Huquq tizimi


Fuqarolik-protsessual huquqi


Download 25.13 Kb.
bet9/9
Sana13.04.2023
Hajmi25.13 Kb.
#1354140
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHTN-21

Fuqarolik-protsessual huquqi fuqarolik, oila, mehnat, yer va moliyaviy sohalarda vujudga keladigan nizolarni ko‘rib chiqish yuzasidan sud faoliyatini tartibga soladi. Fuqarolik - protsesssal huquqi sud jarayoni ishtirokchilarining huquqiy holati, ularning huquq va majburiyatlari hamda ushbu huquq tarmog‘i normalari bilan belgilangan boshqa masalalarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik - protsessual kodeksi ushbu huquq tarmog‘ining asosiy normativ hujjati hisoblanadi.
Fuqarolik-protsessual huquqiga juda yaqin turadigan huquq tarmog‘i – xo‘jalik-protsessual huquqi bo‘lib, u xo‘jalik sudlari tomonidan sudda mulkchilikning turli shakllariga mansub xo‘jalik subyektlari va ular bilan fuqarolar hamda tadbirkorlar o‘rtasida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini ko‘rib, hal etadi.
Yuqoridagilardan tashqari, O‘zbekiston huquq tizimida majmuaviy (kompleks) xarakterga ega bo‘lgan tarmoqlar, jumladan, xo‘jalik huquqi, ekologiya huquqi, savdo va tadbirkorlik huquqi kabilar ham shakllanmoqda. Mamlakatimizdagi asosiy huquq tarmoqlari shulardan iborat.
Xalqaro huquq – xalqaro, eng avvalo, davlatlararo munosabatlarni tartibga soladi. Shu sababli u bironta ham davlatning milliy huquq tizimiga kirmaydi. Xalqaro huquqda uning subyektlarining jamoaviy irodasi mustahkamlangan va mujassamlashgan. Turli xalqaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlari ushbu huquqning normativ asosini tashkil etadi. Bu hujjatlarda xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi norma va tamoyillarning yaxlit, mukammal tizimi o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ular xalqaro huquq subyektlari hisoblanmish davlatlarning o‘zaro huquq va majbriyatlarini belgilaydi.
Hozirgi zamon xalqaro huquqi ommaviy va xususiy xalqaro huquqqa bo‘linadi. Xalqaro xususiy huquq turli davlatlar fuqarolari hamda tashkilotlari o‘rtasidagi mulkiy va boshqa nomulkiy munosabatlarni, ularning huquqiy holatini, yurisdiksiyasini, yashab turgan davlat qonunchiligini qo‘llash tartibi va shartlariga doir munosabatlarni tartibga soladi.
Davlatlar, xalqlar va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar xalqaro huquqning subyektlari hisoblanadi.
Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling