Hujjatlarning ekspertizasi
Me’yoriy nazorat xizmatlarining davlat texnik siyosatini amalga oshirish masalalarini hal qilishdagi roli
Download 1.11 Mb.
|
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)
1.5.2. Me’yoriy nazorat xizmatlarining davlat texnik siyosatini amalga oshirish masalalarini hal qilishdagi roli
Bir qator korxona va tashkilotlarda me’yoriy nazoratning ahamiyatiga etarlicha baho berilmaydi va uni joriy qilish zarur emas deb hisoblashadi, yangi mashinalarni loyihalashtirishda esa berilgan mahsulot ishlab chiqarishga qabul qilingandan keyingina birxillashtirish (unifikatsiyalash) va davlat standartlari talablariga rioya qilish zarur deya ta’kidlash bilan uni umuman kerak emas deb hisoblaydilar. Bunday qarashlarga ega bo‘lish chuqur xatoga yo‘l qo‘yishdir. Amaliyot shuni ko‘rsatadi-ki, mashinalarning yangi konstruksiyalarini o‘zlashtirish muddatlarining qisqaligi oqibatida birxillashtirish (unifikatsiyalash) bilan bog‘liq bo‘lgan biror-bir o‘zgartirishlarni kiritish qiyinlashadi. Bir qator hollarda mashinalarni loyihalashtirishda ularda standartlashtirilgan detallar va qismlarning qo‘llanilishini maksimal darajada oshirish, konstruktiv elementlarning tiplashgan o‘lchamlarini, foydalaniladigan materiallarning markalari va sortamentini qisqartirish kabi o‘ta muhim masalalar konstruktorlar e’tiboridan chetda qoladi, buning natijasida ishlab chiqarishga standartlashtirish va bir xillashtirishning past darajasiga ega bo‘lgan mashinalar qabul qilinadi. Bu ularni o‘zlashtirish muddatlarining uzayishiga va ishlab chiqarish tannarxining ortishiga olib keladi. Tajribaning ko‘rsatishicha, diqqat bilan me’yoriy nazoratdan o‘tkazilmagan texnik hujjatlar ko‘pincha faqatgina standartlashtirish va bir xillashtirishning past darajasiga ega bo‘lib qolmasdan balki texnologik jihozlash va asosiy ishlab chiqarish ob’yektlarining detallari va qismlarini noto‘g‘ri shifrlash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab xatolarni, bekor qilingan texnik shartlar va standartlarga yo‘llanmalarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xatolar texnologik jihozlarni, tajriba namunalarini tayyorlash jarayonida, sotiladigan detallar, qismlar va materiallarga buyurtmalarni bajarish jarayonida yuzaga chiqadi. Buning natijasida hujjatlarni to‘g‘irlash va xato shifrlangan detallar va qismlar partiyalarini qaytadan tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan vaqt yo‘qotilishi sodir bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan etkazib beriladigan sotib olinadigan detallar va materiallarda standartlar va texnik shartlar raqamlarining noaniq yozilishi kerak bo‘lmagan nomenklatura va tiplashgan o‘lchamdagi detallar va materiallarni etkazib berishga olib keladi. Bularning barchasi mashinalarning yangi konstruksiyalarini o‘zlashtirish muddatlarining uzayishiga olib keladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling