Huquq shakillari manbalari reja: Huquq shakli (manbai) tushunchasining mazmuni. Huquq shakllari (manbaalari)ning turlari


Huquq shakllari (manbalari)ning turlari


Download 143.5 Kb.
bet3/9
Sana04.05.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1425590
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUQUQ SHAKILLARI MANBALARI

Huquq shakllari (manbalari)ning turlari.
Huquq manbalarini quyidagi uch asosiy turga bо`lish qabul qilingan:
1) huquqiy odat;
2) yuridik pretsedent;
3) normativ huquqiy hujjat.
Huquqiy odat deb doimiy takrorlanishi natijasida barqaror xulq-atvor normasiga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiq-langan xulq-atvor qoidasiga aytiladi.
Odat insoniyat jamiyati rivojlanishining ilk bosqichlaridagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy huquq manbai bо`lgan. Odat asta-sekin normativ hujjat bilan siqib chiqarilgan va almashtirilgan. Shundan keyin u huquqning yuridik manbai bо`lmay qolgan.
Hozirga vaqtda odatning ahamiyati katta emas. U faqat qonun yetarli bо`lmagan yoki qonunning о`zi odatga havola qiladigan hollardagina saqlanib qolmoqda.
Yuridik pretsedent – huquqning shunday manbaiki, bunda muayyan ish bо`yicha chiqarilgan sud qarori kelgusida shunday ishlarni hal etishda qoidaga aylanishi mumkin.
Yuridik pretsedent ish bо`yicha sud yoki ma`muriy organning qaroriga muayyan normativ (umummajburiy) kuch berishni bildiradi. Bunday qaror kelgusida shunday ishlarni kо`rib chiqishda majburiy bо`ladi va shu bilan huquqiy tus oladi.
Huquqiy odat va yuridik pretsedent bir qator xorijiy mamlakat-larning huquq tizimida katta ahamiyata ega, lekin О`zbekiston Res-publikasining huquq tizimida qо`llanilmaydi.
Sud pretsedenti Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstriyada huquq manbai hisoblanadi. Bu mamlakatlarning hammmasida sud hisobotlari chop etiladi. Ulardan pretsedentlar haqida ma`lumot olish mumkin. Albatta, bu mamlakatlarning har birida sud pretsedenti turlicha qо`llaniladi.
Pretsedentni huquq manbai sifatida tan olish, qonun bо`lmagan yoki bо`lgan sharoitlarda ham sudga qonun ijodkorligi vazifasini bajarish imkonini beradi.
Normativ huquqiy akt – vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik hujjati bо`lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini о`z ichiga oladi. Barcha normativ huquqiy hujjat-larga quyidagi belgilar xosdir:
ular huquqiy normalarni belgilab beradilar, о`zgartiradilar yoki bekor qiladilar;
ularda belgilangan qoidalarning mazmuni bayon etiladi;
belgilangan normalarga umummajburiy tus beradi yoki ilgari bel-gilangan normalarning amalda bо`lishini bekor qiladi.

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling