Hujjat turlari va ish yuritish asoslari
Download 222.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Hujjat turlari va ish yuritish asoslari Maxmudov Elbek 744 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartnomalar
- Mavzuga oid savollar
Majburiyat – bu fuqarolik huquqiy munosabat bo‘lib, unga asosan, bir shaxs
(qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va h.k. yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa qarzdordan o‘zining majburiyatlarining bajarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Shartnomalar – mahsulot yetkazib berish shartnomalariga, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha, ijara shartnomalariga va bajariladigan ishlarning xususiyatiga qarab boshqa turlarda bo‘lishi mumkin. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi bir yilga yoki taraflar kelishuvida nazarda tutilgan boshqa muddatlarga tuzilishi mumkin. ● Mavzuga oid savollar: 1. Muayyan bir masalani o'z ichiga oladigan hujjatlar? 2. Ikki va undan ortiq masalani o'z ichiga oladigan hujjatlar? 3. Hujjatlar qanaqa vosita bo‘lib xizmat qiladi? 4. Hujjatlarni yaratishda qaysi tilni birinchi o‘rinda qilish kerak? 5. Arizaning asosiy qismlari nechta? Test: 1. Qaysi uslub uchun jargonlar, oddiy so’zlashuvga xos so’zlar, emotsional – ekspressiv bo’yoqqa ega bo’lgan so’zlarning ishlatilishi me’yor sanaladi? ● А) Badiiy uslub В) Ommabop uslub С) Ilmiy uslub D) Rasmiy uslub 2. Noaniqliklarga yo’l qo’ymaslik uchun ot so’z turkumidagi so’zlar olmoshlar bilan almashtrilmaydigan uslub qaysi? A) Rasmiy uslub B) Ommabop uslub C) Ilmiy uslub D) Badiiy uslub 3. Guvohnoma qanday hujjat hisoblanadi? A) Shaxsning korxona ishchisi yuridik maqomga oid kishi ekanligiga guvohlik beruvchi rasmiy hujjat B) Mansabdor shaxs ekanligi haqidagi hujjat C) Muassasa korxonaning ishonchli vakili ekanligini bildiruvchi hujjat D) Yuridik shaxs ekanligini tasdiqlovchi hujjat 4. Qanday hujjat turi kotib tomonidan rasmiylashtiriladi? A) ma’lumotnoma B) dalolatnoma C) tavsifnoma D) bayonnoma 5. Davlatning biror masala yuzasidan o’zaro qabul qilgan qarorlari yuzasidan bergan bayonnoma nima deyiladi? A) Memorandum B) Qaydnoma C) Protokol D) Bayonot 6. Hujjat matni qaysi shaxs tilidan yoziladi? A) 1,2 B) 2,3 C) 1,3 D) 2,1 7. Hujjatlar tayyorlanish xususiyatiga ko‘ra qanday bo‘ladi? A) qoralama, asl nusxa, nusxa, ikkinchi nusxa, ko‘chirma B)asl nusxa, ikkinchi nusxa C) qoralama, asl nusxa, ikkinchi nusxa D) hujjatlar asl nusxada bo‘lib, zarurat tug‘ilganda nusxa olinadi. 8. Hujjat matnlarida nimalar bayon etiladi? A) yozilish sabablari ko‘rsatiladi, taklif va xulosalar beriladi B) rasmiy munosabatlarni ifodalaydi C) axborot, voqea-hodisalar badiiy vositalar orqali bayon etiladi D) A va B E) A, B, C ● 9. Qaysi javobda hujjatga aloqador bo‘lmagan qismlar keltirilgan? A) hujjat muallifi, matn, kelishuv yoki rozilak belgilari B)hujjatning nomi, ilova mavjudligi haqidagi qayd C) sarlavha, tasdiqlovchi imzo, muhr D) tasdiqlash ustxati, shartli raqam (indeks), sana Hujjat matnini izohlashga ko‘mak beruvchi grafik shakllar va rasmlar 10. Hujjatga aloqador bo‘lmagan hukmni aniqlang. A) shaxsning hayoti davomidagi faoliyatini qayd etib boruvchi yozma vosita B) rasmiy munosabatlarni ifodalovshi va qayd etuvchi rasmiy vosita C) axborot tashuvchi vosita D) barcha hukm to‘g‘ri Download 222.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling