Hujjatlarning ekspertizasi


Chizmalarning metrologik ekspertizasi


Download 1.11 Mb.
bet47/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

4.3. Chizmalarning metrologik ekspertizasi
Detallar chizmalarining, yig‘ish, montaj qilish va gabarit chizmalarining metrologik ekspertizasining asosiy maqsadi – bu nazorat qilish uchun zaruriy bo‘lgan o‘lchamlarning, yo‘l qo‘yiladigan joizliklarni va mahsulotning sifatini tekshirish uchun zarur bo‘ladigan boshqa talablarning borligini, ularning nazoratni o‘tkazish uchun yaroqliligini tekshirishdan iborat.
Texnologik va o‘lchash bazalarini konstruktiv bazalar bilan maksimal darajada birlashtirishni ta’minlash, ya’ni bazalarning birligi prinsipining (tamoyilining) bajarilishi, shuningdek o‘lchash bazalarini tanlashga bog‘liq ravishda o‘lchamlarni qo‘yishning to‘g‘riligi baholanadi.
Chizmalarin ekspertizadan o‘tkazishning asosiy vazifalaridan biri - aniqlik me’yorlarining nazoratni o‘tkazish uchun yaroqliligini tekshirish hisoblanadi.
Shakldan chetlashish va yuzalarning joylashishidan chetlashish o‘lchamlariga ruxsat beriladigan joizliklar va yuzalarning g‘adir-budurliklariga nisbatan qo‘yiladigan talablarning o‘zaro muvofiqligi tekshiriladi. Yuzaning g‘adir-budurligi shakldan chetlashish o‘lchamlari va yuzalarning joylashishidan chetlashish o‘lchamlaridan alohida me’yorlashtiriladi va nazorat qilinadi. Shu bilan bir paytning o‘zida yuzaning g‘adir-budurligini makrogeometrik chetlashishga ruxsat beriladigan yo‘l qo‘yilishlar bilan birgalikda ko‘rsatish tavsiya qilinadi, chunki mahsulotni yig‘ish va ekspluatatsiya qilish jarayonida yuzaning g‘adir-budurligi eyilish yoki yuklama ta’siri ostida ezilish oqibatida qo‘shimcha makrogeometrik chetlashishlarga olib keladi.
Ekspertizani o‘tkazishda shuni hisobga olish lozimki, zarur bo‘lgan hollarda yuzaning g‘adir-budurligini qat’iyroq bo‘lgan talablar bilan cheklashga yo‘l qo‘yiladi.
Chizmalar metrologik ekspertizasini o‘tkazish tajriba tahlili shuni ko‘rsatadiki, konstruktorlarning noto‘g‘ri tuzilgan loyihalari evaziga kuyidagilar yuzaga kelishi mumkin:

  • asosan konstruksiya hamda joizliklarning noto‘g‘ri ko‘rsatilganligidan kelib chiqadigan detal va buyumlarni nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi. Alohida hollarda buning imkoni bo‘lishi mumkin, lekin buning uchun qimmatbaho qlchash vositalarini sotib olish yoki yangilarini ishlab chiqish talab qilinadi;

  • o‘lchash bazasining noto‘g‘ri tanlanishi;

  • o‘lcham, shakl, yuzalarning joylashuvidagi joizliklari hamda g‘adir-budur yuzalarga talablar orasidagi nomuvofiqlik keltirishi mumkin.

Ekspert-metrologning vazifalariga chizmada shartli belgilarning to‘g‘riligini tekshirish kirmaydi, lekin davlat standartlarining talablarini, reglamentlovchi qoidalarni bilishi zarur (masalan, ГОСТ 2.308-79 talablari bo‘yicha shakllarning va yuzalarning joylashishi, joizliklarini o‘rnatish qoidalari yoki ГОСТ 2.309-73 bo‘yicha yuzalarni g‘adir-budurligini belgilash qoidalari).
Detal chizmasining metrologik ekspertizasini ko‘rib chiqamiz.
Detal - yig‘ish operatsiyalarsiz yasalgan buyum bo‘lib, uning chizmasida detalni tasviri, uni yasash va nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi.
Detal chizmasining metrologik ekspertizasini quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir:

  1. Dastavval, chizmada aniqlik me’yorlarining matnli yozuvlari bor bo‘lsa, ularning terminologiyasi (atama va ta’riflari) tekshiriladi. Asosiy e’tibor shakllarning va yuzalarning joylashish joizliklariga, qo‘yilgan talablarning to‘g‘ri yozilganligiga qaratiladi. Masalan, “noparrallel”, “nosilindr” kabi atamalar qo‘llanilib kelmoqda, vaholanki ГОСТ 24642-81da bu atamalar o‘rniga quyidagi “parallellikdan og‘ish”, “silindrlilikdan og‘ish”, “aylana joizligi” va hokazolar belgilab qo‘yilgan.

Alohida hollarda chizmalarning texnik talablarida nafaqat terminologik xatoliklar, balki ma’no jihatdan ham xatolar uchraydi. Masalan: B va V yuzalarning G yuzaga noparallelligi nisbati 0,01 mm dan ko‘p emas (4.1-rasm), yoki A ning o‘lchamini (chegaraviy uzunlik o‘lchovlari bloki) noparrallelligi detalning barcha uzunlida 0,025 mm bo‘lishi kerak. (4.2-rasm).







4.1-rasm. B va V yuzalarning G yuzaga nisbatan parallelikdan og‘ishi



4.2-rasm. Chegaraviy uzunlik o‘lchovlar blokining A o‘lchami



Demak, terminologik xatoliklar mavjud bo‘lganda talabning haqiqiy ma’nosini tushunish zarur.

  1. Chizmada joizliklar bilan chegaralangan o‘lchamlar aniqlanadi, o‘lchash bazalarini tanlanishini hisobga olib, ularni nazorat qilish zaruriyati va imkoniyatlari aniqlanadi, shuningdek konstruksiyani nazoratga yaroqliligi belgilanadi. Chizmalardagi joizliklar va tavsiya qilinuvchi posadkalar ГОСТ 25346 va ГОСТ 25347 larga muvofiq bo‘lishi kerak.

Nazoratga yaroqlilik deganda, o‘lchash vositasining o‘lchash yuzalarini nazorat qilinuvchi yuzalar bilan kontaktini amalga oshirish hamda vositalarning va o‘lchash Ob’yektining barcha nisbiy siljishlarini bajarilishini (kontaktli usullarda) imkoniyatlari tushuniladi. O‘lchashlarning kontaktsiz usullari – bu nazorat qilinuvchi yuzaning berilgan kesimini proeksiyalangan tasvirini olish imkoniyatidir. Ekspert berilgan aniqlik me’yorlarda nazorat qilish imkoniyati yo‘q bo‘lgan, yoki juda qiyin bo‘lgan, yoki yuqori malakali operatorlarni jalb qilinishini talab qiladigan, yoki yangi standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarini ishlab chiqishni talab qiladigan parametrlarni aniqlaydi.
Masalan: V yuza o‘qining va uning radiusi koordinatalarini nazoratini qaraylik. (rasm 4.3.)



4.3-rasm. V yuza o‘qining va uning radiusi koordinatalarini nazorati.


Bu nazorat bo‘sh joizliklari borligiga qaramasdan, ortiqcha mexnat talab qiladi va universal o‘lchash mikroskopini qo‘llashni yoki koordinatali o‘lchash mashinalarini hamda yuqori malakali operatorlarni jalb qilishni taqozo etadi. Bunday hollarda zaruriy aniqlikni texnologik jihatdan ta’minlash maqsadga muvofiqdir.



  1. O‘lcham, shakl, yuzalarning joylashish hamda g‘adir – budurligiga qo‘yilgan talablarning o‘zaro bog‘lanishi tekshiriladi. Chizmalardagi o‘lchamlar-ning hamda og‘ish chegaralarning belgilanish qoidalari ГОСТ 2.307 ga mos ravishda o‘rnatiladi. Shakllarning va yuzalarning joylashish joizliklarining zaruriy belgilari 4.1-jadvalda ko‘rsatilgandek belgilanadi.

4.1 - jadval



Joizliklar guruxi

Joizliklar turi

Belgisi

SHakllarning joizligi

To‘g‘ri chiziqlikning joizligi






Tekislikning joizligi






Aylanalikning joizligi






Silindrlilik joizligi






Profilning bo‘ylama kesim joizligi






Joylashish joizliklari

Parallellik joizligi









Perpendikulyarlik joizligi






Qiyalik joizligi






O‘qlarni bir biriga parallelligi
joizligi








Simmetriklik joizligi




Pozitsion joizlik






O‘qlarning kesishganligi joizligi




Radial tebranish joizligi, yon tomondan tebranish joizligi,
Berilgan yo‘nalishdagi tebranish joizligi






Shakl va joylashishning yig‘ma joizliklari

Butun radial tebranish joizligi,
butun yon tomondan tebranish joizligi,








berilgan profil shaklining joiz-ligi, berilgan yuza shaklining joizligi







  1. O‘lchamlar, shakklar va joylashish tartibini o‘zaro bog‘langanligi tekshiriladi. Chizmalarda o‘lchamlarni va chegaraviy og‘ishlari belgilash talablari davlatlararo ГОСТ 2.307 bilan reglamentlangan.

  2. Yuzalarni g‘adir-budurligiga qo‘yilgan talablar va joizliklarni o‘zaro bog‘lanishi tekshiriladi.

  3. Yuzalar shakllari va o‘zaro joylashish joizliklarining nazorat qilish imkoniyatlari tekshiriladi.




Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling