Huquq tarixi oraliq nazorat 1-kazus
O’g’irlik jinoyatining obyekti
Download 21.59 Kb.
|
Huquq tarixi oraliq nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xammurappi qonunlari
O’g’irlik jinoyatining obyekti o’zganing mol-mulkini muhofaza qilish bilan bog’lik ijtimoiy munosabatlar hisoblanishi lozim. Obyektiv tomondan o’g’irlik o’zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishda, ya'ni g’ayriqonuniy bepul undirishda ifodalanadi.
Subyektiv tomondan o’g’irlik to’g’ri qasd bilan va g’araz maqsadlarda sodir etiladi. Shaxs olingan o’zganing mulkining nafaqat noqonuniyligini va qaytarib berilmasligini, balki o’z xarakatlarining yashirin usullarini xam tushunib yetadi1. Jinoyat subyekti esa O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 17-moddada keltirilgan ya’ni: Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar2. Kazusda keltirillgan muammoni Xammurappi qonunlari bilan tahlil qiladigan bo’lsak, Xamurapi Qonunlarida nazarda tutilgan jazolar birinchi navbatda Bobildagi quldorlik tuzumini ushlab turishga qaratilgan. Qulni o'g'irlash, shuningdek, qochoq qulni yashirish yoki ushlab turish uchun o'lim jazosi nazarda tutilgan. Qulga nisbatan mulk huquqi qattiq himoya qilingan. Saroy yoki ibodatxona qulini, shuningdek, mushkenuning qulini o'g'irlaganlik uchun o'lim jazosi belgilangan (15-modda). Yuqorida aytib o'tganimizdek, qochoq qulni yashirganlik yoki topib olingan qulni uyida ushlab turganlik uchun ham o'lim jazosi nazarda tutilgan (18-modda). Lekin Bobilda qullarga shaxsning mulki sifatida qaralgan va u qulni hatto ijaraga bera olish imkoniyatiga aha mega bo’lgan. Kazusda berilgan masala esa Xammurapi qonunlarida quyidagicha keltirilgan: Mulk egasi o'z mulkini har qanday kishidan talab qilib olish imkoniyatiga ega bo'lgan. Agar mulk egasi o'z mulkini birovdan topib olsa, bunda uni egallab turgan shaxs mulkni boshqa shaxsdan sotib olganligini ko'rsatsa, mulkning haqiqiy egasi sudga mulk haqiqatda uniki ekanligini tasdiqlaydigan guvohlar keltirishi, uni sotgan kishini va ushbu shartnoma tuzilishida ishtirok etgan guvohlarni sudga olib kelishi lozim bo'lgan. Guvohlarni so'roq qilish natijasida begona ashyo sotilganligi aniqlansa, mulk egasi o'z ashyosini qaytarib olgan, mulkka egalik qilib turuvchi shaxs (sotib oluvchi) esa uni sotgan kishidan bergan to'lov haqini qaytarib olgan, mulkni sotgan sotuvchi o'g'ri deb topilgan va o'limga mahkum etilgan (9-modda). Agar mulkka egalik qilib turgan shaxs ashyoni sotgan kishini ko'rsata olmasa va guvohlar taqdim eta olmasa, mulkning haqiqiy egasi guvohlar yordamida ashyoga bo'lgan huquqini isbotlasa, mulkka egalik qilib turgan shaxs o'g'ri deb topilgan va o'limga mahkum etilgan (10-modda). Agar, aksincha, da’vogar ushbu mulkka bo'lgan huquqini isbotlay olmasa, tuxmatchi sifatida o'limga mahkum etilgan (11- modda). Agar begona ashyoni sotgan shaxs o'lib ketgan bo'lsa, u holda ushbu ashyoni sotib olgan kishi foydasiga sotuvchining uyidan mulk qiymatining 5 baravar hajmida mulk undirilgan3. (12-modda) Download 21.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling