Hujjat turlari va xususiyatlari


Ish yuritish tili va uslubi, ish qog’ozlarining turlari


Download 57.39 Kb.
bet2/6
Sana03.10.2023
Hajmi57.39 Kb.
#1691156
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hujjat turlari va xususiyatlari

Ish yuritish tili va uslubi, ish qog’ozlarining turlari

O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalaridan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur. Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlari, umuman, faoliyati munshiylik bilan bog‘liq har bir kishi o‘zbek tilining imlosini, tinish belgilari va uslubiy qoidalarini egallagan bo‘lishi kerak. Busiz bugungi taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo‘nda va teran mantiqli hujjatchilikni yaratib bo‘lmaydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, boshqaruv sohasidagi xizmatchilar o‘z ish vaqtlarining 80 foizcha qismini hujjatlashtirish ishiga sarflar ekanlar. Ish yuritish o‘zbek tilida olib borilar ekan, agar mazkur xodimlar o‘zbek tili qonuniyatlaridan yaxshi xabardor bo‘lmasalar, ular ish vaqtlarining hammasini — 100 foizini bu ishga sarflaganlarida ham, ijobiy natijaga erishish qiyin.
O‘zbek hujjatchiligidagi chala, oqsoq o‘rinlardan biri ayrim hujjatlarning nomlanishi masalasidir. Bir necha tur hujjatlar rus tilida q anday nomlansa, o‘zbek tilida ham shundayligicha nomlab kelingan. Ish yurtitish asosan rus tilida olib borilganligi uchun ham bunga ehtiyoj bo‘lmagan chog‘i. Uzoqqa bormay mavzuimiz nomini olaylik. «Ish yuritish» degan atama ruscha «делопроизводство» so‘zidan tarjima qilinib tilimizga olib kirilgan. Vaholanki, ma’lum bo‘lishicha, tariximizda saroy va umuman yirik mahkamalarda yozuv ishlarini olib boruvchilar «munshiy» (arabcha) deyilgan. Atoqli yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanidagi quyidagi satrlarni eslang: «Anvar devonxona sahniga yetganda ichkaridagi kattadan-kichik, mirzo, munshiylar yangi boshliq larini muborakbod qilgali o‘rinlaridan qo‘zg‘aldilar». Demak, ruschadan tarjima qilingan «ish yuritish» atamasining muqobili sifatida «munshiy» so‘ziga o‘zakdosh va ma’nodosh bo‘lgan hamda o‘tmishda bobolarimiz tilida ishlatilgan «munshaot» so‘zini tavsiya etishimiz mumkin. Lekin bu tarixiy so‘z hozirgi tilimizda yangiligi uchun uni ushbu qo‘llanmada asosiy atama sifatida qo’llashdan o‘zimizni tiyib, «ish yuritish» atamasi bilan yonma-yon raqam etdik. Zero, kelajakda bu so‘z o‘z q adrini topib, o‘z o‘rnida ishlatiladi degan umiddamiz.
Bugina emas. Bunday hol hujjatlarning nomlari-da, matnida ham ko‘p kuzatiladi. Ulkan rus munaqqidi V. G. Belinskiy shunday degan edi: «...Ruscha muqobili mavjud bo‘lgani holda chet so‘zni qo’llash sog‘lom idrokni ham, sog‘lom didni ham haqorat qilish demakdir». O‘zbek tilida hozirgacha qo‘llanib kelinayotgan «spravka», «raport», «instruksiya», «akt», «xarakteristika» kabi ko‘plab hujjat nomlari uchun tegishli o‘zbekcha muqobil so‘zlar yo‘qmikin?! Izlansa, tariximizga, noyob kitoblarimizga murojaat qilinsa topsa bo‘ladi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» (XI asr) asarida «yorliq, noma» ma’nosidagi «bildirguluk» so‘zi bor. Bu so‘z sof turkiy «bilmoq» fe’lidan yasalgan. Shularni hisobga olib, «raport» deyiladigan hujjatni o‘zbek tilida «bildirgi» so‘zi bilan nomlash mumkin deb hisoblaymiz. «Spravka» ma’nosini «ma’lumotnoma» so‘zi ifoda etishi mumkin.
«Akt» shunday hujjatki, unda aniqlangan muayyan hodisa yoki biron - bir faktning to‘g‘riligi tasdiqlanadi va bunga bir necha kishining guvohligi keltiriladi. Shunday ekan, bu hujjatni o‘zbek tilida «dalolatnoma» so‘zi bilan atash maqsadga muvofiq, bu so‘z mazkur hujjatning mohiyatini to‘g‘ri va to‘liq aks ettira oladi. Mazkur so‘zdagi «noma» qismi hujjatning yozma shaklda ekanligiga ishora qiladi. «Instruksiya» so‘zi o‘rnida o‘zbekcha «yo‘riqnoma» so‘zini bemalol ishlatish mumkin. Umuman, imkon bor bo‘lgan o‘rinlarda hujjat nomlarini o‘zbek tilida yasashda «noma» so‘zidan foydalanish yaxshi natija beradi.
Qisqasi, hujjat nomlarini o‘zbek tilining o‘z imkoniyatlari asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi so‘z va iboralarning o‘zbekcha muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir.
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish- erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana so‘zlar, dag‘al so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi.
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to ‘ liqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish ja tumaniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, undagi o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologiya va sintaksis orqali ta’min etiladi.
Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z shakllar i tanlanadi, ya’ni «harakat nomi» deb ataluvchi so‘z shakllari faol ishlatiladi: «...tayyorgarlikning borishi haqida», «...qarorning bajarilishi to‘g‘risida», «...yordam berish maqsadida», «...qabul qilishingizni so‘rayman» kabi.
Fe’l shakllarining qo‘llanilishida ham birmuncha o‘ziga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o‘tgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo‘llanish darajasi anchayin yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatils in, tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi kabi.
Hujjatlardagi gap qurilishi, odatda, tasniflash, mayda qismlarga ajratishga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart-oqibat munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham hujjatlarda nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo‘lakli gaplar ko‘p qo‘llanadi. Lekin gap tarkibida odatdagi so‘z tartibiga qat’iy rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin bo‘lgan g‘ayriodati y so‘z tartibi (inversiya)ga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda ularda so‘roq va undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi — xabar berish (informativ) va buyurish (volyuntativ) vazifalari amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, majlis bayonida esa ham axborot («eshitildi...»), ham buyurish («Qaror qilindi...») o‘z ifodasini topadi.
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabilar) birinchi shaxs tilidan bo‘ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, birlik sonda shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko‘plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi: «...ga ruxsat berishingizni so‘ray-miz», «...deb
hisoblaymiz»; «ma’muriyat talab qiladi», «boshqarma so‘raydi» kabi.
Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalanish lozim. Chunki qoliplashgan, yagona doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda 8—10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga qoliplashgan so‘z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish ja tumanlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Tayinki, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boradi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin:

  1. «so‘m maosh bilan ...lavozimiga tayinlansin»;

  2. «...o‘z xohishiga ko‘ra ...lavozimidan bo‘shatilsin»;

  3. «...boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan ...lavozimidan bo‘shatilsin»;

  4. «...ga ...dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin»;

  5. «...ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun hayfsan e’lon qilinsin» va h. k.

Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish mumkin:

  1. «Sizga ...ni ma’lum qilamiz»; «Sizga ...ni bildiramiz»; «Sizga ...ni eslatamiz»;

  2. «... yordam tariqasida...» «... munosabati bilan...» «...qaroriga muvofiq ravishda...»

  3. «...ga zavod ma’muriyati qarshi emas»;-«...ga zavod kafolat beradi» va h. k.

O‘zbek tilidagi hujjatchilik takomillasha borgani sari bunday qoliplashgan birikmalar ham ko‘payib, mukammallashib boradi. Buning natijasida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish ishi ham bir qadar yengillashadi. Ana shu qoliplashgan birikmalarning ishtirokiga ko‘ra hujjatchilar «hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi» deydilar.
Hamonki, har qanday hujjat eng avvalo axborot tashuvchi vosita ekan, hujjatning axborot sig‘imini kengaytirish, undagi fikrning teran mantiqini ta’minlash muhimdir. Shuning uchun hujjatda tilning ortiqchalik prinsipini chetlab o‘tish, tilning tejash prinsipidan oqilona foydalana bilish kerak. Buning uchun qisqartmalarni qo’llash yaxshi natija beradi. Ammo, ta’kidlash lozimki, bunda meyorga qat’iy va izchil amal qilmoq lozim. Chunki qisqartmalar o‘zbek tilining tabiatiga u qadar mos emas, shuning uchun ham qisqartmalar o‘zbek tilida uncha ko‘p emas. Hozirda bizda bir qadar odatga kirgan q isqartmalar bor: ToshDU, «o‘rt.» (o‘rtoq), «prof.» (professor), «km» (kilometr), «sh.k.» (shu kabi) va bosh qalar. Ayni paytda o‘zbek tilining so‘z va so‘z birikmalaridagi ichki ma’noviy imkoniyatlaridan kengroq va unumliroq foydalanmoq zarur.
Hujjatdagi fikrni aniq, lo‘nda bayon qilishda xatboshi (abzas)ning ahamiyati ham katta. Har bir yangi, alohida fikr xatboshi bilan ajratilishi, bir xatboshidan ikkinchi xatboshigacha bo‘lgan matn 4-5 jumladan oshmasligi maqsadga muvofiq.
Hujjatchilikda imlo va tinis h belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kerak. Savodli yozilgan hujjatgina o‘z vazifasini mukammal bajarishi mumkin. Hujjatning nomini yozishda bizda har xillik mavjud, xususan, ba’zan kichik harf bilan, ba’zan bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning no mi bo‘lganligi uchun uni bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdek, bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni to‘lig‘icha bosh harflar bilan yozish orqali ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Lekin hujjatning nomi bo‘lganligi uchun (sarlavhalardagi kabi) undan so‘ng nuqta qo‘yish joiz emas.
ISH QOG’OZLARINING TURLARI
ARIZA

Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayo tda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tar qalgan ish q og‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, ishchi va deh qon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs - jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, kolxoz boshqaruviga, qishloq sovetiga, tuman rahbariyatiga - xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shik oyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.
Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. Arizaning zaruriy qismlari:

  1. Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.

  2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi.

  3. Hujjatning nomi (Ariza).

  4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).

  5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa).

  6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi.

  7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).

Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘z i ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, brigada va hokazo) va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.
Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi uni tezroq amalga oshishiga xizmat qiladi. Mehnatkashlarning ariza va shikoyatlarini o‘z vaqtida va diqqat-e’tibor bilan ko‘rib chiqish esa boshqaruv idoralarining muhim vazifalaridan biri, sotsialistik qonunchilikning mustahkam garovidir.
Ariza asosan q o‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi — fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir. Da’vo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda da’vo arizalariga nisbatan ko‘p qo‘llanadi.
BILDIRISHNOMA.
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning takliflari aks etadi.
Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi.
Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahbariga yoki bo‘lim mudi riga yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish q og‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga ega. Bu xususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayoq o‘z aksini topadi. Tashabbus bildirishnomasi matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal qilishga undaydi (masalan, Navoiy nomidagi maktabda mukofotlash nizomining buzilganligi haqida).
Axborot bildirishnomasi, odatda, umumiy holati rahbarga ma’lum muayyan jatuman to‘g‘risida xabar beradi. Masalan, Nishon tumanidagi Oq oltin nomli shirkat xo’jaligida chigit ekishning borishi (2012-yil 10- apreldagi holati) haqida.
Hisobot bildirishno masi ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko‘rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to‘g‘risida rahbarni xabardor qilishi kerak. Muayyan vazifa yoki majburiyatlarni bajarilishi haqidagi hisobot bildirishnomasi amaliyotda raport ham deyiladi. Asli fransuzcha bo‘lib, rus tili or q ali bizga kirgan bu so‘zning muqobili sifatida « bildirgi» atamasini ilgari suramiz.
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:

  1. Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelish igidagi familiyasi.

  2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.

  3. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).

  4. Matn sarlavhasi.

  5. Bildirishnoma matni (mazmuni).

  6. Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor bo‘lsa).

  7. Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).

  8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda q o‘yiladi).

Yuq oridagilardan ko‘rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan bildirishnomalar xizmat ma’lumotnoma (spravka)lariga yaqin turadi. Ularning farq i shundaki, ma’lumotnom alarda asosan talab qilingan, so‘ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni keltirib chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar beriladi.
Bildirishnoma tayyorlayotgan shaxsning xulosa va takliflari aniq, ravshan va ishonarli bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun ham bildirishnomalarda chiqarilgan xulosalarni tasdiqlovchi, bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarga, qonunchilik ko‘rsatmalariga, tegishli hujjatlarning raqam va sanasiga hamda bildirishnomada bayon etilgan masalani bevosita muassasa misolida o‘rganish yoki sinab ko‘rish natijasida olingan boshqa dalillarga havolalar qilinishi zaruriy hisoblanadi. Bildirishnoma matni asosan ikki qismdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Birinchi qismda uning yozilishiga sabab bo‘lgan dalillar, voqealar bayon qilinishi lozim. Ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq harakatlar haq idagi takliflar aks etmog‘i zarur. Muallifning fikricha, bunday harakatlar bayon qilingan voqealar munosabati bilan yuqori idora yoki mansabdor shaxs tomonidan qilinishi (boshlanishi) kerak.
Agar bildirishnomada bayon q ilinayotgan ma’lumotlar aniq bir sana yoki vaq t oralig‘iga taalluq li bo‘lsa, xuddi ma’lumotnomadagidek, ushbu vaqt-matndan alohida zaruriy qism sifatida ajratilib, matn oldidan joylashtiriladi. Masalan « 2012-yil 1-yanvardagi holatga ko‘ra» yoki « 2012- yilning 1-yanvaridan 1-mayigacha bo‘lgan davr uchun». Bu ma’lumotlarni matn sarlavhasiga q o‘shib yuborish ham mumkin.
DALOLATNOMA

Download 57.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling