Hukumat yuzasiga I. Stalinning kelishi va shaxsiy diktaturasi o'rnatilishi Reja


Download 97.41 Kb.
bet4/10
Sana24.06.2023
Hajmi97.41 Kb.
#1654201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hukumat yuzasiga I.Stalinning kelishi va shaxsiy diktaturasi o\'rnatilishi

Jimgina qutilib ketishardi
1932 yil Stalin omma oldida deyarli so‘zga chiqmasdi, butun yozni Sochida, hech qayerga bormay o‘tkazdi. Bu esa G‘arbda uning kasal bo‘lib qolgani haqidagi mish-mishlarga asos bo‘ldi. Tarixchi Nikolay Svanidze ushbu uzoq sukutni Stalinning 1941 yil iyunidagi Blijney nomli dala hovlisida o‘tkazgan uch kunli sukunati bilan solishtiradi. Tadqiqotchi fikricha, diktator qo‘rqinch hissini boshdan kechirayotgan edi.
"U tavakkalga qo‘l urganini va uning oqibati turlicha bo‘lishi mumkinligini tushunib yetgandi", - deydi Svzanidze.
Biroq xalq bosh ko‘tarmadi.
"Tuman markazida avtobus bekatidagi maydonchada, insonlar safidan chiqarilganlar bir to‘da bo‘lib yotardi. Ular – faqat katta-katta ko‘zlari vaqti-bevaqt yonib turadigan skeletlar. Qolganlar esa, ularning aksi - ochlikdan shishib ketgan tanalar. Kimdir qayin daraxtining terisini shilib, chaynamoqda. Kimdir yerda qimirlamay cho‘zilib yotibdi. Kimdir yerdagi axlatni og‘ziga tiqmoqda. Lekin o‘lim oldidan ba‘zilar kutilmaganda bosh ko‘tarib qolishardi – o‘rnilaridan turib, qayinni quchoqlab, og‘izlarini ochishga urinib, nimadir deb qarg‘amoqchi bo‘lishardi, biroq kuchlari yetmay, xirillab qolishardi, og‘zilaridan ko‘pik chiqardi xolos. Qo‘zg‘olonchi daraxtdan yerga qulab ovozi o‘chardi. Atrofda esa odatiy hayot davom etmoqda. Odamlar ishga shoshilishmoqda", - deb yozadi adib Vladimir Tendryakov.
Birinchi jahon urushi (28-iyul 1914 — 11-noyabr 1918) — odamzod tarixidagi eng yirik qonli urushlardan biridir.
Urushning rasmiy sababi Saraevo voqealari sabab boʻlgan, bu yerda 28-iyun 1914-yili oʻn toʻqqiz yoshli serbiyalik millatchi, student Gavrilo Princip tomonidan Avstriya-Vengriya imperiyasi taxti vorisi Franz Ferdinand va uning rafiqasi Sophie Chotek oʻldirilgan.
Birinchi jahon urushida qatnashgan mamlakatlar ikkita harbiy-siyosiy guruhga boʻlingan:

  • Toʻrtlar ittifoqi: Germaniya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi va Bolgariya Qirolligi.

  • Antanta: Rossiya imperiyasi, Fransuz Respublikasi, Britaniya imperiyasi.

Birinchi jahon urushida dunyoning 38 davlati ishtirok etdi. Ularda 1,5 mlrd. dan ortiq aholi yashar edi. Urushga 74 mln. ga yaqin kishi safarbar etildi. Jami 10 mln. kishi oʻldirildi, 20 mln kishi esa yarador bʻoldi. Bundan tashqari, juda koʻp kishilar kasallik va ochlikdan oʻlib ketdi. Birinchi jahon urushida uning asosiy ishtirokchilari boʻlgan davlatlar oʻz milliy boyliklarining uchdan bir qismini yoʻqotdilar.[1]
Birinchi jahon urushi tufayli Rossiya imperiyasida Fevral va Oktabr inqiloblari va Germaniya imperiyasida Noyabr inqilobi boʻlib oʻtdi. Rossiya imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi va Germaniya imperiyasi urush tufayli yoʻq boʻldi.
Urush boshlanishidan oldin Yevropadagi buyuk davlatlar — Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya, Fransiya, Britaniya, Rossiya orasida qarama qarshiliklar yuzaga kelgan edi.
Germaniya imperiyasi 1870—1871-yillarda Fransiya-Prussiya urushi tufayli yuzaga kelganda, u boshidan Evropa mintaqasida siyosiy va iqtisodiy hukmron boʻlishni holamagan edi. Uning yaratuvchisi Otto fon Bismark Germaniyadagi geografik ahvolni va qoʻshni davlatlar iqtisodiy va harbiy kuchliligini tushunar edi, u bunday dedi:
Kuchli Germaniya faqatgina uni tinch qolidirshlarini va dunyoda rivojlanishni berishishini istaydi, shu sababdan u kuchli armiyaga ega boʻlishi kerak, sababi kimning qoʻlida qilich boʻlsa, unga hech kim hujum qilishni istamaydi… Hamma davlatlar, shu tarizda Fransiya bizdan muhtojdir, qancha tarizda mumkin boʻlsa ular koalitsiya tuzushdan va bir biri bilan raqib boʻlishdan bosh tortadilar[3]
Ammo 188-yillar oʻrtasiga kelib Germaniya iqtisodiy va harbiy tarizda kuchli boʻldi va Yevropada ustunlik boʻlishga kurashdi. Germaniya mustamlaka ekspansiyalashga kech kirishdi va deyarli mustamlakalarsiz qoldi, shu sababdan Germaniya kapitali bozor kasodisiz qoldi. Bundan tashqari Germaniyada tez oʻsib borayotgan aholisiga hayot boʻshligʻi yetishmayotgan edi va oziq-ovqat taqchiligi yuzaga kelgan edi. Germaniya foydasi va kapitali uchun dunyoni oʻzgartirish kerak edi. Bu Germaniya Evropa mintaqasida ustun turushi kerak edi va Buyuk davlatlarni tor mor etish kerak edi, bundan tashqari ular dunyoni boʻlib boʻlishgan edi: Rossiya, Fransiya v Germaniya.
XIX-asr oxirida Germaniyaning tajovuz rejalari qoʻshni mamlakatlarga oydinlashib bora berdi. Shu sababdan 1891-yili Rossiya va Fransiya harbiy ittifoq tuzishdilar, 1907-yilda esa Angliya ham bu ittifoga qoʻshildi. Bu davlatlar „Qalbiy hamjihatlik“ nomi bilan ittifoq tuzishdilar — Antanta
1878-yilda boʻlib oʻtgan Berlin kongressida Avstriya-Vengriya imperiyasi Bolqondagi Bosniya va Gersegovinani bosib olish huquqini qoʻlga kiritdi. Uning maqsadi bu hududni qulay imkoniyat tugʻulishi bilan bosib olish edi. Nihoyat, 1908-yilda Avstriya-Vengriya va Rossiya munosabatlari yanada keskinlashtirib yubordi. Jumladan, bu hodisa slavyan xalqlari orasida Rossiya obrosiga ham putur yetkazdi. Chunki, Rossiya Avstriya-Vengriya istilosining oldini ola olmadi. Bunga Germaniyaning AvstriyaVengriyani qoʻllab-quvvatlashi, uning Rossiyaga qarshi urush eʼlon qilishi mumkinligi haqidagi doʻp-poʻpsilari sabab boʻldi[4].
Yaqin Sharqda koʻp davlatlarning qiziqishi bor edi, I va II Bolqon urushidan soʻng Usmoniylar imperiyasining ahvoli yomonlashdi, imperiya boʻlinish arafasida edi. Germaniya Usmoniylar imperiyasining boʻlinishiga qarshi chiqa boshladi. Bundan tashqari Rossiya qanday qilib boʻlsa ham Usmoniylar Qora va Egey dengizlarida nazorat qilmasligiga qarshi chiqdi. Bu Rossiyani Oʻrta dengizga chiqishiga olib kelar edi.
Rossiya bosqinchilik siyosatining asosiy yoʻnalishlari Bolqon, Uzoq Sharq, Turkiyaga qarashli Qora denfiz bilan Oʻrta dengizni bogʻlovchi Dardanell va Bosfor boʻgoʻzlari hamda Oʻrta Osiyoda oʻz hukmronligini oʻrnatish edi.
Antanta ittifoqi (1907-yilda Rossiya-Fransiya ittifoqi, Angliya-Fransiya kelishuvi va Angliya-Rossiya kelishuvidan soʻng ittifoq rasmiylashtirilgan): Rossiya imperiyasi, Britaniya imperiyasi, Fransiya.
Uchlar ittifoqi: Germaniya imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi, Italiya qirolligi.
Ammo Italiya 1915-yilda Antanta tarafida urushga kirdi, lekin Germaniya va Avstriya-Vengriyaga urush kezida [[|Usmoniylar imperiyasi|Turkiya]] va Bolgariya qirolligi qoshilishdilar, Toʻrtlar ittifoqi tashkil etildi (yoki Markaziy davlatlar).

Download 97.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling