Хulоsа Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rо’yхаti


-rasm. Xalqaro moliya bozorlarining yo’naltirilgan maqsadiga ko’ra turlari3


Download 484.54 Kb.
bet3/15
Sana26.03.2023
Hajmi484.54 Kb.
#1297973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MUROD KURS ishi tayyorr

1-rasm. Xalqaro moliya bozorlarining yo’naltirilgan maqsadiga ko’ra turlari3


Investitsion operatsiyalarga daromad olishga yo’naltirilgan kapitalning ko’chib yurishi bilan bog’liq operatsiyalarni anglatadi. Investitsion operatsiyalar uzoq va o’rta muddatli kapital qo’yilmalar bilan aloqadordir. Bularga kredit, lizing, trast, ijara, franchayzing va boshqa muddati 180 kundan oshadigan operatsiyalar misol bo’ladi.
Spekulyativ operatsiyalar – sotib olish va sotish kurslaridagi farqlar orqali foyda olishga qaratilgan qisqa muddatli operatsiyalar bo’lib, olingan kreditlar va berilgan qarzlar foizi o’rtasidagi farqlar ham shular jumlasidan. Shuningdek, valuta arbitraji, foiz arbitraji va boshqalar.
Kapitalning yuqori daromad keltiruvchi qobiliyatini saqlab qolishga qaratilgan operatsiyalar kapitalni risk mavjud hollarda va xo’jalik faoliyati holatining noaniq davrida bajariladigan xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi. Eng asosiylaridan biri bu sug’urta operatsiyalari (hedjrlash, garov operatsiyalarii), diversifikatsiyalash va boshqalar.
Xalqaro moliya bozorlari operatsiyalarining tasniflanishi:
1) Konversion valuta operatsiyalari (naqd va naqdsiz valutalarni sotish va sotib olish (cheklangan konversion valutalar ham shular jumlasidan)):

  • Turli mamlakatlarda joylashgan savdo tashkilotlarining o’zaro hisob-

kitoblari;

  • Xalqaro kredit-jamg’arma operatsiyalari.

2) Eksport ssudalari (texnologiya va tayyor mahsulotning eksportini qo’llabquvvatlashga yo’naltirilgan moliyalashtirish);

  • Xalqaro ssudalar (sanoat tovarlari, texnologiyalar va resurslar importini qo’llab-quvvatlashni kreditlash);

  • Tashqi investitsion kreditlash (chet el investitsiyalarini qo’llabquvvatlashga qarz berish);

  • Bog’lanmagan kreditlar (rivojlanib borayotgan iqtisodiyotli mamlakatlarda tashkiliy islohotlarni amalga oshirish uchun hukumatga yoki mamlakatning boshqa tashkilotlariga taqdim etiladigan moddiy yordam);

  • Asosiy moliyalashtirishning vaqtinchalik bosqichida ajratiladigan qisqa muddatli kreditlar (qisqa muddatli moliyaviy-iqtisodiy operatsiyalarni ta’minlash uchun rivojlanib borayotgan iqtisodiyotli mamlakatlarning hukumat tashkilotlariga beriladigan ssudalar);

Qayta moliyalash (rivojlanib borayotgan iqtisodiyotli mamlakatlar boshqa mamlakatlar yoki xalqaro kredit tashkilotlari oldidagi qarzini qaytarishga qaror qilganda hukumat tashkilotlariga beriladigan ssudalar);

  • Ulushli ishtirok (qo’shma kompaniyaning aksionerlik kapitaliga mablag’

kiritish);

  • Kafolatlar (tijorat banklarining kredit kafolatlari va davlat obligatsiyalari bo’yicha kafolatlar).

Ofshor operatsiyalari ham xalqaro moliya operatsiyalarining yana bir turi hisoblanadi. Ofshor moliyaviy operatsiyalari kompaniyalarning savdo va moliyaviy operatsiyalari asosi bo’lib xizmat qiladi. Ularning ro’yxati soliq porti maqomiga ega mamlakatlar hududida olib boriladi. Ofshor xalqaro moliya operatsiyalari samarali moliyaviy instrument bo’lib, soliq stavkasining pastligini va tijorat sirini saqlashni kafolatlaydi. Ofshorlar mexanizmi quyidagi operatsion xizmatlardan tashkil topgan:

  • Moliyani boshqarishda foydalaniladigan spekulyativ operatsiyalar (valuta dilingi, investitsiya kiritish, mamlakat chegarasidan tashqarisida joylashgan ko’char va ko’chmas mulkka egalik qilish);

  • Ofshor kompaniyalarni tashkil etish, ro’yxatdan o’tkazish, bankdagi hiobkitob raqamlari orqali uni sotish va sotib olish, va boshqalar;

  • Soliq to’lovlarini takomillashtirish uchun soliqqa tortish masalalari bo’yicha maslahatlar berish;

Ofshor operatsiyalarining asosi ularning qattiq sir tutilishidadir. Tijorat siri dahlsizligi egasi nominal boshqaruvchi hisoblanadigan maxsus aksiyalarni e’lon qilish orqali ta’minlanadi.
Ofshor kompaniyalar butun dunyoda savdo-moliyaviy operatsiyalar amalga oshirishi mumkin ular quyidagi afzalliklarga ega bo’ladi.

operatsiyalarni tez amalga oshirish imkoniyati;

  • Bitimlarni amalga oshirish jarayonidagi xarajatlarni hisobdan chiqarish kabilar.

Investitsion operatsiyalar – bu jalb qilingan pul mablag’larini turli xil manbalarga joylashtirish operatsiyalari bo’lib, bu manbalarning xarakteridan kelib chiqib investitsion operatsiyalarni tasniflash mumkin.
Investitsion operatsiyalarni turli belgilarga qarab tasniflash mumkin, eng avvalo, qarz oluvchilarga guruhiga (subyektga) qarab:

  • Hukumatning davlat organlariga investitsiya (davlat qimmatli qog’ozlari);

  • Tijorat banklariga investitsiyalar (banklararo kreditlar);

  • Sanoat va qishloq xo’jaligiga investitsiyalar (tijorat kreditlari);

  • Korporativ qimmatli qog’ozlarga investitsiyalar.







Download 484.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling