Hujjatlarning ekspertizasi


Texnologik hujjatlarning meyoriy nazorati


Download 1.11 Mb.
bet14/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

1.4.3. Texnologik hujjatlarning meyoriy nazorati.
Texnologik hujjat – bu grafik yoki matnli hujjat bo‘lib, u o‘zi alohida tarzda yoki boshqa hujjatlar bilan birgalikda texnologik jarayonni yoki buyumni tayyorlash operatsiyasini belgilaydi.
Barcha mashinasozlik korxonalari tomonidan ishlab chiqiladigan va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologik hujjatlarning turlari, ularni ishlab chiqish, shakl berish, jamlash va ular bilan muomala qilish qoidalari va holatlari THYaT (Texnologik Hujjatlarning Yagona Tizimi) standartlari bilan belgilab qo‘yilgan.


LOYIHALASHTIRISHDA ME’YORIY NAZORAT STANDARTLAR TALABLARIGA RIOYA QILISHNI TA’MINLAYDI

Matnli hujjatlarda (tushuntirish xatida, dasturlarda, jadvallarda, yo`riqnomalarda, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash hujjatlarida, spetsifikatsiyalarda va hokazo)

KHYaT, THYaT, LHYaT standartlari va boshqalar










O`BTDT, KHYaT standartlari va boshqalar



Hujjatlarning tasviriy qismida( barcha turdagi chizmalar, detal chizmalari, umumiy ko`rinish chizmalari, gabarit va montaj chizmalari)

1.3 - rasm. Konstruktorlik hujjatlarning matnli va tasviriy qismlarini me’yoriy nazorati



Texnologik hujjatlar belgilanishiga (qo‘llanilishiga) bog‘liq ravishda asosiy va yordamchi hujjatlarga bo‘linadi.
Asosiy hujjatlarga quyidagilar kiradi:

  • bitta yoki majmuaviy texnik-muhandislik, reja-iqtisod va tashkiliy masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan yig‘ma ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar;

  • mahsulotni tayyorlash yoki ta’mirlashning texnologik jarayonini to‘lig‘icha va bir aniq belgilab beruvchi hujjatlar.

Yordamchi hujjatlarga ishlab chiqishda va texnologik jarayonlar hamda operatsiyalarning faoliyat yuritish jarayonida qabul qilingan hujjatlar, masalan, texnologik jihozlarni loyihalashtirishning buyurtma kartasi kiradi.
Asosiy texnologik hujjatlar umumiy belgilanishdagi va maxsus belgilanishdagi hujjatlarga bo‘linadi.
Umumiy belgilanishdagi hujjatlarga texnologik jarayonlarga mahsulotni tayyorlash yoki ta’mirlashning texnologik uslublari qo‘llanilishiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda alohida yoki hujjatlar jamlanmalarida qo‘llaniladigan texnologik hujjatlar, masalan, qoralamalar (eskizlar) kartalari, texnologik yo‘riqnomalar kiradi.
Maxsus belgilanishdagi hujjatlarga texnologik jarayonlar va operatsiyalarni ishlab chiqarishning tipi va turi hamda mahsulotni tayyorlash yoki ta’mirlashning texnologik uslublariga bog‘liq ravishda tasvirlab beruvchi hujjatlar, masalan, marshrut kartasi, texnologik jarayon kartasi, operatsion karta kiradi.
Hujjatlar standartlarda belgilab berilgan talablarga muvofiq tarzda to‘ldirilgan bo‘lishi zarur hujjatlardagi yozuvlar aniq va qisqa hamda siqilgan ma’noga ega bo‘lishi lozim.
Masalan, eritish, quyish va issiq holda shtamplash, sovuq holda shtamplash, kavsharlash va qoplash, payvandlash, qirqish bilan ishlov berish, slesarlik va slesarlik-yig‘ish ishlari olperatsiyalarining (o‘tishlarining) mazmunini ifodalash va ularni yozish qoidalari mos keluvchi standartlarda belgilab qo‘yilgan.
Yordamchi operatsiyalar va texnologik operatsiyalar yoki o‘tishlarning mos keluvchi yozuvlari ularni bajarishning kelish tartibida mos keluvchi jadvallarga kiritiladi.
Texnologik hujjatlarning me’yoriy nazorati xuddi konstruktorlik hujjatlarining me’yoriy nazorati kabi ishlab chiqiladi. Shuningdek qo‘llaniladigan maxsus jihozlar va asboblarni mazkur korxonada qabul qilingan nomenklaturani hisobga olgan holda standartlashtirilgan va bir xillashtirilgan jihozlar va asboblarga imkon qadar to‘liq almashtirish imkoniyati tekshirib chiqiladi.
Har bir texnologik hujjat uni tuzgan va tekshirgan shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.
Texnologik jarayonlar bir paytning o‘zida texnologik jihozlarning qo‘llanilishini ham hisobga olib boradigan me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimning imzolashidan keyin tasdiqlanadi.
Me’yoriy-texnik hujjatlarning (O`zDSt, TSt, ) mazmuni nihoyatda turlicha bo‘lib, o‘zida matnli, jadvalli va grafik materiallarning jamlanmasini taqdim qiladi.
Me’yoriy nazoratning konstruktorlik hujjatlari uchun yuqorida keltirilgan talablari me’yoriy-texnik hujjatlarni tekshirish uchun ham to‘lig‘icha qo‘llanilishi mumkin.
Shu bilan birgalikda, me’yoriy-texnik hujjatlar texnik qonunchilik vositalari bo‘lib hisoblanishi sababli, me’yoriy nazorat ularning mazmuni va rasmiylashtirilishiga nisbatan o‘ta qattiq talablarni qo‘yishi lozim bo‘ladi. Texnik hujjatlarning barcha turlariga o‘zgartirishlar standartlarda belgilangan qoidalarga muvofiq tarzda kiritiladi.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling