Huquq tarixi oraliq nazorat 1-kazus


Download 21.59 Kb.
bet3/4
Sana05.11.2023
Hajmi21.59 Kb.
#1750053
1   2   3   4
Bog'liq
Huquq tarixi oraliq nazorat

Rim huquqi bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, Rim yuristi Gayga borib taqaladigan an’anaviy nuqtai nazarga binoan 1-gumhni tashkil etgan ashyolaming begonalashtirilishi faqat matsipatsiyalar orqali, ya’ni alohida, maxsus murakkab va tantanali rasm-rusmlar (marosimlar) talab qiluvchi tartiblar yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Manitsipatsiya "mislar va tarozilar vositasida" tuziladigan o'ta rasmiy bitimlar qatoriga kirgan. U beshta guvoh va bitta taroz ushlab turuvchining taklif etilishini taqozo qilgan. Xaridor qo'lida mis bo'lagini ushlab turgan holda quyidagi tantanali formulani aytgan: "Tasdiqlaymanki, ushbu qul kvirit huquqi bo'yicha menga tegishli va u men tomondan shu metallga va shu mis tarozilar orqali sotib olingan deb hisoblanishi lozim". So'ngra u ushbu metall bilan taroziga urgan (bu odat hali zarb qilingan monetalar bo'lmagan vaqtda vujudga kelgan) va uni mansipatsiya yo'li bilan kimdan ashyo sotib olgan bo'lsa, o'sha shaxsga sotib olingan summa sifatida o'tkazgan. Mansipatsiyasiz ashyolar hech qanday rasmiyatchiliksiz mis uchun yoki pul uchun ularni oddiy (an’anaviy) o'tkazish yo'li bilan sotilgan. Eng qadimgi huquqqa mansipatsiyali ashyolarga ham, mansipatsiyasiz ashyolarga ham qo'llanishi mumkin bo'lgan murakkab odat yo'li bilan mulk huquqi o'tkazilishining yana bir rasmiy usuli ma’lum. Mazkur tartibot pretor ishtirokida o'ynaladigan soxta sud tortishuvidan iborat bo'lgan. Bunda xaridor begonalashtirilayotgan ashyo unga tegishli ekanligini ko'rsatgan va o'zining mulk huquqini tantanali ravishda izhor qilgan ("mazkur ashyo kvirit huquqi bo'yicha menga tegishli"), ashyoni begonalashtiruvchi bunday tasdiqqa qarshilik bildirmagan va pretor mazkur ashyoni oluvchiga go'yoki uning mulki sifatida taqdim qilgan.
Eng qadimgi davrdayoq Rimda mulkka uzoq vaqt egalik qilib turish natijasida ham mulkka ega bo'lib olish (sotib olish) mumkin bo'lgan ХП jadval qonunlari faqat o'g'irlangan ashyolarga nisbatan muddat bo'yicha mulk huquqi olishni taqiqlaydi. Harakatdagi ashyolar uchun egallab olish muddati bir yil, ko'chmas ashyolar uchun 2 yil o'rnatilgan. Bu usuldan ashyoni egallab oluvchi ba’zi holdagina foydalangan. Masalan, agar mansipatsiya vaqtida rasmiyatchiliklarga to'liq rioya qilinmasa (kvirit huquqining qattiq qo'lligi ostida) xaridor ashyoga nisbatan mulk huquqini olmagan va kvirit mulk egasi mulkning qaytarilishini hatto sud orqali talab qilishi mumkin bo'lgan4.

Download 21.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling