Хусанхужаев Обидхон Мамутович Cтруктурно-семантическое и лингвопоэтическое исследование


Download 131.5 Kb.
bet4/26
Sana28.03.2023
Hajmi131.5 Kb.
#1304714
TuriИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Obitxon Xusanxo\'jayev Автореферат ТАХРИРЛАНГАН 25 03 2023

Tadqiqotning obyekti oʻzbek tilidagi pedagogik terminlar hisoblanadi.
Tadqiqotning predmetini oʻzbek tili pedagogik terminlarining semantik va struktur, grammatik va funksional xususiyatlari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya ishida tavsiflash, onomasiologik, semasiologik, komponent, struktur, transformatsion, leksikografik, qiyosiy-chogʻishtirma tahlil usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oʻzbek tilidagi pedagogik terminologiya maydoni uni tashkil etuvchi mikromaydonlarga, mikromaydonlar leksik-semantik guruhlarga boʻlinishi komponent tahlil asosida koʻrsatib berilgan;
oʻzbek tili materiallarida pedagogik termin-eponimlarning ikki, uch va undan ortiq komponentli birikmalardan iborat boʻlishi, ikki komponentli termin-eponimlar semantik-sintaktik tuzilishi va maʼno xususiyatlariga koʻra taniqli olim, pedagog, yozuvchi, kashfiyotchi, davlat arboblarining ismi, familiyasiga turli fan maktabi, taʼlim muassasi, diniy maktablarga atab qoʻyilishi aniqlangan;
oʻzbek tilidagi “pedagogik” terminologiya maydonida leksik-semantik munosabatning assotsiativ, giponimik, sinonimik, antonimik, omonimik kabi turlari namoyon boʻlishi, ammo assotsiatsiya tildagi eng fundamental munosabat sifatida alohida oʻrin tutishi dalillangan;
oʻzbek tili pedagogik terminosistemasida kattagina qismni tashkil etadigan koʻp komponentli birikma terminlarni ixchamlashtirish, ayrim xorijiy terminlarning oʻzbekcha muqobillarini topish borasidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
oʻzbek tili pedagogik terminlarining shakllanish tarixi, etimologiyasi, mazmuniy maydonlari aniqlangan;
o‘zbek tilidagi ta’lim va tarbiyaga oid terminlar konseptual maydonini struktur-semantik va lingvopoetik tahlil qilishda terminlarning konseptual semantikasi metodi qo‘llanilgan va tadqiqotda samarali foydalanilgan;
oʻzbek tilidagi pedagogik terminlarni izohli lugʻatlarda tavsiflash, maxsus oʻquv-uslubiy adabiyotlarda toʻgʻri qoʻllash, izohlashga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
pedagogik terminlarining semantik-struktur tahlili asosida oʻzbek tili pedagogik terminologiyaning oʻziga xosligi, koʻplab xalqaro terminlarning oʻzbek tilida berilishi tavsiflangan.

Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling