Huquqiy madanyat va huquqiy tarbiya


Bob: Inson hayotida ommaviy axborot vositalarining o'rni va ommaviy axborot vositalarining jamiyatga ta'siri


Download 32.47 Kb.
bet4/6
Sana27.12.2022
Hajmi32.47 Kb.
#1068473
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi 1

2.Bob: Inson hayotida ommaviy axborot vositalarining o'rni va ommaviy axborot vositalarining jamiyatga ta'siri
2.1 Inson hayotida ommaviy axborot vositalarining o'rni
Jahon hamjamiyati axborotlarni erkin tarqatish huquqiga doimo maxsus urgu berib, bu huquqni inson va fuqarolarning asosiy huquqlaridan biri deb unga alohida e`tibor, alohida himoya zarur deb hisoblaganlar. Bu shu bilan bog`liqki, axborotni erkin tarqatish va olish huquqini himoya qila turib, jamiyat o`zining jamiyatda sodir bo`layotgan ijtimoiy munosabatlar, ularning o`zgarishlari, jamiyatni boshqarish faoliyati haqida obyektiv ma`lumotlarga ega bo`lish huquqini himoya qiladi.
Jahon hamjamiyati allaqachon teleradioeshitttirishlarni o`z ichiga olgan ommaviy axborotni tarqatishning asosiy tamoyillarini yegishli aktlarda ishlab chiqqan.
"Quyidagi huquqlar tan olinadi:
a) g`oya, fikr va qarashlarni yozma, og`zaki yoki boshqa usullar orqali erkin fikr bildirish va tarkatish
d) ixtiyoriy vositalar orqali axborotlarni tarqatish va olish...
2. Bu huquqlarni amalga oshirish hech qanday senzura bilan chegaralanmaydi8.
Ispaniya Konstitutsiyasida bu huquqlar asos bo`luvchi harakterga ega deb ko`rsatilgan va ularni himoyasi davlatning barcha organlari va mansabdor shaxslariga taaluqli deb kursatilgan. Ispaniya Konstitutsiyasida Yuqorida keltirilgan huquqlarni protsessual garantiyalari ham mavjud: Sud himoyasi tez va yengil sud jarayoni bilan amalga oshiriladi. Shuningdek ushbu huquqlar himoyasi bo`yicha Ispaniya KOnstitutsiyaviy Sudiga uchrashish mumkin.
Shvetsiyada Matbuot erkinligi haqida Akt hamda fikr erkinligi haqida qonun muhim hisoblanadi va Shvetsiya konstitutsiyasining bir qismini tashkil etadi.
Matbuot erkinligi va radio, televideniye va analogik peredacha vositalarida fikr erkinligini cheklash holllarida matbuot erkinligi haqidagi Akt va Fikr erkinligi to`g`risidagi Asosiy qonunda ko`rsatilgandek bo`ladi"9.
O`z navbatida Fikr erkinligi to`g`risidagi Asosiy qonun: Kanadada matbuot hokimiyatdan mustaqil ravishda faoliyat olib boradi, senzuraga yo`l qo`yilmaydi. Fikr bildirish erkinligi 1982 yili Kanada huquqlar va erkinliklar Hartiyasini qabul qilinishi bilan o`rnatib qo`yilgan. Hartiyada har bir kishiga fikr, qarashlar va ularni yetkazish, hamda "matbuot va boshqa vositalar erkinligi" belgilab qo`yilgan. Kanadadagi teleradioeshittirishlarni tartibga soluvchi asosiy huquqiy akt bu 1967-1968 yillarda qabul qilingan Kanada radioeshittirishlar soxasidagi siyosat yuritishi to`g`risidagi Qonun hisoblanadi.
Ko`pgina rivojlangan demokratik davlatlar davlat tomonidan teleradioeshittirishlarni tartibga solishni maqsad qilgan, inson va fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligini muhofaza qiluvchi maxsus davlat organlarini tashkil qilganlar. Bunday oganlar davlat tomonidan axborotni olish va tarqatish erkinligini muxofazasini ta`minlaydigan davlat kafolati hisoblanadi. Bunday davlat organlari har qanday to`g`ri korporativ qiziqishlardan xoli bo`ladilar va maxsus qonunlar asosida faoliyat olib boradilar. Shu ma`noda bu organlar jamiyatning ayrim guruhlari yo`lida emas, balki jamiyat yo`lida izmat qiladilar. Bunday organlarni tayinlash ko`p hollarda ijro hokimiyati organlariga, hukumatga yoki profillar ministiriga tegishli bo`ladi. Parlamentlar ham ayrim hollarda bunday vakolatga ega bo`ladilar, jumladan Bolgariya, Chexiya, Estoniya, Islandiya, Litva, Slovakiya, Sloveniya va Turkiya. Boshqa hollarda bunday vakolat ijro hokimiyatiga tegishli bo`ladi, masalan Fransiya, Ruminiya va Polsha. Ayrim holllarda bunday huquq ikkala hokimiyat tizimi o`rtasida bo`ladi. Ayrim davlatlarda, masalan Avstriya va Portugaliyada bunday davlat organlarini tayinlashda sudlar ham ishtirok etadi. Shu bilan birga, yuqori darajadagi sudyalar bunday vazifani bajarishga kirishadilar. Masalan, Italiya, qonunga binoan bunday vazifaga o`tiruvchi shaxe albatta Konstitutsion sud yoki Davlat Kengashining a`zosi bo`lgan bo`lishi kerak. Shvetsiyada bunday mansabdor shaxe va uning o`rinbosari tajribali sudya bo`lishlari lozim.
Fransiyada teleradioeshittirishlar huquqi mustaqil davlat organiga - "Erkin eshittirishlar to`g`risida"gi Fransiya Respublikasi Qonunga binoan tashkil etiladigan audiovizual vositalar Oliy Kengashga (OK) beriladi. OK mustakil davlat organi maqomiga ega, Prezident(Ma`muriyatdan) va Hukumatdan mustaqil. 90-yillar o`rtalarida OK apparati a`zolari soni 300 kishini tashkil qilar edi. OK texnik komitetlar va komissiyalar tashkil etadi. Texnik xizmatga direktor rahbarlik qiladi10.



Download 32.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling