II. HUQUQ IJOD QILISh AMALIYOTI VA HUQUQIY XIZMAT KO‘RSATISh SOHASIDA ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI TA’MINLASh VA TAKOMILLAShTIRISh
6.
|
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini joylashtirish va muhokama qilish tartibini takomillashtirish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2018-yil
15-mayga
qadar
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
|
7.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi reglamentlariga quyidagilarni nazarda tutgan tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish:
jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirish;
normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari idoralararo kelishuvlardan so‘ng, Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizani o‘tkazish hamda takroran — Vazirlar Mahkamasi apparati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tarkibiy tuzilmalarida ularning konseptual qoidalari o‘zgartirilganidan keyin;
Adliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha berilgan xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini kiritish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari
|
2018-yil
15-mayga
qadar
|
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
vazirlik va idoralar
|
8.
|
Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan 1993-yil 17-iyunga qadar qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotayotgan sobiq Sovet Ittifoqining idoraviy hujjatlari o‘rniga qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni nazarda tutgan tadbirlar rejasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish,.
|
Tadbirlar
rejasi
|
2018-yil
15-iyunga
qadar
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov), vazirlik va idoralar
|
9.
|
Quyidagi ma’lumotlarni taqdim qilish tartibini nazarda tutgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi reglamentlariga, shuningdek xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari Namunaviy reglamentiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga adliya vaziri tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri va hududiy adliya boshqarmalari boshliqlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarida norma ijodkorligi faoliyati holati to‘g‘risida tegishlicha Qo�aqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga; tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari tomonidan tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashiga.
|
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari
|
2018-yil
15-mayga
qadar
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
|
10.
|
Xalqaro shartnomalarning loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida metodik yo‘riqlar tayyorlash.
|
Qo‘shma qaror loyihasi
|
2018-yil
1-iyunga
qadar
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
TIV (A. Kamilov)
|
11.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar va loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish metodikasini takomillashtirish.
|
Adliya vazirining buyrug‘i
|
2018-yil
1-iyunga
qadar
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
|
12.
|
Notariat institutini bosqichma-bosqich takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash:
birinchi bosqichda — amaldagi notariat tizimini, notarial xizmatlar ko‘rsatish tartibi, majburiy notarial tasdiqlanadigan bitimlar ro‘yxatini tanqidiy o‘rganish va o‘rganish natijalari bo‘yicha nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutgan takliflar kiritish;
ikkinchi bosqichda — ilg‘or xorijiy tajribani va milliy amaliyotni qiyosiy o‘rganishga asoslangan davlat notarial idoralarni nodavlat shaklga o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar tayyorlash.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori,
tahliliy ma’lumot
|
2018-yil
15-mayga
qadar
2019-yil
1-iyulga
qadar
|
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Moliya vazirligi
(A. Xaydarov)
|
|