Hujjat turlari va ish yuritish asoslari


Download 222.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana24.04.2023
Hajmi222.99 Kb.
#1395309
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hujjat turlari va ish yuritish asoslari Maxmudov Elbek 744 22

1) 
sodda hujjatlar – muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi;
2) 
murakkab hujjatlar – ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi. 
Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy (in dividual), namunali (tipovoy) 
va qolipli (trafaretli) hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, 
hamisha ham bir andozada bo‘lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir 
(masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan 
doimiy tarkib mavjud bo‘lsada, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi. 
Namunali hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-
biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni 


● 
o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish 
qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni 
o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o‘zgaruvchi (hujjatni 
tuzish paytida mashinkada yoki qo‘lda yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu 
tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi 
ishlatiladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlarini kengaytirish 
ish yuritishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo‘llardan biridir. Chunki bunday 
qilish hujjat matnlarini bir xillikka olib kelish va hujjat tayyorlash uchun 
ketadigan vaqt hamda mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli 
hujjatlar sirasiga, masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, 
ayrim dalolatnomalar, xizmat safarlari guvohnomalari va boshqa ko‘plab 
hujjatlarni kiritish mumkin. 
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim. Bu 
jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; nusxa; 
ikkinchi nusxa (dublikat); ko‘chirma. 
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy 
maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida 
jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy 
tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, 
shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi. 
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabilar kiradi. 

Download 222.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling