Hujjatlarning ekspertizasi


Texnik topshiriqning me’yoriy nazorati


Download 1.11 Mb.
bet11/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

1.4. Turli hujjatlarning me’yoriy nazoratini o‘tkazish

1.4.1.Texnik topshiriqning me’yoriy nazorati

Har qanday mahsulotni ishlab chiqarishdan oldin uning texnikaviy topshirigi ishlab chiqiladi.


Texnik topshiriq - ishlab chiqarilayotgan mahsulotning dastlabki hujjati bo‘lib, uning asosiy vazifasini, ulchamlariga va massasiga ko‘yiladigan talablarni chidamliligini, tashish va saqlash sharoitlarini, ma’lum bir mexanik, iqlimiy va boshqa ta’sirlar ostida ishga yaroqliligini belgilaydi.
Texnik topshiriqning me’yoriy nazoratida quyidagilar tekshiriladi:

  • titul varag‘i rasmiylashtirilishining to‘g‘riligi;

  • bo‘limlar va tagbo‘limlar ifodalanishining to‘liqligi, joylashuvining ketma-ketligi (nomlanishi va qo‘llanilish sohasi, ishlab chiqish asoslari, ishlanmaning maqsadi va vazifalari, texnik talablar, mahsulot tarkibi va konstruktiv tuzilishga nisbatan qo‘yiladigan talablar, ishonchlilikka nisbatan qo‘yiladigan talablar, texnologiklikka nisbatan qo‘yiladigan talablar, standartlashtirish va birxillashtirish darajasiga nisbatan qo‘yiladigan talablar, xavfsizlik talablari, tamg‘alash va o‘rashga (qadoqlashga) nisbatan qo‘yiladigan talablar va hokazolar);

  • iqtisodiy ko‘rsatkichlar;

  • ishlab chiqish davrlari va bosqichlari;

  • qabul qilish va nazorat qilish tartibi;

  • texnik topshiriqning jahon miqyosidagi mahsulotning talablariga javob bera olishga muvofiqligi;

  • sifat ko‘rsatkichlari va ekspluatatsion xarakteristikalarni belgilovchi texnik talablar va me’yorlarning amaldagi standartlar va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiqligi;

  • ilgari ishlab chiqilgan va ishlab chiqarishda o‘zlashtirilgan konstruksiyalarni qo‘llash imkoniyati;

  • mahsulot asosiy parametrlarining tanlangan sonlar qatoriga va normal chiziqli o‘lchamlarga muvofiqligi.

Me’yoriy nazorat o‘tkazilgunga qadar konstruktorlik hujjatlari ushbu jamlanmani umuman olganda va uning tarkibiga kiruvchi chizmalar va hujjatlarni alohida ishlab chiqarishning maqsadga muvofiqligi nuqtai-nazaridan tekshiriladi, ya’ni uning konstruktiv jihatdan qo‘llanilishi mumkinligi talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
Buning uchun nazorat qilinadigan ob’yektning bir qismini yoki standartlashtirilgan konstruksiyaga, yoki ilgari ishlab chiqarilgan konstruksiyaga almashtirish imkoniyati tekshiriladi, bunda amaliyotda ko‘proq qo‘llaniladigan konstruksiyaga ustuvorlik beriladi.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling