Huquq shakillari manbalari reja: Huquq shakli (manbai) tushunchasining mazmuni. Huquq shakllari (manbaalari)ning turlari


Normativ-huquqiy xujjatlarning turlari


Download 143.5 Kb.
bet4/9
Sana04.05.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1425590
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUQUQ SHAKILLARI MANBALARI

Normativ-huquqiy xujjatlarning turlari
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari davlatning qaysi organ-lari tomonidan qabul qilinganligiga hamda ularning yuridik kuchi katta yoki kichikligiga qarab farqlanadi. Ushbu belgilarga asosan, normativ-huquq hujjatlarni quyidagi turlarga bо`lish mumkin:
1. Qonun – umumxalq ovoz berishi (referendumi) orqali yoki mamla-katning oliy vakillik organi (Oliy Majlis) tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat.
Qonunlar orasida Konstitusiya – О`zbekistoning Asosiy qonuni – alohida mavqega ega bо`lib, oliy yuridik kuchga egadir. Konstitusiya va konstitusiyaviy qonunlarni faqat Oliy Majlis qabul qilishi mumkin, chunki ularda konstitusiyaviy tuzum asoslari, insonlar va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari hamda Konstitusiyaga о`zgartishlar kiritish tartib-qoidalari belgilab qо`yiladi.
Konstitusiyaviy qonunlar alohida tartibda qabul qilinadi.
2. О`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni О`zbekis-ton Respublikasi Konstitusiyasi 94-moddasiga asosan Prezident to-monidan chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatdir. Ushbu hujjat Konstitusiya va qonunlarga hamda О`zbekistonning xalqaro shartno-malariga zid kelmasligi kerak.


3. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari О`zbe-kiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat organining о`z vakolati doirasida chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlaridir. Ushbu hujjatlar Konstitusiya asosida qabul qilinib, О`zbekiston qonunlari va Prezidentning normativ farmonlarini amalga oshirishga qaratilgan.
4. О`zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qо`mitalari va idoralarining buyruq va yо`riqnomalari davlat boshqaruvi organlari-ning normativ-huquqiy hujjatlaridir. Ular Konstitusiyamiz asosida qabul qilinib, О`zbekiston qonunlari, Prezidentning farmonlari hamda hukumat qarorlarini bajarishga qaratilgan.
5. Qoraqalpog`iston Respublikasining normativ-huquqiy hujjat-lari.
6. Davlat hokimiyati mahalliy ijroiya organlarining qarorlari.
Normativ-huquqiy hujjatlar iyerarxiyasi shuni talab qiladiki, davlat hokimiyatning quyi vakillik organlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar yuqori turuvchi organlarning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq kelishi kerak. Davlat hokimiyati ijroiya organlarining normativ-huquqiy hujjatlari esa vakillik organlari hamda yuqori turuvchi ijroiya organlarning normativ-huquqiy hujjat-lariga muvofiq kelishi zarur.
Huquq normalari talablarining О`zbekiston Respublikasi fuqaro-lari, xorijliklar va fuqaroligi bо`lmagan shaxslar uchun maj-buriyligi huquqning umumiy prinsipi hisoblanadi. Lekin istisnolar ham mavjud. Masalan, «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat tо`g`risidagi qonun»ning talablari faqat О`zbekiston fuqarolariga tegishlidir. «Referendum tо`g`risidagi qonun»ga binoan referendumda faqat О`zbekiston Respublikasining fuqarolari qatnashishi mumkin.
Bundan tashqari, amaldagi qonunlar va О`zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq, diplomatik daxlsizlik huquqidan foyda-lanuvchi xorijiy fuqarolar ham bundan mustasno. Elchilar, huquq-buzarliklar sodir etgan hollarda, ularga nisbatan Jinoyat kodeksi va Ma`muriy javobgarlik tо`g`risidagi kodeks amal qilmaydi.



Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling