Hujjatlarning ekspertizasi


O‘lchash vositalarining xatoliklarini ifodalash shakllari va ularni aniqlik sinflarini reglamentlashga qo‘yiladigan talablarni baholash


Download 1.11 Mb.
bet29/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

3.2.2. O‘lchash vositalarining xatoliklarini ifodalash shakllari va ularni aniqlik sinflarini reglamentlashga qo‘yiladigan talablarni baholash

Metrologik ekspertizining amaldagi mavjud o‘lchash vositalari bilan parametrlarni o‘lchash (nazorat qilish) imkoniyatini va hujjatlarda ularning tanlanishining to‘g‘riligini aniqlash kabi asosiy vazifalaridan biri o‘lchash vositalarining xatoliklari to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlar asosida hal qilinadi, ular o‘lchash vositalariga beriladigan me’yoriy-texnik hujjatlarda qiymatlarning yo‘l qo‘yiladigan chegaralari ko‘rinishida reglamentlanadi.


O‘lchash vositalariga metrologik xizmat ko‘rsatish qoidalari, talablari va me’yorlariga amal qilish ularning metrologik soz holatini kafolatlaydi, shunda o‘lchash vositasining xatoligi yo‘l qo‘yiladigan qiymatlarning o‘rnatilgan chegaralaridan tashqariga chiqmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, agar metrologiya xizmati organi tomonidan o‘lchash vositasini qo‘llashga ruxsat berilgan bo‘lsa, ya’ni o‘lchash vositasi belgilangan muddatda davlat sinovlari, attestatsiya va qiyoslashdan o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda uning real xatoligi yo‘l qo‘yiladigan eng chekka qiymatlardan oshmaydi.
O‘lchash vositalarining yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining chegaralariga bog‘liq ravishda ularning aniqligi bo‘yicha o‘lchash vositalarini ajratishning eng keng tarqalgan shakli ularga ishlab chiqish, ishlab chiqarish yoki qiyoslash (davlat sinovlaridan o‘tkazish) natijasida aniqlik klassini berish bo‘lib hisoblanadi. O‘lchash vositalarini sinflarga bo‘lishning umumiy qoidalari Davlatlararo standart O`zDSt 8.401-84 tomonidan reglamentlanadi.
Aniqlik sinfi – o‘lchash vositalarining umumlashtirilgan tavsifidir, u yo‘l qo‘yiladigan asosiy va qo‘shimcha xatoliklarning chegaralari, shuningdek o‘lchash vositalarining ularning aniqligiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa xususiyatlari bilan belgilanadi. O‘lchash vositalarining yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining chegaralari xatoliklarning o‘lchashlar diapazoni oraliqlarida o‘zgarish xarakteriga, shuningdek konkret o‘lchash vositasining mo‘ljallanishi va qo‘llanilish shart-sharoitlariga bog‘liq ravishda mutlaq (absolyut), nisbiy va keltirilgan xatolik shaklida ifodalanishi mumkin.
Yo‘l qo‘yiladigan absolyut xatolikning chegaralari – agar absolyut xatolikning chegaralari amalda o‘zgarmaydi deb taxmin qilinsa - formula bo‘yicha, agar absolyut xatolikning chegaralari amalda chiziqli tarzda o‘zgarsa - formula bo‘yicha aniqlanadi.
Yo‘l qo‘yiladigan keltirilgan asosiy xatolikning chegaralari (foyizlarda) formula bo‘yicha aniqlanadi. Xatolikni ifodalashning bunday shaklidan absolyut hatoligi o‘lchashlar diapazonida amalda o‘zgarmaydi deb taxmin qilish mumkin bo‘lgan o‘lchash vositalari uchun foydalaniladi.
Bir tekis, yoki amalda bir tekis, yoki darajali shkalaga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari, shuningdek o‘lchaydigan-qayta shakllantiradigan vositalar uchun ning me’yorlaydigan qiymatini agar kirish (chiqish) signalining nolli qiymati o‘lchashlar diapazonining chekkasida yoki tashqarisida bo‘lsa – o‘lchashlar chegaralarining eng kattasiga teng qilib, agar nolli qiymat o‘lchashlar diapazonining ichida bo‘lsa – o‘lchashlar chegaralarining eng katta moduliga teng qilib o‘rnatish lozim bo‘ladi.
Bir tekis, yoki amalda bir tekis, yoki darajali shkalaga ega bo‘lgan va nolli qiymati o‘lchashlar diapazonining ichida bo‘lgan elektr-o‘lchash priborlari uchun ning me’yorlaydigan qiymatini o‘lchashlar chegaralari modullarining yig‘indisiga teng qilib o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
Fizikaviy kattaliklarni o‘lchaydigan, ular uchun shartli nolli shkala qabul qilingan o‘lchash vositalari uchun ning me’yorlaydigan qiymati o‘lchashlar chegaralari farqining moduliga teng qilib o‘rnatiladi.
Anchagina notekis shkalali o‘lchash asboblari uchun me’yorlaydigan qiymat shkalaning butun uzunligiga yoki o‘lchashlar diapazoniga mos keladigan qismiga teng qilib o‘rnatiladi. Bunday holda absolyut xatolikning chegaralari xuddi shkalaning uzunligi kabi uzunlik birliklarida ifodalanadi.
Yo‘l qo‘yiladigan nisbiy asosiy xatolikning chegaralari (foyizlarda) agar nisbiy xatolikning chegaralari o‘lchashlar diapazoni oraliqlarida amalda o‘zgarmaydi deb taxmin qilinsa - formula bo‘yicha, agar absolyut xatoliklarning chegaralari chiziqli tarzda o‘zgarsa - formula bo‘yicha aniqlanadi. Bunda q, ,p, c, va d ning qiymatlari 1 ; 1 ; (1,6 ; 2 ; 2 ; (3 ; 4 ; 5 ; 6 sonlar qatoridan tanlanadi, bu erda n – 1; 0; -1; -2 va hokazo. Masalan ГОСТ 19876 “O‘lchaydigan raqamli doimiy tok ko‘priklari. Umumiy texnik shartlar” ga muvofiq yo‘l qo‘yiladigan asosiy nisbiy xatolikning chegarasi formula bilan ifodalanadi, bunda - o‘lchanadigan qarshilikning qiymati, - o‘lchash chegarasining eng katta qiymati, s va d - k qatordan tanlanadigan sonlar (k = 1, 2, 5; n = -1, -2, -3, -4). c va d ning o‘zaro nisbati c/d 2.
Yo‘l qo‘yiladigan qo‘shimcha xatoliklarning chegaralari quymdagi ko‘rinishlarda ko‘rsatiladi:

  • butun ishchi soha uchun ta’sir ko‘rsatuvchi kattalikning doimiy qiymati yoki ishchi sohaning intervallari (oraliqlari) bo‘yicha ta’sir ko‘rsatuvchi kattalikning doimiy qiymatlari;

  • ta’sir ko‘rsatuvchi kattalikning reglamentlangan intervalga mos keladigan yo‘l qo‘yiladigan qo‘shimcha xatolik chegarasining o‘sha intervalga nisbati;

  • yo‘l qo‘yiladigan qo‘shimcha xatolik chegarasining ta’sir ko‘rsatuvchi kattalikka bog‘lanishi (eng chekka ta’sir ko‘rsatish funksiyasi);

  • yo‘l qo‘yiladigan chetlashishlarning chegaralarining nominal ta’sir ko‘rsatish funksiyasiga bog‘lanishi.

Yo‘l qo‘yiladigan qo‘shimcha xatolikning chegaralari va yo‘l qo‘yiladigan beqarorlik chegaralari, masalan, normal elementlar uchun, yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolik chegarasining ulushli (karrali) qiymati ko‘rinishida o‘rnatiladi.
Chiqish signalining yo‘l qo‘yiladigan variatsiyalanish (o‘zgarish) chegarasi yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolik chegarasining ulushli (karrali) qiymati yoki shkalaning bo‘linish qiymati ko‘rinishida ko‘rsatiladi.
Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarning sonli qiymatlari ikkitadan oshiq bo‘lmagan son bilan ifodalangan bo‘lishi lozim, bunda chegaralarni hisoblashda yaxlitlash xatoligi 5% dan oshmasligi lozim.
Xuddi o‘sha bitta ko‘rsatkichning o‘zi uchun konkret turdagi o‘lchash vositasi uchun yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolikning beshtadan oshiq bo‘lmagan turlicha chegaralari o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ularning yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining chegaralarini absolyut xatoliklar ko‘rinishida ifodalash qabul qilingan o‘lchash vositalari uchun aniqlik klasslari tartib raqamlari yoki lotin alfavitining harflari bilan belgilanishi lozim.
Ularning yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoligining chegaralari keltirilgan xatolik ( ) yoki nisbiy xatolik ( ) ko‘rinishida ifodalangan o‘lchash vositalari uchun aniqlik klassi foyizlarda ifodalangan ushbu chegaralarga teng bo‘lgan sonlar bilan belgilanishi lozim.
Ularning yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoligining chegaralarini nisbiy xatolik ( ) ko‘rinishida ifodalash qabul qilingan o‘lchash vositalari uchun aniqlik sinflarini ularni qiyshiq chiziq bilan ajratish bilan s va d sonlar bilan ifodalash lozim.
Hujjatlar va o‘lchash vositalarida aniqlik sinflarini tuzish va belgilashga misollar 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1- jadval

Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarning chegaralarini ifodalash shakli

Yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolikning chegaralarini o‘rnatish usuli

Aniqlik sinflarini belgilash usuli

Aniqlik sinfining belgilanishi

hujjatlarda

o‘lchash vositalarida

Keltirilgan xatolik

o‘lchash vositasining kirishida (chiqishida) o‘lchanadigan kattalikning birliklarida ifodalangan

r qatordan sonlar

Aniqlik sinfi 1,5

1,5
















shkalaning yoki uning bir qismining uzunligiga teng deb qabul qilingan

Aniqlik sinfi 0,5

0,5
˅
















Nisbiy xatolik
Absolyut xatolik



q qatordan sonlar

Aniqlik sinfi 0,2








c va d qatordan sonlar

A
3.1 – jadval davomi
niqlik sinfi 0,02/0,01


0,02/0,01






Aniqlik sinfi S

S









Aniqlik sinfi II

II



















O‘lchash vositalarining yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining chegaralarini o‘rnatish usullari va ular bo‘yicha aniqlik sinflarini reglamentlashni ko‘rib chiqishda shuni hisobga olish zarurki, nisbiy xatolik bo‘yicha o‘rnatilgan aniqlik sinfi o‘lchashlar diapazonining oxirida o‘lchash vositasining me’yorlanadigan nisbiy xatoligining minimal qiymatini va o‘lchashlar diapazonining boshida uning maksimal qiymatini kafolatlaydi, ya’ni me’yorlangan nisbiy xatolik o‘lchanadigan kattalikning qiymatiga teskari proporsional ravishda o‘zgaradi, nolli qiymatlarning yaqinida esa u cheksizlikka qarab intiladi.
nisbiy xatolik bo‘yicha o‘rnatilgan aniqlik sinfini reglamentlashda o‘lchash vositasining absolyut xatoligi o‘lchanadigan kattalikning o‘zgarishiga to‘g‘ri proporsional ravishda o‘zgaradi. Keltirilgan xatolik bo‘yicha o‘lchash vositasining aniqlik klassini reglamentlashda va bo‘lgan holatlar uchun nisbiy xatolik faqatgina x=x da keltirilgan xatolikka teng bo‘ladi va o‘lchanadigan kattalik kamayishi bilan o‘lchanadigan kattalikning nolli qiymatlari sohasida cheksizlikka yaqinlashish bilan ortadi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling