Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari


Fuqarolik jamiyati tushunchasi va mohiyati


Download 99 Kb.
bet4/12
Sana23.03.2023
Hajmi99 Kb.
#1289913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1557205824 74286

Fuqarolik jamiyati tushunchasi va mohiyati


Insonparvar fuqarolik jamiyatini qaror toptirish – O‘zbekiston xalqining ulug‘vor maqsadlaridan biridir. Konstitutsiyaning mazmun va mohiyatidan shu narsa ko‘rinadiki, mamlakatimizda shakllantirilayotgan jamiyat – demokratiya va adolat tamoyillariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov shunday degan edi: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir»3. Prezident yana quyidagilarga e’tibor qaratgan edi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati-ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ya’ni qonunga bo‘ysunish bir vaqtni o‘zida amal qiladi»4.
Xo‘sh fuqarolik jamiyatining mohiyatini nima tashkil qiladi, bu qanday jamiyat?
Mohiyat jihatidan «fuqarolik jamiyati» iborasi ilmiy adabiyotlarda o‘ziga xos alohida mazmun-ma’no kasb etib, jamiyatning ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan yuqori darajada kamol topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi. Mazkur kategoriya vositasida tarixiy rivojlanish tajribasi asosida orttirilgan mezonlarga javob beruvchi jamiyatning yetukligi, oqilona uyushganligi, adolatliligi va fozilligi izohlanadi.
Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to‘plangan ilmiy nazariy talqinlar asosida fuqarolik jamiyati deganda, birinchi navbatda, davlatdan holi bo‘lgan mulkiy, bozor tartiblari, oilaviy, ahloqiy – ma’naviy munosabatlar sohasi tushuniladigan bo‘ldi. Shu ma’noda, ma’rifiy, xususiy, g‘ayrirasmiy, nosiyosiy hayot sohasi majmui tarzida talqin etiladigan fuqarolik jamiyati tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning davlat nazorat qilmaydigan manfaatlarini amalga oshirish olami sifatida ta’riflanadi. Masalan, Gegelning ta’biriga ko‘ra, fuqarolik jamiyati – bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat (ehtiyoj)lar tizimi. Shuningdek, din, oila, tabaqalar, davlat tuzumi, huquq, axloq, burch, madaniyat, ta’lim, qonunlar va subyekt (inson)larning ulardan kelib chiquvchi o‘zaro uzviy yuridik aloqalari majmuidir. Insonlar tabiiy, «nomadaniy» holatdan «fuqarolik jamiyatiga o‘tishlari lozim, zero aynan shu jamiyatda huquqiy munosabatlar asl voqelikka aylanadi»5.
Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan, shu bilan birga, uning quyidagi ikki asosiy prinsipini alohida ajratib ko‘rsatgan:

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling