Хulоsа Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rо’yхаti
Xalqaro moliya bozorlari operatsiyalarining to’lov balansiga ta’siri tahlili
Download 484.54 Kb.
|
MUROD KURS ishi tayyorr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operatsiyalar hisobining yuritilishi.
4. Xalqaro moliya bozorlari operatsiyalarining to’lov balansiga ta’siri tahlili
To’lov balansi – bu statistik hisobot bo’lib, ma’lum bir davr oralig’idagi rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi iqtisodiy operatsiyalarning summasi shaklida taqdim etiladi. To’lov balansi tovar va xizmatlar hisobini, birlamchi daromad, ikkilamchi daromad, kapital bo’yicha operatsiyalar va moliyaviy hisobkitoblarni o’z ichiga oladi. To’lov balansida ikki tomonlama yozuv tizimiga muvofiq har bir operatsiya uning kredit qismida va debet qismida bir xil summada aks ettiriladi. Operatsiyalar hisobining yuritilishi. Debet va kredit bo’yicha hisobning yuritilishi hisobga olish tizimining alohida operatsiyalar darajasida amalga oshiriladi. Har bir operatsiya to’lov balansining ikki tomonida teng hajmda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan chiqim va kirim shaklida ifoda etiladi. Har bir operatsiya bo’yicha kredit va debetga mos yozuvni amalga oshiradi. Kredit (K) – tovar va xizmatlar eksporti, olinadigan daromadlar, aktivlar kamayishi yoki majburiyatlarning ortishi; Debet (D) – tovarlar va xizmatlar importi, to’lanadigan daromadlar, aktivlarning ortishi yoki majburiyatlarning kamayishi. Misol. Oddiy misol keltiradigan bo’lsak, 100 sh.b. evaziga norezidentga tovar sotildi. Sotuvchi tomonidan quyidagi yozuv amalga oshiriladi: Eksport 100 sh.b. (K) Naqd valuta 100 sh.b. (D – moliyaviy aktivlarning ortishi) Faqatgina moliyaviy aktivlar o’zgarishi bo’yicha operatsiyaga misol qilib 50 sh.b. evaziga aksiyalar sotilishini keltirish mumkin. U holda sotuvchi tomonidan quyidagi yozuv amalga oshiriladi: Kapitalda ishtirok etish 50 sh.b. (K – moliyaviy aktiv kamayishi) Naqd valuta 50 sh.b. (D – moliyaviy aktivning ortishi) Majburiyat bo’yicha operatsiyaga misol qilib 70 sh.b. miqdorida qarz mablag’i olishni keltirish mumkin. U holda qarz oluvchi tomondan quyidagi yozuv amalga oshiriladi: Qarz 70 sh.b. (K – majburiyatning ortishi) Naqd valuta 70 sh.b. (D – moliyaviy aktivning ortishi) Joriy operatsiyalar hisobi tovar va xizmatlar, rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi birlamchi va ikkilamchi daromadlar harakatini ifodalaydi. Joriy operatsiyalar hisobi o’zida to’lov balansining asosiy hisobvaraqlarini jamlagan. Tovar va xizmatlar hisobvarag’i. Ushbu hisobvaraqda ishlab chiqarish natijasi bo’lgan obyektlar bilan operatsiyalar hisobi yuritiladi. Ushbu hisobvaraq diqqat markazida rezident va norezident o’rtasida bo’ladigan tovar va xizmatlar ayirboshlash operatsiyasi vaqti turadi. Bundan farqli ravishda milliy hisoblar tizimining diqqat markazida ishlab chiqarish, iste’mol, va jamg’arma kapitalning jarayonda ishlatilishi kabi boshqa jarayonlar turadi. Ishlab chiqarish faoliyati ishlab chiqaruvchi tomonidan resurslarni (oraliq mahsulot, mehnat, moddiy va nomoddiy aktivlar) tayyor mahsulot ko’rinishiga keltirish jarayoni bo’lib, boshqa institutsional birlikka yetkazib berilishi mumkin. Tovar va xizmatlar harakati moliyaviy hisobvaraqlar, joriy operatsiyalar hisobvarag’ida yoki kapital bo’yicha hisobvaraqlarda aks etishi mumkin. Tovar va xizmatlar taqdim etilgan paytda amalga oshiriladigan obyektlar yozuvi moliyaviy hisobvaraqda aks etadi, masalan, “naqd valuta va depozitlar” moddasida. Agar egalik huquqi o’tgan paytda to’lov amalga oshirilmasa savdo krediti yoki boshqa moliyaviy instrument (masalan, veksel) rasmiylashtiriladi. Agar to’lov egalik huquqi o’tishidan avval amalga oshiriladigan bo’lsa, importchi tomonidan eksport qiluvchi tomonga avans hisoblanadi. Ba’zida tovar va xizmatlar boshqa bir moliyaviy aktiv bo’lmagan ayirboshlanadi, masalan, barter holatida o’tkazma “tovar va xizmatlar” moddasida aks etadi. Agar tovar yoki xizmat yordam yoki hadya sifatida berilsa, u joriy yoki kapital transfert moddasida aks ettiriladi. Tovar va xizmatlar hisobvarag’ida tovarlarning xalqaro savdo statistikasi tovarlar eksporti yoki importi bo’yicha ma’lumotlarning asosiy manbasi hisoblanadi. Download 484.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling