Huquq tizimi
Download 25.13 Kb.
|
DHTN-21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya huquqi
Ma’muriy huquq – konstitutsiyaviy huquq bilan mustahkam bog‘liq bo‘lgan huquq tarmog‘i hisoblanadi va u ijro xokimiyatini amalga oshirishda vujudga keladigan boshqaruv munosabatlarini tartibga soladi. Bu huquq tarmog‘i normalari davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarning boshqaruv, ijro etish hamda farmoyish berish bilan bog‘liq faoliyatini tartibga soladi. Boshqaruv, ijro etish va farmoyish berish funksiyasini amalga oshiruvchi organlar, jumladan, Prezident devoni tuzilmalari, Hukumat, vazirliklar, qo‘mitalar, mahalliy organlar ma’muriyati tegishlicha vakolatlar bilan ta’minlangan. Iqtisod va madaniyatning sohalari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan va ma’rifat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot, mudofaa va xavfsizlik kabi masalalar bu huquq tarmog‘ining obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Tarmoqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda qo‘llaydigan usuli hokimiyat va bo‘ysunish, imperativ xarakterdagi buyruqlar, lavozimi va darajasiga asoslangan bo‘g‘inma-bo‘g‘in bo‘ysunish, topshirilgan soha uchun yakka tartibdagi javobgarlik kabilardan iborat. Moliya huquqi – davlatning moliya va budjet faoliyatini amalga oshirish sohasida, banklar va boshqa moliyaviy muassasalar faoliyatida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Tarmoqning predmeti bo‘lib moliyaviy munosabatlar, davlat budjetini shakllantirish va ijrosini ta’minlash, pul muomalasi, bank operatsiyalari, kreditlar, soliqlarga oid munosabatlar hisoblanadi. Moliyaviy faoliyat ko‘pincha ijro etish , farmoyish berish xarakteriga ega va shu bois u ma’muriy huquq bilan ancha yaqin aloqadadir. Bu faoliyat yana davlat – hokimiyat xarakteriga ham ega. Shuning uchun u konstitutsiyaviy huquq bilan uzviy bog‘lik. Bu tarmoqning tartibga solish usuli – tekshirish, nazorat, bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar berish yo‘li bilan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishdan iborat. Yer huquqi – yerdan foydalanishga doir munosabatlarni tartibga soladi. Uning normalari yerdan unumli foydalanish va yer tuzilishi, yer fondini saqlash va taqsimlash, turli yer shakllarini ularning ma’muriy – xo‘jalik ahamiyatiga qarab, huquqiy holatini aniqlashga doir munosabatlarni tartibga solishga karatilgan. Yer huquqi o‘z ichiga o‘rmon, suv va tog‘ huquqi tarmoqchalarini ham qamrab oladi. Bu huquq tarmog‘ining asosiy normativ akti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi hisoblanadi. Yer huquqi ijtimoiy munosabatlarning tartibga solishda vakolat berish, ruxsat berish va man etish usullaridan foydalanadi. Download 25.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling