Hujjatlarning ekspertizasi


O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablarning to‘liqligi va to‘g‘riligini aniqlash


Download 1.11 Mb.
bet28/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

3.2. O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablarning to‘liqligi va to‘g‘riligini aniqlash


3.2.1. O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan umumiy talablarni to‘liqligini tekshirish
O‘lchash vositasining imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish uchun ularning xususiyatlariga nisbatan qo‘yiladigan talablarni ifodalash zarur bo‘ladi. Bu talablarning bajarilishi ko‘p jihatdan o‘lchash vositalari va uslublari yordamida olinadigan o‘lchash ma’lumotlarining sifatini belgilaydi.
O‘lchash vositalarining eng muhim xususiyatlari o‘lchash natijalarining aniqligini belgilaydigan xususiyatlar bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli o‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqishda avvalambor o‘lchash vositasi aniqligining o‘lchashlar aniqligi ko‘rsatkichlarining talab qilinadigan qiymatlariga mosligi tahlil qilinadi.
Agar o‘lchashlar diapazoni ko‘rsatilgan va o‘lchash vositasining o‘lchashlar xatoligiga ta’sir ko‘rsatadigan barcha metrologik tavsiflariga qo‘yiladigan talablar aniqlangan bo‘lsa, o‘lchash vositasiga qo‘yiladigan talablar etarli bo‘ladi.
Texnik hujjatlarni (texnologik hujjatlar va bir qator konstruktorlik hujjatlarini, shuningdek metrologik o‘lchashlarni reglamentlaydigan hujjatlar, ilmiy-tadqiqot ishlarining hisobotlari va hokazolarni) metrologik ekspertizadan o‘tkazishda ekspert avvalambor o‘lchash vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligini aniqlaydi.
Hujjatlarda ko‘pincha quyidagilar ko‘rsatiladi: tavsiya qilinadigan o‘lchash vositasining nomi va tipi, ushbu o‘lchash vositasiga me’yoriy-texnik hujjatlar, o‘lchash vositasining asosiy metrologik tavsiflari. Bu tavsiflar o‘lchash vositasining konkret tipini (agar u ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yoki berilgan tipdagi o‘lchash vositasini o‘lchashlar aniqligi ko‘rsatkichlarini yomonlashtirmasdan boshqasiga almashtirish imkoniyatini ta’minlaydigan hajmda ko‘rsatilishi lozim.
Seriyali tarzda ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalari uchun ГОСТ va zarurat bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumotlar (tipi, shartli belgilanishi, o‘lchashlarning yuqorigi chegarasi, shkalaning bo‘linish qiymati va hokazolar) ko‘rsatiladi, ular hujjatlar bilan birgalikda o‘lchash vositasiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Masalan, valning diametrini nazorat qilishda texnologik jarayonning operatsion kartasida ГОСТ 166 bo‘yicha ШЦ 11-160-0,05 shtangensirkul ko‘rsatilgan. Hujjatda ko‘rsatilgan me’yoriy o‘lchash vositasi uchun asosiy konstruktorlik hujjatining belgilanishi yoki chizmasi keltiriladi.
Agar o‘lchashlar aniqligining ko‘rsatkichlari o‘lchash vositasining konkret nusxasidan foydalanish bilan topilgan bo‘lsa, u holda bu o‘lchash vositasi nusxasining raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Masalan, metrologik o‘lchash hujjatida ФЭК 5M №7303213 fotoelektrokolorimetr ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Tekshiriladigan hujjatlarda ko‘pincha o‘lchash vositasining to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri belgilanishi keltiriladi yoki bekor qilingan standartlarga yo‘llanmalar beriladi. Masalan, elektr jihozini turini tasdiqlash sinovlardan o‘tkazish texnologik jarayonida 500 V kuchlanishda izolyasiyaning qarshiligini o‘lchash uchun ishlab chiquvchi tomonidan M 4001/1-5 megaommetri belgilangan. Bunday belgilash 1 dan 5 gacha bo‘lgan modifikatsiyalarga tarqaladi, bunda 1 modifikatsiya qarshilikni 100 V da, 2 modifikatsiya – 250 V da, 3 modifikatsiya – 500 V da o‘lchashga hisoblangan va hokazo. Shundan kelib chiqqan holda, megaommetrning keltirilgan belgilanishi aniq emas va M 4001/3'' megaommetri deb yozish zarur bo‘ladi.
Tadqiq qilinadigan namunaning massasini aniqlashda fizikaviy-kimyoviy o‘lchashlarni bajarish uslubiyati hujjatlarida o‘lchash vositasiga “... 3-sinf texnik tarozisi” degan talab qo‘yilgan. Mazkur holatda “ГОСТ 24104 bo‘yicha 3-sinf aniqlikdagi laboratoriya tarozisi. Yuqorigi o‘lchash chegarasi 1 kg. Bo‘linish qiymati 10 mg. Elkalarning teng emasligidan xatolik 10 mg dan oshiq emas” deb yozish lozim bo‘lardi.
Hujjatlarda ko‘rsatilgan o‘lchash vositalari imkon qadar standartlashtirilgan, unifikatsiyalangan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi, o‘lchashlarning zaruriy unumdorligini ta’minlashi zarur. Seriyali ravishda ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalari O`zDSt 8.009:2004 “O‘zbekiston respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash. Tashkil etish va o‘tkazish tartibi”ga muvofiq turini tasdiqlash sinovlaridan o‘tkazilishi, Davlat Reestriga kiritilishi va sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilishi lozim. Shu sababli ekspert hujjatlarda tavsiya qilinayotgan barcha o‘lchash vositalari sanoat korxonalarida ishlab chiqarilganligini tekshirishi lozim bo‘ladi. Bunda o‘lchash vositalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat Reestriga kiritilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatlarda ko‘rsatilgan standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarini tahlil qilishda avvalambor ularni ishlab chiqish zarurati va ularni seriyali ravishda ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalari bilan almashtirish imkoniyati aniqlanadi. Standartlashtirilmagan o‘lchash vositalariga talablarni O`zDSt 8.011:2004 “O‘zbekiston respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarining metrologik attestatlash. Tashkil etish va o‘tkazish tartibi” belgilab beradi.
Ekspert shuningdek o‘lchash vositalarining qo‘llanilish shart-sharoitlarining o‘lchash shart-sharoitlariga mosligini tekshiradi. Tashqi ta’sir ko‘rsatuvchi kattaliklarning qiymatlari o‘lchash vositasiga berilgan hujjatlardagi qiymatlarning ishchi sohasining chegaralaridan tashqariga chiqmasligi lozim.
Hujjatlarda ko‘rsatilgan o‘lchash vositalari korxonada bo‘lishi lozim (yoki ularni sotib olish ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim). Ishlab chiqarishdan olib tashlangan yoki uni ishlab chiqarish masalasi hali hal bo‘lmagan o‘lchash vositasini qo‘llash uchun tavsiya qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Barcha qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari O`zDSt 8.003:2005 “O‘zbekiston respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini qiyoslash. Tashkil qilish va o‘tkazish tartibi”ga muvofiq qiyoslashidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
O‘lchash vositasini tanlashda etarli asoslar bo‘lmagan taqdirda o‘ta murakkab va o‘ta qimmat o‘lchash vositalarini tanlamaslik lozim. Masalan, hujjatlarda (2 0,5) V kuchlanishni nazorat qilishda V7-16A voltmetridan (raqamli indeksatsiyalash bilan) foydalanish ko‘rsatilgan. Tahlil qilish natijasida arzonroq va ekspluatatsiya qilishda oddiy bo‘lgan, talab qilinadigan o‘lchashlar aniqligini to‘liq ta’minlay oladigan VS-15 lampali voltmetrdan foydalanish mumkinligi aniqlangan.
Kuchlanishni ikkita nuqtada nazorat qilishda V7-16 voltmetri qo‘llanilgan, u bu nuqtalarga navbatma-navbat ulangan. Aniqlik bo‘yicha qo‘yilgan vazifaning talablariga javob bera oladigan, biroq ikkita kirishga ega bo‘lgan V7-21 voltmetri o‘lchashlar unumdorligini anchagina oshirishi mumkin.
O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan metrologik talablarni tahlil qilishda Davlatlararo standartlar ГОСТ 8.009-84 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarining me’yorlanadigan metrologik tavsiflari”, ГОСТ 8.401 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarining aniqlik klasslari. Umumiy qoidalar” kabi asos bo‘lib hisoblanadigan hujjatlarga tayanish lozim bo‘ladi. O‘lchash vositalariga metrologik talablarni o‘rnatadigan standartlar guruhiga shuningdek ГОСТ 8.251 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. Statistik tavsiflarning analizatorlari. Me’yorlanadigan metrologik tavsiflar”, ГОСТ 8.256 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. Analog o‘lchash vositalarini me’yorlash va ularning dinamik tavsiflarini aniqlash. Asosiy qoidalar” ham kiradi.
O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqishda faqatgina metrologik ko‘rsatkichlarni emas, balki boshqa ko‘rsatkichlar – samaradorlik, avtomatlashtirilganlik darajasi, boshqa o‘lchash va avtomatlashtirish vositalari bilan birlashtirish mumkinligi, ishonchlilik kabi ko‘rsatkichlarni ham hisobga olish lozim bo‘ladi. Bu talablar asbobsozlik standartlari tizimlarida, o‘lchash vositalariga qo‘yiladigan umumiy texnik talablarning standartlarida o‘rnatiladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling