot hamda ularni tuzish asoslari Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlarga shartnoma (yoki bitimlar) deyiladi. Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o‘rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma davlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o‘rtasida o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi. Shartnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil ko‘rinishga ega: mahsulot yetkazib berish haqida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini davlat yo‘li bilan xarid qilish haqida, mulkiy (moddiy) javobgarlik haqida, bino va inshootlar qurilishi haqida, turar joy ijarasi haqida, uy-joy yoki transport vositalarining oldi-sotdisi, hadya qilish, almashtirish, mol-mulkni ijaraga olish, qarz berish haqida va boshqalar. Muassasalar o‘rtasida keng tarqalgan shartnoma turlariga mol (tovar) yetkazib berish, pudrat, imoratlar ijarasi, asbob-uskunalarni o‘rnatish haqidagi shartnomalarni ko‘rsatish mumkin. Har qanday shartnoma o‘z mazmuni va shakliga ko‘ra qonunga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi Shartnomaning qonuniy kuchini yo‘qqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan yoki tuzishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka olib keladi. Shartnomalar og‘zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo‘lishi mumkin. Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, imoratlarning oldi-sotdi shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur. Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo‘llanadi. Shartnoma muassasalarga tegishli bo‘lganda, tomonlar imzolangunga qadar unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik belgisi (vizasi) bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari bo‘yicha kelishib olib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikning asosiy shakli shartnoma asosida mayda va yirik korxonalar orasidagi aloqalar hisoblanadi. Bunga yirik korxonalar mayda korxonalarni uzoq muddatli shartnomalar asosida zaruriy manbalar bilan ta’minlab turishi misol bo‘la oladi. Hamkorlar orasida tuziladigan qonuniy hujjat – shartnoma hisoblanadi. Shartnomaga ko‘ra ishlab chiqaruvchi bir tomondan, o‘z tovarini (mahsulotlarini) belgilangan miqdorda, sifatda, assortimentda va muddatlarda yetishtirib berish majburiyatlarini olsa, ikkinchi tomondan buyurtmachi yoki iste’molchi esa uni qabul qilib olish, qiymatini belgilangan va kelishilgan narxlarda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Download 47.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling