Huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish


Download 1.01 Mb.
bet2/7
Sana06.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1333415
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PQ-3666 13.04.2018 (1)

T/r

Chora-tadbirlar
nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro
muddatlari

Mas’ul
ijrochilar

I. ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISh

1.

Adliya vazirligining markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari tarkibiy tuzilmalarining nizomlari va ustavlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Adliya vazirining buyruqlari

2018-yil
5-mayga
qadar

Adliya vazirligi (R. Davletov)

2.

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti faoliyatini tashkil qilish, uni joylashtirish, moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha takliflar tayyorlash, unda institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari bilan tenglashtirishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasining qarori
loyihasi

2018-yil
15-mayga
qadar

Adliya vazirligi (R. Davletov),
Bosh prokuratura (O. Murodov),
Moliya vazirligi (J. Kuchkarov)

3.

Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Nizomi, tarkibi hamda yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishga qaratilgan birgalikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash.

Adliya vazirining buyrug‘i

2018-yil
15-mayga
qadar

Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan adliya organlari va muassasalari, davlat tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida o‘qitish va malakasini oshirish uchun jo‘natish to‘g‘risidagi tartibni tasdiqlash.

Adliya vazirining buyrug‘i

2018-yil
15-mayga
qadar

Adliya vazirligi (R. Davletov),
TIV (A. Kamilov),
Moliya vazirligi (J. Kuchkarov)

5.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yurisprudensiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga quyish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish, shuningdek O‘zbekistonda ularning filiallarini tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-iyulga
qadar

Adliya vazirligi (R. Davletov),
TIV (A. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling