Husnihat daftariga taqriz yozish
Download 97.54 Kb.
|
1 2
Bog'liqhusnixat taqriz yozish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Yozuv daftari asosida hosil qilinadigan imloviy bilimlar va diktant turlari
“Yozuv daftari” o’quvchilarning orfografik bilimlarini amaliy o’zlashtirishlari uchun boy materiallarga ega. O’qituvchi yozuv daftari bilan ishlashdan oldin “Bugun o’quvchilarga nimani o’rgataman?”, “Nima uchun o’rgataman? Qanday o’rgataman? degan mulohaza yuritish zarur. Aks holda yozuv darslari quruq yozish, nusxa ko’chirish darsi bo’lib qoladi. Yozuv daftari bilan ishlash jarayonida o’quvchilarga beriladigan bilimlar uch xil yo’nalishda bo’ladi: 1. Grafik bilimlar. 2. Grammatik bilimlar. 3. Imloviy bilimlar. Yozuv daftari asosida beriladigan grafik bilimlar: har bir harfning yozma kichik va bosh shaklini yakka holda yozish va o`zidan keyingi va oldingi harflarga ulash ko’nikmasi yozishga o’rgatish jarayonida hosil qilinadi. Grammatikadan amaliy bilimlar daftar sahifadagi til birliklarini elementlar tahlil qilish jarayonida shakllantiriladi. Fonetik va Grammatik bilimlar asosida esa imloviy malakalar shakllantiriladi. To’g’ri hosil qilingan grafik malakalar esa boshlng’ich sinf o’quvchilarining imloni o’zlashtirishlariga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Chunki yozish malakasini egallamagan o’quvchida boshqa bilimlarni o’zlashtirishga havas bo’lmaydi. Shu sabali har bir o’quvchi avvalo yozuvning elementar talablariga e`tibor berib, bolaga yozuvda ichki ehtiyoj, qiziqish hosil qilishi lozim. Aslida grafik Grammatik, imloviy bilimlar har paytda hosil qilinadigan , bir –biri bilan uzviy bog`liq hodisalardir. O’qituvchi shuni nazarda tutib darsda uyushtiradigan ish turlarini izchil amalga oshirish lozim. Yozuv darslariga qo’yidagi imloviy bilimlar hosil qilinadi: ayrim unlilarning yozilishi ( a. o, u, i, o’, e), ayrim undoshlarning yozilishi, ba’zi bosh harf bilan yozilzdigan so’zlrni to’g’ri yozish, gapda so’zlarni alohida – alohida yozish, so’zlarni bo’g’inlarga ajratib yozish kabi. O’quvchilarning grafik va imloviy bilimalri yozuv darslsriga o’tkaziladigan diktantlar yordamida aniqlanadi. Bu diktanntlar ta`limiy xarakterga ega bo’lganligi uchun ular grafik va imloviy bilimlarni o’rgatish, singdirishga yo’naltirilgan. Yozuv darsida o’tkaziladigan diktantlar materialiga ko’ra harfiydiktant, bo’g’in diktanti, so’z diktanti, gap diktanti turlariga ajratiladi. Harfiy diktant. Bu diktant yozilishi o’rganilgan harflar yuzasidan o’tkaziladi. Dastlabki soatlarda bo’sh qatorlarga 1- 2 yoki 3-4 ta harf yozdirish bilan cheklanadi, keyinchalik esa qator to`ldirib yoziladi. Bunda harf shaklini to’gri yozishlariga, chiziqlar orasiga to’g’ri joylashtirishlariga , oralariga teng masofa (bir katak) qoldirishlariga diqqat qaratiladi: Oo Oo Oo Oo Aa Aa Kk Kk Uu Uu Nn Nn Bo’g’in diktant. Bunda alifbe darslarida o’qib o’rganilgan, yozuv darslariga yozilishi mashq qilingan bog’inlar tanlanadi, ular tovush harf jihatdan tahlil qilinadi. Oldingi va keyingi tovushlar, ularni ifodalovchi harflar, ularning ulanishi og’zaki tushuntiriladi. So’ng yozishga ruxsat beriladi. Bog’in diktant darsdan darsga murakkablashtirilib boriladi. Masalan, 1- bo’g’in diktant unli + undosh, undosh + unli tuzilishida bo’lsa, keyinchalik undosh + unli + undosh tuzilishida murakkablashtirilib boriladi. O’qituvchi har darsda yozdiradigan bo’g’inlarni qat`iy belgilab olishi zarur. Lo la lu le li lo’ lin To tu to’ te ti ta tut til So’z diktant. So’z diktant ham alibbe darslarida o`qilishi o’rganilgan va yozuv darslarif\ga yozilishi mashq qilinganso’zlar asosida o’tkaziladi. Bunda to’g’ri yozuvni ta`minlash uchunbo’g’in tovush, tovush harf - harf tahlili uyushtiriladi. Dastlab 1-2 tovushli ochiq 2 bog’inli so’zlar tanlanadi. So’z diktantda so’z tarkibining to’g’ri shaklini o’rgatib borishdan tashqari, atoqli otlarni bosh harf bilan boshlashni, qolgan so’zlarni kichik harflar bilan yozish, so’zlar orasiga vergul qo’yish kabilar o’rgatib boriladi. Nodir, Po’ljan, paxta, soat. Vatan salom, tutun, tilla Gap diktant. Bu diktantda oldingi darsda yozilishi o’rganilgan material sifatida aynan olinmaydi. Undagi so’zlar aynan saqlangani holda bir oz o’zgartiriladi. Dastlab ikki so’zli, so’ng 3-4 so’zli darak gap tanlanadi. Bu miqdor sinf o’quvchilarining iqtidoriga bog’liq holda o’zgartiriladi: Oltin olma, duo ol. Bulbul chamanni sevar odam - Vatanni Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda. Husnixat fani boshlang’ich sinflarda o’tilib boshlaydi. Buning sababi endigina savodi chiqayotgan o’quvchiga yozuv ham o’rgatiladi. Buning sababi kichik yoshdagi bolalar hamma harf elementlarini birdek chiroyli yozishga qiynaladi. Husnihat darislari bilan esa yozuv darsida va darsdan so’ng qo’shimcha ravishda shug’illanganda o’quvchilarga anchagina yengillik qaratamiz . Ahir yozuv insonning butun umur birga bo’ladigan yo’ldoshi. Biz bo’lajak boshlang’ich sinf o’quvchisi sifatida o’quvchilarimizning yozuvlariga kuchli e’tibor berishimiz zarur. Buning uchun esa amaliy darslarda bolalarga ko’proq yozdirib mashq qildirishimiz zarur . Biz hozirda avvalo o’zimizning yozuvimiz ustida ishlashimiz kerak. Shuning uchun hozirda insitutdagi darslarimizning amaliy mashg’ulotlarida husnixat daftarlaridan foydalanamiz . Foydalanadigan daftarimizning muallifi Mirhabib G’ulomov . Chiroyli yozuv daftarining ustki qismi yorqin ko’k rangda bo’lib , unga husnixat daftari deb yozilgan. U kichik yoshdagi bolalarning diqqatini tortishi uchun o’quv qurollari bilan bejirm qilib bezatilgan . Unda o’quvchilarni “Qani bilim olishga ketdik”- deb chorlab turgan o’g’il va qizbolani su’rati tushirilgan orqa qismiga ham alohida e’tibor berilgan unda o’zbek tilidagi alifbo havola etilgan , ya’ni bosma harflar ham yozma hariflar . Daftarning birinchi betida to’g’ri o’tirish qoidalari berilgan unda ham o’g’il bola, ham qiz bolaning gavda qismi tik , oyoqlari juft boshlari to’g’ri ko’rinishda tasvirlangan . Unda namuna uchun ruchkaning qanday tutilishi keltirib o’tilgan . Misol uchun : Daftarning keyingi betida har bir elementni to’g’ri yozing degan yozuv keltirilgan . Bu sahifada bizning qo’llarimiz uchun mashq bo’lgan turli xil elementlar keltirilgan . So’ngra keyingi betlarda harf elementlari keltirib o’tiladi . Harf elementlarining qay tarizda boshlanishi , elementlar bir-biriga qay tarafdan birikishi bafurja keltirilgan . Bolalar yaxshi taasavvur qilishi uchun rangli rasmlardan ham namuna keltirilgan . Har bir harf o’quvchiga yaxshi tanish bo’lishi uchun bosh va kichik harflardan ham namuna keltirilgan . Husnixat daftarini ko’rganimizda bizda savol tug’ilishi tabiiy nima uchun hariflar alifbo tartibida emas degan . Chunki alifbomiz A , B , D , E , ... tarzida davom etadi . Biz birinchi A va B harfini o’tsak ulardan so’z va bo’g’inlar hosil qilganimizda son jihatdan kam bo’lib qoladi . Shuning uchun husnixat daftarida O , N , A , U , ... tarzida davom etadi . Bu hariflardan so’z va bo’g’inlar soni juda ko’plab yozishimiz mumkin . Bu daftarda unlilar undoshlardan farq qilib turishi uchun unlilar qizil undoshlar esa kok rangda berilgan . Daftarni yozib boravergan sari dastlab bo’g’inlar , so’ng kickik so’zlar sekin-sekin gaplar yozib boriladi . Hariflarni yozishda birinchi elementlarini ajratib, so’ng elementlarini qo’shib yozamiz . Namuna uchun Tt l l~ ~l l ~ ~ l l~ ~ t t t t t t t t Qolgan harflar ham shu taqlid davom etadi hariflar tugagandan so’ng Mustaqil yozish uchun degan yozuvlar bilan alifbodagi harflash shtrix yozuvlarda berib o’tilgan . Undan so’ng unli hariflarni yozish alohida Undosh hariflarni yozish alohida berilgan . Keyingi sahifalarda rangli , turli rasmlarda keltirilgan bunga esa rasmning bosh harfini yozishi kerak . Shundan so’ng topishmoqlarni yozma harflar bilan yozish degan sahifa o’rin oladi . Bunda o’quvchilarning husnixati bilan birga ularning topqirligi ,zukkoligi ham o’sadi . Shu tarizda davom etsak Hikmatli so’zlardan namunalar degan sahifaga duch kelamiz . Unda odobga doir maqollar keltirilgan . Unda nafaqat chiroyli yozuv bilan birga bolaga tarbiyani ham singdirishimiz mumkin . Shu bilan biz daftarimizning so’ngi sahifasiga yetib keldik . Unda tinish belgilarini yozishni o’rganamiz . Ularning har biridan misol keltirilgan . Foydalanilgan adabiyotlarK.Qosimova. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish mеtodikasi. – T.: “O’qituvchi” 1985. 4 – 10 – b. A.G’ulomov. Ona tili o’qitish prinsiplari va mеtodlari.–T.: “O’qituvchi” 1992. 43-54.b. X.G’ulomova. Ona tili o’qitish mеtodikasi. Ma'ruza. – T.: 2003. 1 – 7 b. http. GG bolalar sarkor. o’z. Download 97.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling