Hujjatlarning ekspertizasi
Download 1.11 Mb.
|
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik hujjatlarning spetsifikatsiyasi
Eskizlar kartasi - detallarni tayyorlashning texnologik jarayonini yoki jarayonni bajarish uchun zarur bo‘ladigan eskizlarni, sxemalarni va jadvallarni o‘z ichiga oladigan hujjatdir.
Jihozlar vedomostlari - mazkur texnologik jarayonni bajarish uchun zarur bo‘ladigan texnologik jihozlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladigan hujjatdir. Texnologik hujjatlarning spetsifikatsiyasi - texnologik hujjatlarning tarkibini belgilovchi hujjatdir. Texnologik hujjatlarning spetsifikatsiyasi - texnologik hujjatlarning tarkibini belgilovchi hujjatdir. Texnologik jarayonning, tiplashgan texnologik jarayonning kartalari - operatsiyalar va o‘tishlarni ko‘rsatish bilan texnologik ketma-ketlikda detallar guruhining tayyorlanishining tiplashgan texnologik jarayonining tasvirlanishini va texnologik jihozlar vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan hujjatdir. Aniqlik me’yorlarining metrologik nazoratida quyidagilar tekshirilishi lozim: yuzalarning shakl va joylashishdan chetlashishining o‘lchamlariga va yuzalarning g‘adir-budurliklariga ruxsat beriladigan yo‘l qo‘yilishlarning o‘zaro muvofiqligi; ularning nazoratni o‘tkazish uchun yaroqliligi (detalni stanokdan ajratib olish yoki ajratib olmasdan tekshirish sharoitlarini hisobga olish lozim bo‘ladi). Nazorat uslublarining metrologik ekspertizasida ularning to‘g‘riligi va etarliligi, bu uslublar unumdorligining texnologik jarayon unumdorligiga mos kelishi tekshiriladi. Bunda birinchi navbatda o‘lchash vositalarining ularning aniqligi bo‘yicha to‘g‘riligi, shuningdek mahsulotda o‘lchash bazalarining mavjudligi va nazorat qilinuvchi yuzalarni o‘lchash imkoniyatlari borligi tekshiriladi. Ekspertiza jarayonida shuningdek tanlangan nazorat uslubining tejamkorligi aniqlanadi. O‘lchash vositalari to‘g‘ri tanlanganligini nazorat qilishda nazoratning mos keluvchi tashkiliy-texnik formalari (hammasi yoki tanlanma, qo‘lda yoki mexanizatsiyalashgan), ishlab chiqarish ko‘lamlari (yagona, seriyali), o‘lchash detallarining konstruktiv xarakteristikalari (gabarit o‘lchamlar, og‘irlik), detallarning tayyorlanish aniqligi hisobga olinadi. Zaruriy aniqlikni ta’minlaydigan o‘lchash vositalari va o‘lchash shart-sharoitlarini tanlash tayyorlangan detal o‘lchamlari va boshqa parametrlarining chizma talablariga muvofiqligini aniqlashda juda muhimdir. O‘lchash vositasini tanlash uchun standart bo‘yicha yo‘l quyiladigan xatolik va ko‘rib chiqilayotgan o‘lchash vositasi o‘lchashlarining yo‘l qo‘yiladigan eng chekka xatoligi (u ruxsat beriladigan yo‘l qo‘yilishdan oshiq bo‘lmasligi lozim) taqqoslanadi. Texnologik hujjatlarning alohida turlarini ekspertizasida quyidagilar tekshiriladi: marshrut kartasida – aniqlik me’yorlarining nazoratni o‘tkazish uchun yaroqliligi, ularning to‘g‘riligi va etarliligi, tanlangan nazorat uslubi ifodalanishining to‘liqligi va tejamkorligi, atamalarning, fizikaviy kattaliklarning nomlanishi va ularning belgilanishining to‘g‘riligi; eskizlar kartasida -o‘lchamlar, mahsulotga yo‘l qo‘yiladigan eng chekka chetlashishlar, yo‘l qo‘yilishlarning o‘zaro muvofiqligi; jihozlar vedomostlarida – o‘lchash vositalarini belgilashlarning to‘g‘riligi, ular mos keluvchi me’yoriy-texnik hujjatlarda aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; texnologik hujjatlarning spetsifikatsiyasida – eksperimental jarayonlarga texnologik yo‘riqnomalarning borligi, tasvirlanishning to‘liqligi, ular marshrut kartalaridan boshqa texnologik hujjatlarda nazorat uslublari tasvirlanishining to‘liqligiga mos kelmasligi mumkin; - texnologik jarayonning, tiplashgan texnologik jarayonning kartalarida - yo‘l qo‘yilishlarning o‘zaro bog‘lanishi va aniqlik me’yorlarining nazoratni o‘tkazish uchun yaroqliligi, tasvirlanishning to‘g‘riligi, etarliligi, to‘liqligi va aniqligi, tanlangan nazorat uslubining tejamkorligi. Hujjatda grafik qism bo‘lganda shakldan chetlashish va yuzalarning joylashishidan chetlashish o‘lchamlariga ruxsat beriladigan yo‘l qo‘yilishlar va yuzalarning g‘adir-budurliklariga nisbatan qo‘yiladishgan talablar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik aniqlanadi. Belgilangan aniqlik me’yorlarining nazoratni o‘tkazish uchun yaroqliligini tekshiriladi. Nazorat uslublarining yetarliligi va to‘g‘riligini tekshirishda, detallarni stanokdan ajratib olmasdan turib o‘lchashlarni bajarish imkoniyatini, detalni o‘lchashdan oldin doimiy haroratda (temperaturada) saqlash imkoniyatini hisobga olish lozim. Agar nazorat qilishning bilvosita uslublari ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda bu uslubning etarliligi va ishonchliligini tasdiqlaydigan hisob-kitoblarning borligi va to‘g‘riligi tekshiriladi. Nazoratning tanlangan uslublari unumdorlik bo‘yicha texnologik jarayonning unumdorligiga mos kelishi lozim. Nazoratning tasvirlanish aniqligiga va to‘liqligiga alohida e’tibor qaratiladi. Agar texnologik hujjatning xarakteriga ko‘ra nazorat qilishning qandaydir bir operatsiyasining tasvirlanishini to‘liq berish imkoniyati bo‘lmasa, u holda bu operatsiyaga texnik nazoratning operatsion kartasi yoki texnologik yo‘riqnoma tuziladi, bu hujjatlar texnologik hujjatlar vedomostiga albatta kiritilishi lozim. Texnologik hujjatlarni tekshirishda o‘lchash shart-sharoitlariga nisbatan qo‘yiladigan talablarning borligi va etarliligiga e’tibor qaratiladi. Aksariyat hollarda o‘lchash shart-sharoitlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar uchastka (laboratoriya yoki o‘lchashlar bajariladigan boshqa xonalar) nomerini ko‘rsatish bilan beriladi. Hujjatlarda uchastkaga nisbatan qo‘yiladigan talablar bo‘lmaganda, ular bevosita tehnologik hujjatlarda berilgan bo‘lishi lozim. Barcha yoki bir nechta parametrlar uchun umumiy bo‘lgan talablarni umumiy qismga olib chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Qoidaga ko‘ra hujjatlarda ayni paytda sanoatda ishlab chiqarilayotgan o‘lchash vositalari ko‘rsatilishi zarur. Ekspert buni tayyorlovchi zavodlarning kataloglari, tarmoq yoki korxona doirasida amal qiladigan cheklashlar ro‘yxatlaridan foydalanish bilan tekshiradi. O‘lchash vositalari qo‘llanilishining ishchi shart-sharoitlari o‘lchash shart-sharoitlariga mos kelishi lozim. O‘lchashlar unumdorligining texnologik asbob-uskunalar unumdorligiga mos kelishi tekshiriladi. Uslubning unumdorligi etarli bo‘lmagan taqdirda tanlanma statistik nazoratni qo‘llash, avtomatlashtirilgan yoki yarim avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalarini qo‘llash, texnik hujjatlarda ko‘zda tutilgan nazorat uslublaridan foydalanish bilan parallel ravishdagi nazorat qilish operatsiyalarini qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilishi lozim. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling