Huquqiy fanlarni
Download 172.14 Kb. Pdf ko'rish
|
YAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys topshirig’I;
- 1-Dars samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omollarni sanang. Reproduktiv ta’limda bunday omillar bo’lmaganmi.
- 2-Tasavvur qiling. Siz pedagogsiz. Hozirgi ta’lim tizimida o’zingiz uchun o’zgacha xos qanday
HUQUQIY FANLARNI O’QITISH 1-Dars samaradorligiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omollarni sanang. Reproduktiv ta‘limda bunday omillar bo‘lmaganmi. 2-Tasavvur qiling. Siz pedagogsiz. Hozirgi ta‘lim tizimida o‘zingiz uchun o‘zgacha xos qanday hayot tarzini yaratar edingiz. 3-Keys topshirig’I; Zamonaviy ta‘limda ―bilim‖ , ―ko‘nikma‖ , ―malaka‖ tushunchalariga yuridik ta‘lim doirasida izoh bering va asoslang. Ularning umumiy va farqli tomomlarini tushuntirimg.
1-Dars samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omollarni sanang. Reproduktiv ta’limda bunday omillar bo’lmaganmi.
Bugungi kun uzluksiz ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan tub o‗zgarishlarni yanada takomillashtirish uchun kompyuter texnologiyasini ta‘lim jarayonidagi o‗rni, uning pedagogik va psixologik xususiyatlarini ilmiy-tadqiqot misolida yoritish, kompyuter vositalaridan foydalanishga bo‗lgan e‘tibor va ehtiyoj darajalarini yana bir bora ko‗rib chiqishni talab etadi. Buning uchun: • ta‘lim tizimida kompyuter texnologiyalari o‗rnini aniqlash; • kompyuter yordamida o‗quvchining tafakkuri va dunyoqarashining o‗zgarishini, xotirasining shakllanishida kompyuterning samaradorligi qanday rol o‗ynashini aniqlash; • «kompyuter — o‗yinchoq» va «kompyuter — bilim olish vositasi» atamalari orasidagi chegaralarni aniqlash; • o‗quvchilarning o‗quv jarayonida ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirish metodlarini aniqlash. Kompyuter yordamida multimediali jihozlardan foydalanishda o‗quvchi qarorlar, farmonlar va qonunlarni qabul qilinish jarayonlari ovozini, uni tabiiy harakatlarini, o‗ziga xos xarakterli belgilarini o‗rganib boradi. Huquq fanlarini o‗rganishda ham kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Huquqiy darslarda multimedia vositalaridan foydalanish va ularni tatbiq etish davomida o‗quv jarayonida o‗ziga xos yangi usul vujudga keladi. Ularni o‗quv materiallarini ko‗rgazmaliligini oshishi, o‗quvchilarning bilim samarasini nazorat qilish imkoniyatining paydo bo‗lishi, o‗qituvchining o‗z ish faoliyatini yangi uslub va usullar asosida tashkil etishga yondashuvlar bilan bevosita izohlash mumkin. O‗quvchilarga mavzu yuzasidan ma‘lumotlarni kompyuter yordamida qabul qilishga bo‗lgan qiziqishlarini va bevosita huquqiy darslar samaradorligini oshirishda undan foydalanishni hisobga olgan holda, o‗zlashtirish qiyin bo‗lgan mavzularni kompyuter vositalari asosida tatbiq etish imkoniyatlari o‗rganildi va amalga oshirildi. Tadqiqot ishlari davomida multmedia vositalaridan foydalanish davomida o‗quv jarayoni va huquqiy darslarining sifat samaradorligi oshganligini o‗quvchilarning mavzular yuzasidan olgan bilimlarining sifat ko‗r-satkichlarini yuqori darajaga ko‗tarilganligi bilan izohlash mumkin. Xulosa o‗rnida shuni ta‘kidlash joizki, kompyuterlashgan dars jarayonlari nafaqat o‗quvchining bilim va ko‗nikmalarining rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi, balki o‗qituvchilarning ilmiy izlanishga va o‗z ustida tinimsiz mehnat qilishlariga keng imkoniyat yaratadi. Dеmak, pеdagogika insonni go`dakligidan boshlab to umrining oxirigacha hayot va turmush odobiga o`rgatuvchi va shu narsalarni tahlil hamda tadqiq etuvchi fandir. Tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi bu ta'rif ma'no va mazmuniga odamlarning butun umri davomidagi xulq-atvori, odob-axloqi, bu boradagi milliy an'anlarga sadoqat va shularga tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchining to`la amal qilishi, milliy qadriyat, ma'naviyat va ma'rifatga hurmat, iymon va vijdon singari go`zal fazilatlar singgan. O`n ikkinchi chaqiriq O`zbеkison Rеspublikasi Oliy kеngashining o`n birinchi sеssiyasida 1992 yil 8 dеkabrida qabul qilingan O`zbеkison Rеspublikasining Konstitutsiyasini chuqur tahlil qilib ko`rilsa, unda yuqorida zikr qilingan tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi fikrlar o`z ifodasini topganini kuzatish mumkin. Boshqacha aytganda, bizning Konstitutsiyamiz - milliy tarbiya va tarbiyashunoslik qomusidir. Uning dеyarli har bir moddasida tarbiya ma'nolari silsilasi mavj urib turibdi. Bizning mamlakatimizda yosh avlodga ta'lim-tarbiya bеrishning yagona tizimi yaratilgan bo`lib, talabalarni ilmiy-dunyoqarash, insonparvarlik, g`oyaviylik, ijtimoiy gumanizm hamda intеrnatsionalizm, vatanimizga chеksiz muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash usuli qo`llanib kеlinmoqda. Fanning bakalavr tayyorlash
tizimida pеdagogik qonuniyatlarini ishlab chiqarish taraqqiyoti, kollеjlardagi tarbiyaviy munosabatlar, umumpеdagogik mutaxassislik ta'limining o`zaro bog`liqligi mеtodlari bilan talabalarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlab borish ko`zda tutiladi.
O`quv yurtlarimiz bosib o`tgan tarixiy davr ichida ta'limni tashkil qilish shakllari o`zgardi, rivojlandi. Hozir o`quv yurtlarimizda qo`llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi: 1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko`ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo`ladi. 2. Dars mashg`uloti asosan belgilangan minutga mo`ljallangan bo`lib, qat'iy jadval orqali olib boriladi. 3. Dars bеvosita o`qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi. 4. Dars o`tilayotgan matеrialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta'lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim bеradi va navbatdagi bilimlarni o`zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi. Ayni paytda, o`quv yurtlarimizda ta'limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda. 1. Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar. 2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar. Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg`ulot o`qituvchining kundalik o`quv matеrialini tizimli bayon qilib bеrishni, xilma-xil usullardan foydalanishini, o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatishni o`z ichiga oladi. O‘qitishning reproduktiv metodi. Bu usullar o‘quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar o‘quvchilarning o‘quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta‘minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi. Reproduktiv usullar - o‘quv materialining mazmuni asosan axborot xarakterida bo‘lsa, amaliy harakatlarning usullarini ta‘riflasa, o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor bilimlar yo‘q bo‘lsa samarali qo‘llanadi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Reproduktiv usulda o‘quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo‘llaydi. Muammoli ta‘lim. Muammoli deb, o‘quv materialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash, bilish vazifalari va muammolari paydo bo‘ladigan qilib o‘rganish tushuniladi.O‘quvchilarning fikrlash faoliyatida mantiqiy to‘g‘ri, ilmiy xulosalarni izlash va o‘zlashtirishga rag‘batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (937-1048) didaktik qarashlarida o‘quvchilarni o‘qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o‘quvchining zerikmasligini, zo‘riqmasligini ta‘kidlagan. Muammoli vaziyatda: o‘quvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya‘ni o‘rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish; o‘quvchilarda bilishga qiziqish uyg‘otish; tahlil jarayonida o‘quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish. Ta‘lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta‘lim tizimining har bir bosqichida o‘rganiladigan fanlarga xosdir. Muammoli vaziyat fanning mazmuni o‘ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o‘rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi. Ta‘lim jarayonida o‘qitishning induktiv va deduktiv usullari. Ayniqsa deduktiv o‘qitishga talab va e‘tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo‘llash o‘rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma‘lum mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishni tanlashni anglatadi. Deduktiv usul o‘quv materialini tezroq o‘tishga yordam beradi, tafakkurni bir muncha faol rivojlantiradi. Nazariy materialni o‘rganishda anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi masalalarni yechishda deduktiv usulni qo‘llash ayniqsa foydalidir. Ta‘limda ragbatlantirish va tanbeh berish.O‘quv jarayonini rag‘batlantirish, o‘qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi. Rag‘batlantirish kishining ichki mayliga ta‘sir qilganda real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. O‘qishga qiziqishni rag‘batlantirish turlaridan biri o‘qishda ma‘lum qiyinchilik sezayotgan o‘quvchilarga muvaffaqiyatli sharoit yaratishdir. 1.Har bir dars aniq maqsadni ko‘zlagan holda puxta rejalashtirilmog‘i lozim. Bu jarayonda o‘qituvchi darsning ta‘limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya‘ni qanday tamomlash, ko‘rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi. 2.Har bir dars aniq g‘oyaviy mafkurafiy izlanishga ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog‘i lozim. 3.Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog‘lanmog‘i, ko‘rsatmali vositalar bilan jihozlanmog‘i lozim. 4.Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil etilishi lozim. 5.Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor. 6.Dars jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faol munosabatda bo‘lishi lozim, o‘quvchi-talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim. 7.Mashg‘ulotlar butun sinf bilan va har bir o‘quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda olib borilishi kerak. 8.O‘qitilayotgan mavzuni mazmuniga bog‘liq holda mustaqil yurtimizdagi o‘zgarishlardan talabalarni xabardor qilish. 9.Darsda prezidentimizning ta‘lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarimizga, farzandlarimizga qarata qilgan murojaatlaridan o‘z o‘rnida foydalanish. Dars bilim va ko‘nikma, malakalar bilan o‘quvchilarni qurollantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Shu sababli o‘quv mashg‘ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o‘tish uchun sarflanadi. Darsga quyilan tarbiyaviy talablar: Darsda o‘rganiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish; Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; Bolalarda o‘qishga oid ijobiy motivlarni uyg‘otish, bilish, o‘qish-o‘rganishga havas, ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish; Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish. Qisqacha qilib aytganda dars samaradorligiga tasir o‘tgazuvchi omillarni eng sarasi shular deb o‘ylayman.
2-Tasavvur qiling. Siz pedagogsiz. Hozirgi ta’lim tizimida o’zingiz uchun o’zgacha xos qanday Download 172.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling