Konstitusiyaviy qonunlar Konstitusiyaga о`zgartish va qо`shimchalar kirituvchi qonunlardir. Ushbu hujjat uchun Oliy Majlisda oddiy qonunlarga nisbatan ularni qabul qilishning murakkabroq tartib-qoidalari belgilangan.
Qonunlar, о`z navbatida, kodifikatsiyalangan va joriy qonunlarga bо`linadi. Kodifikatsiyalangan qonunlarga kodekslar kiradi. Kodeks – kodifikatsiya xususiyatiga ega bо`lgan qonun bо`lib, о`zida ijtimoiy munosabatlarning ma`lum bir sohasini batafsil tartibga soluvchi normalarni birlashtiradi. Masalan, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi va h.k.
Qoraqalpog`iston Respublikasining qonunlari qonun chiqaruvchi (vakillik) organ tomonidan qabul qilinadi va bunday qonunlar Qoraqalpog`istonning hududida ijro etilishi shart.
Qonunning vaqt bо`yicha amal qilishi
Qonunlar quyidagi hollarda kuchga kiradi:
1) rasmiy e`lon qilinganidan о`n kun о`tgach;
2) qonunda yoki uni amalga kiritish tо`g`risida maxsus hujjatda kо`rsatilgan vaqtdan boshlab.
Qonunlar quyidagi hollarda о`z kuchini yо`qotadi:
1) qonunning о`zida kо`rsatilgan muddat tugagan bо`lsa;
2) ushbu qonun bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabat-larning shu sohasini tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan).
Qonunning zamonda amal qilishi
Qonunning orqaga qaytish kuchi
Umumiy qoidaga kо`ra, qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega emas. О`zbekistonda jinoyat yoki ma`muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega.
Qonunning makonda amal qilishi
Qonunlar О`zbekistoning barcha hududlarida amal qiladi. О`zbekistonning davlat hududiga uning suvereniteti ostida bо`lgan hudud kiradi. Ushbu hududga quruqlik, ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi xavo bо`shlig`i va davlat chegarasi doirasidagi yer osti boyliklari kiradi.
Qoraqalpog`iston qonunlari uning hududida amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |