Huquq tizimi


Download 25.13 Kb.
bet1/9
Sana13.04.2023
Hajmi25.13 Kb.
#1354140
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHTN-21


Jamiyat turli-tuman ijtimoiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ayni paytda, mazmunan muayyan guruhlarga birlashadi. Ular yaxlit bir ijtimoiy tizimni tashkil etadi. Bu, o‘z navbatida, ushbu munosabatlar tizimini tartibga soladigan huquq normalarining ham tegishlicha guruhlanishini, tizimli xususiyatga ega bo‘lishini belgilaydi.
Huquq tizimi bu huquqning botiniy tuzilishi, uning ichki arxitekturasi, tarkibi bo‘lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligi va qismlari o‘rtasidagi munosabat hamda nisbatni ifodalaydi.


Huquq tizimi quyidagi xususiyatlarga ega:


  • birinchidan, ijtimoiy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib obyektiv ravishda shakllanadi;

  • ikkinchidan, u yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini, ya’ni bu tizim qanday ichki «qurilma»dan iboratligini ko‘rsatadi;

  • uchinchidan, huquq tizimi uni tashkil etuvchi yuridik normalarning muayyan guruhlarga birlashishini ifodalaydi;

  • to‘rtinchidan, huquq tizimini tashkil etuvchi yuridik normalar va ular birlashgan guruhlarning o‘zaro farqlanishini ko‘rsatadi;

  • beshinchidan, ijtimoiy munosabatlarning xususiyati va o‘ziga xosligi yuridik normalarning ham ma’lum darajada ixtisoslashuviga sabab bo‘ladi.

Huquq tizimini tarkibiy uchat tarkibiy tuzilishga ega: – huquq normalari, huquq institutlari va huquq tarmoqlari (sohalari)dan iborat.

Huquq normasi huquq tizimining birlamchi elementi bo‘lib, u davlat tomonidan o‘rnatiladigan, hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lgan xulq-atvor va xatti- harakat qoidasidir. Huquq normasi huquq tuzilmasi ichida boshlang‘ich o‘rinda bo‘lib, butun huquq tizimida bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘zidan o‘tkazadi.

Huquq normasi huquq tuzilmasi ichida boshlang‘ich o‘rinda bo‘lib, butun huquq tizimida bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘zidan o‘tkazadi.


Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling