Хусанхужаев Обидхон Мамутович Cтруктурно-семантическое и лингвопоэтическое исследование


Ilmiy rahbar: Usmonova Huriniso Sharapovna


Download 131.5 Kb.
bet2/26
Sana28.03.2023
Hajmi131.5 Kb.
#1304714
TuriИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Obitxon Xusanxo\'jayev Автореферат ТАХРИРЛАНГАН 25 03 2023

Ilmiy rahbar: Usmonova Huriniso Sharapovna
filologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: ……………………………………
……………………………………
……………………………………
……………………………………
Yetakchi tashkilot: ……………………………………
Dissertatsiya himoyasi Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil “___” ______soat _____dagi majlisida boʻlib oʻtadi. (Manzil: 160119, Namangan shahri, Boburshoh koʻchasi, 161-uy. Tel.: (+99869) 227-06-12;
Tel.: (998-69) 228-85-01, Faks: 228-85-02. Web-sayt: www.namdu.uz, e-mail: info@namdu.uz
faks: (+99869) 227-07-61; ye-mail: info@namdu.uz.)
Dissertatsiya bilan Namangan davlat universiteti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin (____-raqami bilan roʻyxatga olingan). (Manzil: 160119, Namangan shahri, Uychi koʻchasi, 316-uy.
Tel.: (99869) 227-29-81).
Dissertatsiya avtoreferati 2023-yil “___” ________kuni tarqatildi.
(2023-yil “___” _________ dagi _____raqamli reyestr bayonnomasi).


N.M. Uluqov
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, filol.f.d, professor
I.Oʻ. Darvishov
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash kotibi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent
M.Yu. Sulaymonov
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, filol.f.n., dotsent



KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon tilshunosligida doimiy boyib boruvchi, rivojlanishda bo‘lgan sohalardan biri terminologiya sanaladi. Hozirgi globallashuv jarayonlari, mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar va turli munosabatlarning rivojlanishida turli axborot texnologiyalarining paydo boʻlishi, fan va taʼlim bilan bogʻliq ilmiy bilimlar integratsiyasi, sohalardagi olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari koʻlamining kengayishi turli fan sohalari terminologiyasining yana ham jadallik bilan boyishiga turtki bermoqda. Bu zamonaviy terminologik tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga amaliy ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi.
Dunyo tilshunosligida til taraqqiyotini jamiyatning, millatning taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliq tarzda oʻrganish oʻta muhim masalalardan hisoblanadi. Fan va madaniyatning beqiyos rivoj topishi, ijtimoiy-siyosiy aloqalarning tobora oʻsib borishi, boshqa terminologik tizimlarda boʻlgani kabi pedagogik terminologiyada ham ijobiy oʻzgarishlar boʻlishiga, shu bilan birga, bu soha terminlarida koʻp maʼnolilik, omonimlik, sinonimlik, dubletlik va variantlilikning kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda. Bu lisoniy hodisalar terminologiyada mavjud boʻlgan yoki yuzaga kelayotgan variantlardan birini tanlab olish, termin sifatida tavsiya etilayotgan yoki mavjud termin oʻrniga almashtirilayotgan yangi terminlarni ilmiy asoslash, terminologik tizimni semantik-funksional, semantik-struktur jihatdan jiddiy tizimli lingvistik tahlil qilishni taqozo etmoqda.
Mamlakatimizda ilm-fan, sanoat rivojlanishi bilan oʻzbek tili leksikasida mustaqillik davrida yuzaga kelgan sifat va miqdor oʻzgarishlari, bu davrda ilm-fan, taʼlim va tarbiyaga oid terminlarning yangilanib borishi turli fan sohalari qatori pegagogik terminologiyada ham oʻz ifodasini topa boshladi. Terminologiyadagi oʻzgarishlar zamonaviy ilmiy bilimlarning oʻsishi va taraqqiy etib borayotganini koʻrsatuvchi belgilardan hisoblanadi. “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”1. Jamiyatimizda ta’lim sifatiga e’tiborning oshishi va zamonaviy pedagogika fanida ilmiy-pedagogik tushuncha apparatining rivojlanishi pedagogik terminlarni chuqurroq oʻrganish ustuvorligini anglatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlarida, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentyabrdagi 311-sonli “Davlat tili haqida”gi qonunni amalga oshirish davlat dasturiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorida hamda ushbu faoliyatga oid boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling