Hujjatlarning ekspertizasi
-BOB. TEXNIKAVIY HUJJATLARNING ME’YORIY NAZORATI
Download 1.11 Mb.
|
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)
1-BOB. TEXNIKAVIY HUJJATLARNING ME’YORIY NAZORATI
1.1. Texnikaviy hujjatlarning turlari Mahsulot sifatini oshirishning asosiy vositalaridan biri -konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tqazishdir. Metrologik ekspertizaga taqdim etiladigan hujjatlarning ruyxati O’zRH 51-106:2001 “Texnikaviy hujjatlarning metrologik ekspertizasi.Tashkil etish va o‘tkazish tartibi” da keltirilgan. Ularga matnli konstruktorlik hujjatlar, chizmalar va va texnologik hujjatlar kiradi. Matnli konstruktorlik hujjatlar turkumiga tashkilot standartlari, tushuntirish xati, sinovlar dasturlari va metodikalari, ekspluatatsion va remont hujjatlari kiradi. Ekspluatatsion hujjat – matnli konstruktorlik hujjat bulib, mahsulotni ekspluatatsiya qilish qoidalarini belgilaydi va uni ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolatlangan asosiy xarakteristikalarini va parametrlarini aks etadi. Ekspluatatsion hujjatlar matnli, grafik va multimedia shaklida ishlab chiqariladi. Chizmalarga yig‘ma chizmalar, montaj, gabarit chizmalari hamda detal chizmasi kiradi. Texnologik hujjatlar kuyidagilardir: marshrut kartasi, operatsion kartasi, tipik operatsion kartasi, eskizlar kartasi, texnologik instruksiyalar, reglamentlar va xokazo. Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni aloxida ko‘rib chiqamiz. Texnikaviy topshiriq (TT) – ishlab chiqarilayotkan mahsulotning dastlabki hujjati bulib, uning asosiy vazifasini, o‘lchamlariga va massasiga ko‘yiladigan talablarni, chidamliligini, tashish, saklash sharoitlarini, ma’lum bir mexanik, iqlimiy va boshqa ta’sirlar ostida ishga yaroqliligini belgilaydi. Eskiz loyiha – konstruktorlik hujjatlarning majmui bo‘lib, unda ishlab chiqarilayotkan mahsulotning asosiy parametrlari, mahsulot tuzilishi va ishlash prinsipi haqida umumiy taassurot beruvchi kostruktorlik echimlar keltiriladi. Texnikaviy loyiha – konstruktorlik hujjatlarning majmui bo‘lib, unda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tuzilishi haqida umumiy taassurot beruvchi texnikaviy echimlar va ishchi hujjatlarni ishlab chiqarishga boshlang‘ich ma’lumotlar keltiriladi. Yig‘ma chizmasi – konstruktorlik hujjat bulib, unda mahsulotning umumiy ko‘rinishi, uni yig‘ish va nazorat qilish uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar keltiriladi. Montaj chizmasi - konstruktorlik hujjat bulib, unda mahsulotning soddalashtirilgan konturli tasviri, uni yig‘ish va nazorat qilish uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar keltiriladi. Tushuntirish xati - konstruktorlik hujjat bulib, unda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishlash prinsipi va tuzilishining tavsifi hamda uni ishlab chiqarishda texnikaviy, texnikaviy – iqtisodiy echimlarni asoslanishi keltirilgan. Remont hujjatlarida mahsulotlarni ta’mirlash bo‘yicha ma’lumotlar beriladi. Ekspluatatsion hujjatlarga quyidagilar kiradi: ekspluatatsiya yuriqnomasi – bu hujjatda mahsulotni konstruksiyasi, ishlash prinsipi, xususiyatlari, uning tashkil etuvchi qismlari haqida, mahsulotni tug‘ri va xavfsiz ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalar yoritiladi; formulyar – bu hujjatda mahsulot ishlab chiqaruvchini kafolatini tasdiqlovchi ma’lumotlar, mahsulotninig asosiiy parametrlari va xususiyatlarning qiymatlari, mahsulotni texnikaviy xolatini aks etuvchi malumotlar kiritiladi; pasport – bu hujjatda mahsulot ishlab chiqaruvchini kafolatini tasdiqlovchi ma’lumotlar, mahsulotninig asosiy parametrlari va xarakteristikalarining qiymatlarini, mahsulotni sertifikatlanganligi va utilizatsiya qilish haqida ma’lumotlar keltiriladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling