Huquqiy madanyat va huquqiy tarbiya


Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati


Download 32.47 Kb.
bet3/6
Sana27.12.2022
Hajmi32.47 Kb.
#1068473
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi 1

1.2 Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati
Har bir inson bunday aralashuv yoki tajovo`zdan qonun bilan himoyalanish huquqiga ega. Inson huquq va erkinliklarining amalga oshirilishi boshqa shaxslarning huquk va erkinliklarini bo`zmasligi kerak. Har bir inson o`z fikrini erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquk xilma-xil axborotlar va g`oyalarni davlat chegaralariga bog`liq bo`lmagan xolda, og`zaki, yozma ravishlarda yoki matbuot yoxud badiiy ifoda shaklida yoinki o`zi qidirish,olish va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi. Mazkur moddaning 2-bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish alohida majburiyatlar va alohida ma`suliyat yuklaydi. Shundan kelib chiqqan holda, u ba`zi bir cheklashlar bilan bog`langan bo`lishi mumkin, lekin bu cheklashlar qonun bilan belgilangan va kuyidagilar uchun zarur bo`lishi lozim: a) boshqa shaxslarning huquqlari va obro`sini hurmat qilish; b) davlat havfsizligini qo`riklash, jamoatchilik tartibi - aholining sog`ligi yoki axloqini qo`riqlash. 20 - moddada ko`rsatilishicha har qanday urush targ`iboti qonun bilan taqiklangan bo`lishi lozim. Xulosa qilib aytganda, ko`rsatib o`tilgan yuridik manbalar fuqorolarning axborot olish, izlash va tarqatish borasidagi huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga karatilgan milliy qonunlarni yaratishga asos bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Qiyinchiliklar jamiyatda demokratii tamoyillarni rivojlantirishga ta`sir ko`rsatmoqda. Ikkinchidan rahbarlaring ko`pchiligi matbuotdan qo`rqadilar.
O`zbekiston Prezidenti bergan haqqoniy bahoga ko`ra, bu qo`rquv - o`z malakalarining yetishmasligini, qo`yilgan savollarga yetarli saviyada javob bera olmasliklarini ko`rsatib quyishdan boshqa narsa emas. Bunday holatlar go`yo bizning jamoatchilik va jahon afkor ommasidan yashiradigan narsamiz bordek soxta tasavvo`rni tug`diruvchi mamlakatimiz uchun nomunosib imidj - qiyofaning shakllanishiga olib keladi. Holbuki, O`zbekiston siyosati ochiq siyosatdir, OAV esa mamlakatdagi islohotlarning borishi va ularning natijalari bilan jamiyatni tanishtirishga intiladi3.
Ma`lumki demokratik jamiyatda matbuot, radio va televideniye davlat siyosatiga ham ma`lum ma`noda ta`sir ko`rsatishi, siyosiy jarayonlarning tarkibiy qismiga aylanmog`i lozim. Biroq bugungi kunda mahalliy matbuot tomonidan o`quvchilar (tinglovchilar, tomoshabinlar) auditoriyasining juda oz qismi qamrab olinyotganligi va mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga suyet ta`sir ko`rsatayotganligining guvohimiz. Jamoatchilik fikrining rolini va uni ommaviy axborot vositalarida aks ettirishni yangicha tushunish vaqti keldi. Uning taraqqiyparvar kuchlarning ta`sir etuvchi jihatlarini chuqur tahlil etish kerak. Faqat ana shunday yondashuv asosidagina ommaviy axbort vositalari tomonidan jamoatchilik fikriga ta`sir o`tkazish imkoniyatlarini tushunish, siyosiy jarayonda nufo`z qozonadigan omillar va shart-sharoitlardan foydalanishni o`rganib, muayyan masalalar bo`yicha jamoatchilik fikrini o`rganish narsanint o`z nomi bilan atash - tom ma`nodagi demokratik jamiyat matbuotining haqiqiy qiyofasini belgilab beradi
Rossiya Federatsiyasining Ommaviy Axborot Vositalariga tegishli qonunlari bugungi kunda faqatgina federal darajada 30ga yaqinni tashkil qiladi. 1995 yil 13 yanvarda qabul qilingan "Davlat hokimiyati faoliyatini davlat ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi to`g`risida"gi №7 Federal qonunida bir qator OAV vakillarini, avvalo elektron matbuotni tartibga soladi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 144- moddasi jo`rnalistning kasbiy faoliyatiga to`sqinlik qilishga qattiq choralar ko`radi (3 yilga ozodlikdan mahrum qilib, muayyan lavozimni egallashni taqiqlaydi). Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksi 129 va 130 moddalari OAV yordamida haqorat va tuhmat qilishga yuqoli darajadagi jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 137- moddasi shaxsga g`arazli yoki boshqa shaxsiy qiziqishi tufayli va u shaxsni qonuniy huquk va erkinliklariga zarar yetkazgan holda sodir etilib shaxsni shaxsiy yoki oilaviy sirini OAVorqali tarkatishga qattiq choralarni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 282- moddasi Ommaviy axborot vositalarini milliy, irqiy yoki diniy adovatni keltirib chiqarish uchun ishlatilishini jinoiy-huquqiy javobgarligini tartibga soladi.
Rossiya Federatsiyasi Fukorolik Kodeksi ham Ommaviy Axborot Vositalar faoliyatini tartibga soluvchi qator moddalarni (Sha`n, shaxsiy qadr-qimmat himoyasi, ma`naviy zarar) o`z ichiga oladi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini huquqiy tartibga solish Rossiya Federatsiyasining 72-moddasiga muvofiq Rossiya Federatsiyasi va uning subyektlarining qo`shma boshqaruvida amalga oshiriladi.
1996 yilgi Halqaro Fuqaroviy va siyosiy huquqlari pakti har bir shaxsni erkin "axborot va g`oyalarni davlat chegaralaridan mustaqil holda qidirish, olish va tarqatish"ni ko`rsatib o`tadi. Shuningdek, 1950 yilgi Inson huquqlari himoyasi va asosiy erkinliklari to`g`risidagi Konvensiya har bir shaxsni "Davlat organlari aralashuvisiz va davlat chegaralaridan mustaqil ravishda axborot va g`oyalarni olish va tarqatish" huquqini o`rnatadi. Shuningdek 1989 yilgi Transchegaraviy televideniye to`g`risidagi Yevropa Konvensiyasi va Yevropa Kengashining "Davlatlar parlamentlarini Ommaviy axborot vositalari bilan munosabatlari to`grisida"gi №820 Rezolyutsiya taqdimotini ham e`tiborga olishimiz zarur. 1994 yildan Rossiya Federatsiyasida Prezident qoshidagi axborot nizolari bo`yicha Sud palatasi davlat organi sifatida faoliyat ko`rsatadi. Uning asosiy vazifasi bo`lib Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga uning ommaviy axborot soxasidagi konstitutsiyaviy vakolatlarini samarali amalga oshirilishiga ko`makdosh bo`lishdir.
"Har kim o`z qikrini ogzaki, yozma ravishda va tasvirlar vositasida ifodalash hamda tarqatish, hamma uchun qulay bo`lgan manbalardan bilimlarni bemalol olish huquqiga egadir. Matbuot va axborot erkinligi radio va kino vositasida kafolatlanadi. Senzura yuq"4.
"Har kim qonun doirasida o`z fikrini ogzaki, yozma tarzda, matbuot va badiiy tasvirlar vositasida ifodalash hukuqiga egadir5.
Matbuot senzuraga duchor qilinishi ham, ruxsat etuvchi tizim vositasida cheklashlarga duchor qilinishi ham mumkin emas. Mamlakat ichkarisida nashr qilingan bosma asarlarga ma`mauriy pochta ta`qiqlari qo`llanilmaydi" deyilgan.
"Har bir shaxs qonuniy yo`l bilan axborot izlash, qo`lga kiritish, topshirish, tuzish va tarqatish erkinligi huquqiga egadir6.
Ommaviy axborot erkinligi kafolatlanadi. Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan matbuotda davlat senzurasi taqiqlanadi" deyilgan.
"Respublika matbuot va boshqa axborot vositalari erkinligini, birlashish huquqini, so`z erkinligi va ommaviy chiqishlar erkinligini, shuningdek yilishlar erkinligini ta`minlaydi"7
Fuqarolarning axborotlarga bo`lgan erkinligi tugrisidjagi qonunchilik sohasini taraqqiyoti xozirgi kunda demokratik davlatning umum qabul qilingan standartiga kiradi. Fuqorolarga axborot erkinligiga bo`lgan talabi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan tashqari quyidagi natijalar bilan bevosita bog`liq:

davlat hokimiyatining ochiqligi va siyosiy yo`nalishning aniqligi;


korrupsiyaviy hukuqbo`zarliklarning sodir bo`lishini ehtimoli kamligi;
ma`muriy madaniyatning oshishi va xizmatchilarning
jamiyat oldida o`z faoliyati haqida hisobot berishi;
hokimiyat organlarida samaradorlikni oshirish;
ochiq hokimiyatnm jamiyat tan olishi;
Hozirgi kunda 50dan ortiq mamlakat axborot erkinligi to`g`risida qonun qabul qilgan. Ayni paytda ularning ko`pchiligi keyingi yillikda qabul qilingan. Va yana 3O dan ortiq mamlakat xuddi shunday qonun qabul qilish arafasida.

Download 32.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling