Хulоsа Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rо’yхаti


-jadval O’zbekistonning 2017-yil davomidagi tashqi savdo aylanmasi14


Download 484.54 Kb.
bet12/15
Sana26.03.2023
Hajmi484.54 Kb.
#1297973
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MUROD KURS ishi tayyorr

7-jadval O’zbekistonning 2017-yil davomidagi tashqi savdo aylanmasi14



Yuqoridagi 7-jadval ma’lumotlarida O’zbekistonning 2017-yildagi tashqi savdo ko’rsatkichlari keltirilgan bo’lib, tovar va xizmatlar turlari bo’yicha ajratib ko’rsatilgan.
Ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo’lsak, 2017-yilda O’zbekistonning jami eksport hajmi 13 958,3 mln. AQSH dollarini, import esa 13 008,3 mln. AQSH dollari bo’lib, tashqi savdo aylanmasi saldosi 945,5 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.
Eksport tarkibida eng katta ulushni boshqa tovar va xizmatlar 35,6% (4961,1 mln. AQSH dollari) bilan band etgan, uning 2016-yilga nisbatan o’sish ko’rsatkichi
19,3 %ni tashkil etgan. Keyingi o’rinlarda xizmatlar sektori oldingi yilga nisbatan
12,3% o’sishga erishib, ekspordagi ulushi 25,1% (3505,7 mln. AQSH dollari) ga yetgan. O’tgan yilga nisbatan eng yirik o’sish mashina va uskunalar eksportida (60,1%) kuzatilgan bo’lsa-da, jami eksport tarkibidagi ulushi 2,5%ni tashkil etgan.
Import ko’rsatkichlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, import tarkibidagi eng yirik ulushni eksportdan farqli ravishda mashina va uskunalar importi egallagan. Mashina uskunalar importi jami importning 38,9 % ini yoki 5 054,0 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Import tarkibida qora va rangli metallar importi 38,4 %ga o’sib, 1 274,3 mlrd. AQSH dollariga yetgan.
Amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlar sababli hozirgi kunda mamlakatimizga kirib kelayotgan xorijiy investorlarning ham soni va ular kiritayotgan investitsiya miqdori ham yildan yilga oshib bormoqda. Jumladan, 2017-yil davomida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning hajmi
16 309,0 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa oldingi yilga nisbatan o’sish, 28,3 %ga yetgan.
Joriy yil boshidan oladigan bo`lsak, yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy investitsiya va kreditlarning o`sish surati bir oz pasaygan bo`lsada, yil ohiriga kelib yuqori suratlarda o`sish kuzatildi. Bu, albatta, yuqorida sanab o`tilgan Buxoro viloyatidagi Qandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish ishlari bo`yicha investitsiyalarning o`zlashtirilishi bilan bevosita bog`liq.


Download 484.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling