2.Huquqiy ta’lim metodlari.
Huquqiy ta’lim metodlari. Huquqiy ta’lim metodlari xam uch guruxga bo’linadi:
1.o’qishni stimullashtirish va motivlashtirish metodlari ikki guruxga ajratiladi:
a) aqliy o’yin, o‘quv diskussiyalari, emotsional stimullashtirishni qamrab olgan, o‘qishga qiziqishni shakllantirish metodi;
b) majburiyat, burch va faollikni shakllantiruvchi metodalar.
2.O‘quv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodlari uch guruxga ajratiladi:
a)axborotlarni sezgi orqali o‘zatish va qabul qilish metodi, unga og‘zaki metodlar (hikoya, suhbat va ma’ruza va x.k.), ko’rgazmalilik metodalari (illyustratsiya, demonstratsiya, kinoko’rsatuv), audi vizual metod yoki og‘zaki va ko‘rsatmalilik metodlarini o‘z ichiga oluvchi informatsion- dimmonstrativ metodi, amaliy metod (mashqlar, amaliy vazifalarni xal qilish);
b)mantiqiy metodlar (mantiqiy operatsialar tashkil qilish va amalga oshirish);
v)prognostik metodlar: muammoli- tadqiqot reproduktiv.
Nazorat va o’zini o’zi nazorat qilish metodalri og‘zaki nazorat metodi, yozma nazorat metodi, o’zini o’zi nazorat qilish metodlari kiradi.
Og‘zaki metodlar. Og‘zaki metodga xikoya, suhbat va ma’ruza kiradi.
Xikoya o‘qitish metodi sifatida xam o‘quvchining bilimini tekshirish vositasi sifatida xam qo’llaniladi xikoya yordamida o‘quvchilar yangi mavzuni o‘rganishga tayyorlanadilar. Ikkinchidan xikoya yangi mavzuning mazmunini ochishga yordam beradi.
Xikoya metodi aloxida tushuntirishni talab etadigan, xajmi jixatdan juda katta bo’lgan mavzuni, O‘quvchilar uchun yangi axborotlarni qamrab olgan materiallarni tushuntirishdan qo’llaniladi.
Suhbat – og‘zaki ta’limning murakkabrok metodi. U o‘qituvchi tomonidan yaxshilab o‘ylab chiqilgan savollar sistemasidan iborat buladi. Xuddi xikoyadek suxbat xam o‘quvchilarni yangi mavzuni o’rganishga tayyorlashda, uning mazmuni bilan tanishtirish uchun qo’llanilishi. Suhbat avval egalagan bilimlarni tizimlashtirishga, umumlashtirishga, chuqurlashtirishga va o‘quvchilarning mustaqilligini rivolantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |