Kelgusi yilning birinchi choragida yurtimiz tarixida ilk marta Oʻzbekistonning suveren davlat obligatsiyalarini xalqaro moliya bozorlariga chiqaramiz. Bu borada biz “J.P.Morgan”, “Citibank”, “Deutsche Bank” kabi yetakchi xalqaro investitsiya banklari bilan hamkorlik olib bormoqdamiz. Yana bir muhim vazifa – suvni tejaydigan sugʻorishtexnologiyalarini keng qoʻllashdan iborat. Yana bir muhim vazifa – suvni tejaydigan sugʻorishtexnologiyalarini keng qoʻllashdan iborat. Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda bu masala boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida yer berish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish kerak. Yerdan samarali foydalanib, moʻl hosil olayotgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga oʻz faoliyatini kengaytirishi uchun qoʻshimcha yer maydonlarini ajratish lozim. Agrar sohada eng katta muammo – fermerlarning qishloq xoʻjaligi sohasida yetarli bilimga ega emasligidir. Toʻgʻri, ularda kuch-gʻayrat, tashabbus, yerga mehr bor, koʻpchiligining koʻzi yonib turibdi. Lekin, afsuski, birgina xohish bilan biz yuqori hosildorlikka va pirovard natijaga erisha olmaymiz. Bizga qishloq xoʻjaligi texnologiyalarini mukammal egallagan, zamonaviy ishlab chiqarish va innovatsiya usullaridan xabardor fermerlar suv bilan havodek zarur. Fermerlar kengashi Qishloq xoʻjaligi va Suv xoʻjaligi, Innovatsion rivojlanish vazirliklari bilan hamkorlikni kuchaytirishi, fermerlarni oʻqitish va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishi lozim. Qishloq xoʻjaligidagi islohotlardan maqsad – iqtisodiy foyda koʻrish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash milliy dasturi”ni qabul qilishi kerak. Qishloq xoʻjaligi vazirligi mamlakatimizda meva-sabzavot yetishtirish boʻyicha klaster tizimi qanday holatda ekanini chuqur tahlil qilib, 2019 yil 1 martga qadar bu boradagi mavjud toʻsiqlarni bartaraf etishga doir takliflarni kiritsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |