Hujjatlarning ekspertizasi


Download 1.11 Mb.
bet5/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

SO‘Z BOSHI
Mahsulot sifatining qay darajada bo‘lishiga bo‘lg‘usi mahsulotni loyihalashtirishning dastlabki bosqichlaridayoq tamal toshi qo‘yiladi, shu sababli mahsulot sifati texnikaviy hujjatlarning (loyihalashtirish hujjatlari, konstruktorlik hujjatlari, texnologik hujjatlar, me’yoriy-texnik hujjatlar) sifati bilan chambarchas bog‘liqdir. Ularni ishlab chiqish jarayonida me’yoriy nazorat yoki standartlashtirish ekspertizasi bosqichi yakunlovchi bosqich hisoblanadi. Bu texnik hujjatlarni ishlab chiqishning shunday bosqichi-ki, bu bosqichda hali qimmat turadigan va uzoq vaqt davomiyligini talab qiladigan jarayonlarni qo‘llamasdan turib texnik hujjatlarga zarur bo‘lgan o‘zgartirishlar va tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi. Bundan bu bosqichning naqadar muhimligi va uni amalga oshiruvchi shaxslarning qanchalik mas’ul ekanligi kelib chiqadi. Me’yoriy nazoratni va metrologik ekspertizani to‘g‘ri tashkil qilish va uni o‘tkazish uslubiyotining qanchalik muhim ekanligi ham o‘z-o‘zidan tushunarli, albatta.
Me’yoriy nazorat yoki standartlashtirish ekspertizasi ishlab chiqilayotgan mahsulotlarda (ishlanmalarda) standartlarda belgilangan me’yor va talablarga rioya qilinishiga, texnik hujjatlarning to‘g‘ri bajarilishiga, birxillashtirishning (unifikatsiyaning) yuqori darajasiga erishishga yo‘naltirilgan.
Mazkur vazifalardan me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim ega bo‘lishi lozim bo‘lgan bilimlar majmuasi kelib chiqadi:

  1. mos keluvchi yo‘nalishdagi mahsulotlar uchun me’yoriy-texnik hujjatlarda o‘rnatilgan talablarni bilish;

  2. texnik hujjatlarni tuzish, shakl berish va tekshirishga nisbatan qo‘yiladigan talablarni bilish;

  3. hujjatlarni me’yoriy nazoratdan o‘tkazishga, saqlashga, o‘zgartirishlar kiritish va klassifikatsiyalashgi nisbatan qo‘yiladigan talablarni bilish;

  4. birxillashtirish (unifikatsiyalash) uslubiyotini va bir xillashtirishning (unifikatsiyalashning) yuqori darajasini ta’minlaydigan usullarni bilish.

Me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimlar faqatgina boshqalarning ishini tekshiruvchi xodimlar emas, balki o‘z korxonasida standartlashtirish g‘oyalarini amalga oshiruvchi xodimlar bo‘lib hisoblanadi. Ikkita-uchta me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimlar va me’yoriy-texnik hujjatlar kutubxonasining ishini olib boruvchi texnik xodimdan iborat bo‘lgan standartlashtirish xizmatiga ega bo‘lgan korxonalar hali ko‘plab uchrayotganligi sababli bu xodimlar bu boradagi ko‘pincha yagona xodimlar bo‘lib hisoblanadi. Buning uchun esa standartlashtirish va birxillashtirishning (unifikatsiyalashning) mohiyatini, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini, standartlashtirish va birxillashtirishning (unifikatsiyalashning) mahsulot sifatiga qo‘rsatadigan ta’sir uslublarini bilish talab qilinadi.
Standartlarni joriy qilish standartlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi, uning samaradorligini belgilaydi. Bu shuningdek me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimlarning ma’lum bir bilimlarni talab qiluvchi faoliyat jabhalaridan biridir.
Texnik hujjatlarni ishlab chiqishda xatolardan mutlaqo xoli bo‘lish amalda mumkin emas. Nuqsonsiz ishlash tizimini yaratish (bunday tizimni joriy qilishda me’yoriy nazorat shubhasiz muhim o‘rin egallaydi) xatolar kelib chiqishi ehtimolini kamaytiradi, biroq xatolarning mutlaqo bo‘lmasligini kafolatlay olmaydi. Xatolarning kelib chiqishi tashqi xarakterdagi (ish sharoitlari, muddatlarning qisqaligi va hokazolar) sabablar bilan ham, ichki xarakterdagi (xodimning toliqishi, kayfiyatining va salomatligining yomonlashuvi va hokazolar) bilan ham shartlanadi. Shu sababli, hatto shu nuqtai-nazardan olib qaraganda ham, me’yoriy nazoratni bekor qilish to‘g‘risida gapirish amaldagi haqiqatdan ancha yiroqdir.
Konstruktorlik hujjatlari va texnologik hujjatlarni ishlab chiqish bosqichida metrologik ekspertizadan o‘tkazish mahsulot sifatini tekshirishda o‘lchashlarning samaradorligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Metrologik ekspertiza – bu o‘lchashga tortiladigan parametrlarni tanlash, aniqlik me’yorlarini belgilash va mahsulotni ishlab chiqish va tayyorlash, sinovdan o‘tkazish, ekspluatatsiya qilish (foydalanish) hamda ta’mirlash jarayonlarini o‘lchash vositalari va uslublari bilan ta’minlash bo‘yicha texnik echimlarni tahlil qilish va baholashdir.
Me’yoriy nazorat va metrologik ekspertizani o‘tkazish natijasida yangidan ishlab chiqilayotgan hujjatlarda oldindan ishlab chiqilgan, standartlashtirilgan va birxillashtirilgan (unifikatsiyalangan) elementlar, buyumlar va ularning tarkibiy qismlarini maksimal darajada qo‘llash bilan texnik hujjatlarning sonini qisqartirishga ko‘maklashadi va shu tariqa konstruktorlik-loyihalashtirish ishlarining hajmini kamaytiradi. Me’yoriy nazorat va metrologik ekspertizani o‘tkazish natijalari korxonaning ishlab chiqarish faoliyatida me’yoriy-texnik hujjatlarning qo‘llanilish darajasini xarakterlaydi va amaldagi standartlar, texnik shartlar va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarni joriy qilishni tekshiruvdan o‘tkazish imkonini beradi.
Shu sababli me’yoriy nazorat va metrologik ekspertizaga standartlashtirish va birxillashtirishning (unifikatsiyalashning) maqsad va vazifalariga texnik hujjatlarning yuqori sifatiga erishishning samarali vositasi sifatida qarash lozim bo‘ladi.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling