Hujjatlarning ekspertizasi
O‘lchash vositalarini qo‘llash mumkinligini tekshirish
Download 1.11 Mb.
|
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)
O‘lchash vositalarini qo‘llash mumkinligini tekshirish
Texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazishda o‘lchash vositasini qo‘llashning to‘g‘riligini tekshirish muhim bo‘ladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat sinovlari yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan va o‘z vaqtida qiyoslangan o‘lchash vositalari qonuniy o‘lchash vositalari deb hisoblanadi. O‘lchash vositalarini sinovlaridan o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar quyidagilar bilan reglamentlangan: O`zDSt 8.009:2004 “O‘zbekiston Respublikasining O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash. Tashkil etish va o‘tkazish tartibi”; O`zDSt 8.007:2002 “O‘zbekiston Respublikasining O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini qonuniy talablarga muvofiqligini tasdiqlash”; MI 1314-86. Uslubiy ko‘rsatmalar. O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini ishlab chiqishga texnik topshiriqlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish tartibi. O‘lchash vositalarini sinovlaridan o‘tkazish butun mamlakatda o‘lchashlarning birxilliligini ta’minlash, o‘lchash vositalarining ratsional nomenklaturasi va ulardan samarali foydalanishni aniqlash, o‘zining texnik darajasi va sifati bo‘yicha mamlakatdagi va xorijdagi eng yaxshi namunalarga mos keladigan o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda quyidagi vazifalar hal qilinadi: o‘lchash vositasining zamonaviy texnik darajaga mosligi aniqlanadi; mamlakatda o‘lchash vositasini ishlab chiqarish imkoniyati va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularni xorijdan partiyalar bilan olib kelish zarurati aniqlanadi; o‘lchash vositalarining qiyoslash uslubiyatlari, vositalari va ta’mirlash bilan ta’minlanganligi, shuningdek qiyoslash uslubiyatini tanlashning to‘g‘riligi tekshiriladi; ishlab chiqariladigan va xorijdan keltiriladigan ishlab chiqarish vositalarining me’yoriy-texnik hujjatlarning talablariga mosligi tekshiriladi. O‘lchash vositalariga metrologik xizmat ko‘rsatish masalasi ayniqsa standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda muhim bo‘ladi. Standartlashtirilmagan o‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablar O`zDSt 8.011:2004 “O‘zbekiston Respublikasining O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash. Tashkil etish va o‘tkazish tartibi”. Bu standart tarmoq uchun spetsifik bo‘lgan, ilmiy tadqiqot ishlari, tajriba-konstruktorlik ishlari va texnologik ishlarni bajarishda, texnologik jarayonlarning parametrlarini nazorat qilishda, mahsulotning sifatini baholashda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablarni o‘rnatadi. Bunday o‘lchash vositalari yagona nusxada yoki unchalik katta bo‘lmagan bir martalik partiyalar bilan ishlab chiqariladi. Ekspert metrolog avvalambor hujjatlarda ko‘rsatilgan standartlashti-rilmagan o‘lchash vositasini ishlab chiqish (yoki qo‘llash) zaruratini va uni seriyali tarzda ishlab chiqariladigan o‘lchash vositasi bilan almashtirish mumkinligini tahlil qiladi. Ba’zi bir hollarda konstruksiyani ozgina o‘zgartirish yoki yo‘l qo‘yilishlar diapazonini ozgina kengaytirish standart o‘lchash vositasini qo‘llash imkonini beradi. Agar bunday almashtirishning iloji bo‘lmasa yoki bunday almashtirish maqsadga muvofiq kelmasa, u holda ekspert mahsulot ishlab chiqariladigan paytga borib standartlashtirilmagan o‘lchash vositasi ishonchli o‘lchov ma’lumotlarini berishiga, ya’ni qo‘llash uchun yaroqli bo‘lishiga ishonch hosil qilishi lozim. Bu vazifani hal qilishga quyidagilar bilan erishiladi: standartlashtirilmagan o‘lchash vositasini ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriqni metrologiya xizmati bilan kelishish; ishlab chiqiladigan o‘lchash vositalarining konstruktorlik va texnologik hujjatlarini metrologik ekspertizadan o‘tkazish; standartlashtirilmagan o‘lchash vositasiga me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va uni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, qiyoslash, ta’mirlash va metrologik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan vositalarni tayyorlash; standartlashtirilmagan o‘lchash vositasini metrologik attestatsiyadan va qiyoslashdan o‘tkazish; standartlashtirilmagan o‘lchash vositasining qo‘llanilishi va holati ustidan davlat nazorati va idoraviy nazoratni amalga oshirish. Metrologiya xizmati bilan kelishilgan standartlashtirilmagan o‘lchash vositasini ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriq ishlanmaning texnik-iqtisodiy asoslanganligini ta’minlashi lozim, priborsozlik sanoati tomonidan ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalarini qo‘llash mumkin bo‘lgan hollarda standartlashtirilmagan o‘lchash vositasini qo‘llamaslik lozim. Ishlab chiqiladigan standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarining konstruktorlik va texnologik hujjatlarini metrologik ekspertizadan o‘tkazishda MИ 2267-93 “O‘lchashlarni birliligini ta’minlash Davlat tizimi. Texnologik jarayonlarni boshqarishda o‘lchashlarni samaligini ta’minlash. Texnikaviy hujjatlarni metrologik ekspertizasi”da ifodalangan vazifalarga qo‘shimcha ravishda ishlab chiqilgan, tayyorlash va ekspluatatsiya qilishda nazoratga tortilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari to‘g‘risida ko‘rsatmalar, ularni metrologik attestatsiya va qiyoslashdan o‘tkazish uslublari va vositalari to‘g‘risida ko‘rsatmalarning borligi va etarliligi aniqlanadi. Amaldagi uslubiyatlar va namunaviy o‘lchash vositalarini qo‘llashning iloji bo‘lmagan hollarda yangi qiyoslash uslubiyati, shuningdek tayyorlanishi lozim bo‘lgan namunaviy o‘lchash vositalariga konstruktorlik-texnologik hujjatlar ishlab chiqilishi lozim. Metrologik ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ishlar tarmoqdagi me’yoriy-texnik hujjatlardan kelib chiqqan holda, metrologiya ilmiy-tekshirish institutlarining uslubiy hujjatlarini, jumladan, MИ 1314-86 “Metodik ko‘rsatmalar. O‘lchashlarni birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarni ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriqlarni metrologik ekspertizasi”ni hisobga olish bilan bajariladi. Ba’zi bir hollarda, eng oddiy standartlashtirilmagan o‘lchash vositasini ishlab chiqish zarur bo‘lganda texnik topshiriqni metrologik ekspertiza o‘tkazmasdan tasdiqlashga yo‘l qo‘yiladi (buyurtmachi bilan kelishgan holda). Standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarini qo‘llashga faqatgina metrologik attestatsiya (ularning metrologik xususiyatlarini tadqiq qilish) o‘tkazilgandan keyin ruxsat beriladi. Metrologik attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida standartlashtirilmagan o‘lchash vositasining texnik topshiriqning talablariga, tashkilot standarti va O‘lchashlarning birliligini ta’minlash Davlat tizimining standartlariga mosligi, ularning qo‘llash uchun yaroqliligi aniqlanadi, shuningdek qiyoslash uslubiyatini sinovdan o‘tkazish amalga oshiriladi, qiyoslashlararo interval belgilanadi va standartlashtiril magan o‘lchash vositasini ekspluatatsiya qilish jarayonida qiyoslash uslubiyati tasdiqlanadi. Har bir o‘lchash vositasining metrologik attestatsiyasi individual tartibda o‘tkaziladi va uning yaroqliligi to‘g‘risida mos keluvchi hujjat (belgilangan shakldagi shahodatnoma) beriladi. Bunday tadqiqotlar yangi ishlab chiqilgan standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarini attestatsiyadan o‘tkazishdan tashqari boshqa hollarda ham, masalan, seriyali ravishda ishlab chiqariladigan o‘lchash vositasining alohida nusxasining konstruksiyasiga o‘zgarishlar kiritilganda, o‘lchash vositasini ekspluatatsiya qilish shart-sharoitlari reglamentlangan shart-sharoitlardan farq qilganda, davlat sinovlariga tortilmaydigan import qilingan o‘lchash vositalarini ekspluatatsiyaga kiritishda ham o‘tkazilishi lozim. Chet eldan olib kelinadigan o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazadigan tashkilotlar, vazirliklar va idoralarni o‘lchash vositalarini import qilishga talabnomalari asosida “O‘zstandart” Agentligi tomonidan belgilanadi. O‘lchash vositalarining etalonlar va namunaviy o‘lchash vositalari kabi toifasiga qo‘yiladigan talablar, shuningdek birlik o‘lchamlarini etalondan barcha qo‘llaniladigan o‘lchash vositalariga uzatishga qo‘yiladigan talablar quyidagilarda ifodalangan: O`zDSt 8.013-94 “O‘z.R. O‘lchashlarni birliligini ta’minlash Davlat tizimi. Fizikaviy kattaliklar birliklarining etalonlari. Asosiy qoidalar”; O`zDSt 8.014:2002 “O‘z.R. O‘lchashlarni birliligini ta’minlash Davlat tizimi. Fizikaviy kattaliklar birliklarining etalonlari. Ishlab chiqarish, tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash va qo‘llash tartibi”; Davlatlararo standart GOST 8.381-2009 “O‘lchashlarni birliligini ta’minlash Davlat tizimi. Etalonlar. Xatoliklarni ifodalash usullari”; Davlatlararo standart GOST 8.061-80 “O‘lchashlarni birliligini ta’minlash Davlat tizimi. Qiyoslash sxemalari. Mazmuni va tuzilishi”; O‘z.R.RH.51-029-94 “O‘z.R. O‘lchashlarni birliligini ta’minlash Davlat tizimi. Qiyoslash uslubiyatlari va vositalarining me’yoriy hujjatlariga qo‘yiladigan talablar”. Ushbu hujjatlar asosida qiyoslash sxemalari, shuningdek ular asosida o‘lchash vositalarini qiyoslash amalga oshiriladigan me’yoriy-texnik hujjatlar (metrologiya institutlarining uslubiy ko‘rsatmalari, seriyali ravishda ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha texnik tavsiflar yoki yo‘riqnomalarning bo‘limlari, standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar) ishlab chiqiladi. Metrolog ekspertga bu hujjatlarni bilish ishlab chiqiladigan o‘lchash vositalariga berilgan hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish paytida zarur bo‘ladi. Ular yordamida ishlab chiqiladigan o‘lchash vositasining aniqligini amaldagi o‘lchash vositasining namunalari va etalonlarining aniqligi bilan taqqoslash, ishlab chiqilayotgan o‘lchash vositasini qiyoslash sxemasiga kiritish imkoniyatigni baholash, ishlab chiqiladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatining tuzilishi va ifodalanishining to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish mumkin. Ishlab chiquvchi tomonidan tanlangan o‘lchash vositalarining nomenklaturasini baholashda ekspluatatsiya qilish va saqlash sharoitlarida o‘lchash vositalarining holatini nazorat qilishni reglamentlaydigan O`zDSt 8.008:2005 “O‘z.R. O‘lchashlarni birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy qoidalar”ning talablarini hisobga olish lozim bo‘ladi. Davlat metrologiya xizmatlarida ham, idoraviy metrologiya xizmatlarida ham o‘lchash vositalarini qiyoslashga faqatgina namunaviy o‘lchash vositalari, qiyoslashga berilgan tasdiqlangan me’yoriy-texnik hujjatlar, metrologik ishlarni o‘tkazish uchun yaroqli bo‘lgan xonalar, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va qiyoslashni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar bor bo‘lganda ruxsat beriladi. Qiyoslash – bu fizikaviy kattaliklar birliklarining o‘lchamlarini o‘lchash vositalariga uzatishda bajariladigan asosiy metrologik operatsiya. Qiyoslash bir paytning o‘zida nazorat qilish funksiyalarini ham bajaradi – navbatdagi qiyoslashlararo intervalda o‘lchash vositasini qo‘llashga faqatgina qiyoslash paytida o‘lchash vositalarining ularga qo‘yiladigan talablarga mosligi aniqlangan taqdirda ruxsat beriladi. Qiyoslash hajmi nazorat qilinadigan metrologik tavsiflarning soni, o‘lchashlar diapazonida qiyoslanadigan nuqtalarning soni va har bir qiyoslanadigan nuqtada o‘tkaziladigan o‘lchashlar soniga bog‘liq bo‘ladi. Qiyoslanadigan nuqtalar soni metrologik tavsiflarning o‘zgarish xarakteri bilan belgilanadi. Shkalali o‘lchash priborlarini qiyoslashda, qoidaga ko‘ra, shkalaning barcha belgilarida xatolik nazorat qilinadi. O‘lchashlar diapazonda ularda xatolik aniqlanadigan nuqtalar sonini aniqlashda o‘lchash vositasining harakat tamoyili va konstruksiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim bo‘ladi. O‘lchash vositalarining o‘lchashlar diapazonining har bir qiyoslanadigan nuqtasida yo‘l qo‘yiladigan o‘lchashlar soni tasodifiy tarkib toptiruvchining mumkin bo‘lgan qiymati bilan belgilanadi. Qiyoslash uslubiyatini ishlab chiqishda uning namunaviy o‘lchash vositasining xatoliklari va qiyoslash uslubiyatlarining xatoliklari bilan shartlanadigan yo‘l qo‘yiladigan xatoligini aniqlash lozim bo‘ladi. Bu juda muhim bo‘lib hisoblanadi, chunki qiyoslash xatoliklari tufayli ikkita turdagi xatolar sodir bo‘lishi mumkin; xatoliklari yo‘l qo‘yiladigan chegaralardan tashqariga chiqadigan o‘lchash vositasini qo‘llashga yaroqli deb topish (aniqlanmagan yaroqsizlik), xatoliklari yo‘l qo‘yiladigan chegaralarning ichida yotadigan o‘lchash vositasini qo‘llashga yaroqsiz deb topish (soxta yaroqsizlik). Birinchi turdagi xatoning bo‘lishi shunisi bilan xavfli sanaladiki, xatoligi yo‘l qo‘yiladigan qiymatdan oshiq bo‘lgan o‘lchash vositalaridan foydalaniladi va o‘lchashlarning talab qilinadigan aniqligi va ishonchliligi ta’minlanmaydi. Soxta yaroqsizlik shunisi bilan xavfli sanaladiki, qo‘llash uchun yaroqli bo‘lgan o‘lchash vositalarini ta’mirlashga, rostlashga va qayta qiyoslashga qo‘shimcha xarajatlar qilinishiga olib keladi. Qiyoslashning yo‘l qo‘yiladigan xatoligini o‘rnatish, shuningdek aniqlik bo‘yicha namunaviy o‘lchash vositasini tanlash MИ 188-86 “Metodik ko‘rsatmalar. O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarining qiyoslash uslubiyatlari parametrlarining qiymatlarini o‘rnatish” bilan reglamentlanadi (boshlang‘ich ma’lumotlar sifatida qiyoslashning MИ 187-86 “Metodik ko‘rsatmalar. O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarining qiyoslash uslubiyatlarini ishonchliligi va ularga qo‘yiladigan talablar”da ko‘rib chiqilgan ishonchlilik kriteriylaridan foydalaniladi). Qiyoslash faoliyatida eng muhim vazifalardan biri – optimal qiyoslashlararo intervalni aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Bu intervalni oshirish qiyoslashga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi, biroq yo‘l qo‘yiladigan xatolikdan oshiq xatolikka ega bo‘lgan o‘lchash vositalarining qo‘llanilish xavfini oshiradi. Qiyoslashlararo intervallarni optimallashtirish vazifasi nazorat qilinadigan metrologik tavsiflarning qiymatlarining yo‘l qo‘yiladigan chegaralardan tashqariga chiqmasligining maksimal yo‘l qo‘yiladigan ehtimoli bilan o‘lchash vositasini qiyoslashga ketadigan xarajatlarni minimallashtirish sifatida shakllantiriladi. Qiyoslashlararo intervalni o‘rnatishda texnik-ehtimolli va iqtisodiy kriteriylardan foydalaniladi, biroq buning uchun ko‘p sonli statistik ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur bo‘ladi. Ko‘pincha qiyoslashlararo intervalni o‘rnatish uchun berilgan o‘lchash vositasining analoglariga murojaat qilish tavsiya qilinadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling