Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari


Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi (legitimligi)


Download 99 Kb.
bet2/12
Sana23.03.2023
Hajmi99 Kb.
#1289913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1557205824 74286

Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi (legitimligi). Hokimiyatni qonuniy e’tirof etish uchun quyidagi talablarga javob berilishi shart: hokimiyatning demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantirilgan bo‘lishi; hokimiyat samarali faoliyat yuritib jamiyatda barqarorlik va qat’iy tartibni ta’minlash; u ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lishi lozim;

  • Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi. Davlat hokimiyati bir qo‘lda to‘planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog‘i – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo‘yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o‘z vakolati doirasida amal qiladi;

  • Sudning mustaqilligi. Sud, davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog‘i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

  • Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi. Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak. Ular bu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak;

  • Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng muhim ko‘rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidadir. Huquqiy ong – huquqqa munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig‘indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilishda, huquqni hurmat qilishda, huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo‘ladi;

  • Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi. rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma’lum bir muxolafatning bo‘lishi zarur.

    Huquqiy davlat etatik davlatdan prinsipial ravishda ajralib turadi. Mazkur tafovut davlat hokimiyatini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha taraflari, shuningdek, oldida turgan vazifalarni hal etish shakl va usullari, jamiyat, millat va elatlar, ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolar, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari kabi tarmoqlarni qamrab oladi.

    Download 99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling