Tomonlarning 1914-yilgi vaziyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
1914-yilning oxiriga kelib Germaniya Belgiyani deyarli toʻliq bosib oldi. Front Ostende qirgʻogʻida boshlangan edi va toʻgri Iprning janub tomoniga yoʻllangan edi. Shunday qilib Antantada faqatgina Flandriyaning Ipr shahri bilan bir qismi qoldi, Lill nemislarga berildi. Keyin front Arrasdan Nuayongacha yoʻllangan edi (nemislar foydasiga), Langa sharq tomoniga qayirildi (fransuzlar foydasiga), keyin Suassonning shimol tarafiga (fransuzlar uchun). Bu yerda front Parijga yondashgan edi (taxminan 70 km) va bu yerdan Reyms orqali (fransuzlar foydasiga) Sharq tomonga yoʻllangan edilar va Verden mustahkamlangan tumanidan oʻtar edi. Fransuzlar yoʻqotgan hududlar duk shaklida 380 —400 km front uzunligida edi, chuqurligi eng keng joyda edi, 100 —130 km urushdan oldingi Fransiya chegaralari Parij tomonida. Bundan keying, Nansi tumanida, 1914-yilda boʻlgan mintaqada faol jang harakatlari tugagan edi, front keyinchalik Fransiya va Germaniya chegaralarida yoʻllangan edi. Neytral Shveysariya va Italiya (hozircha) urushda qatnashmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |